Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1


Biosferaning bulg‘anish sinflari


Download 104.3 Kb.
bet5/9
Sana12.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1191301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Biosferaning bulg‘anish sinflari. Biosfera bulg‘anishida sanoat ishlab chiqarishlari o‘mi ikki asosiy guruhdan iborat: material va energetik bulg'anishlar. Material bulg‘anishlar: mexanik, kimyoviy va biologik bo'ladi. Mexanik bulg‘anishlaiga aerozollar, suv va tuproqqa tushayotgan qattiq moddalar kiradi. Kimyoviy bulg‘anishlarga biosfera bilan ta’sirlashadigan gaz, suyuq va qattiq moddalar kiradi. Biologik bulg‘anishlarga mikroorganizmlar va ular mahsulotlari hayotiy faoliyati kiradi.
Chiqindilar sinflari. Chiqindilar sinflari sanoat sohalari, chiqindilaming agregat holati, toksikligi, qayta ishlash mumkinligi va boshqalarga asoslanadi. Chiqindilar ishlab chiqarish faoliyati va iste’mol qilish jarayonlarida vujudqa keladi. Shu tufayli ular ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilariga bo'linadi (1-jadval). Ishlab chiqarish chiqindilari - xom ashyo qoldiqlari, mahsulot tayyorlashda hosil bo'lgan material va yarimfabrikatlari. Ular to'la
yoki qisman iste’mol xossalarini yo'qotgan hamda ishlab chiqarishning asosiy mahsuloti bo'lmay, xom ashyoga fizik-kimyoviy yoki mexanik ishlov berishda hosil bo'lgan va qayta ishlash jarayonida xalq xo'jaligi uchun foydali mahsulot olinishi mumkin bo'lgan mahsulotlardir.
Iste’mol chiqindilari biror sababga ko'ra foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolgan materiallar, komplektlovchi detallar, jihozlar va boshqalar. Ular sanoat va uy-ro'zg'or chiqindilaridan iborat. Xalq xo'jaligida qo'llashga yaroqsiz yoki iqtisodiy foydasiz sanoat va iste’mol chiqindilari tachlandiq deyiladi. Sanoat zaharli chiqindilarmi ta’riflash uchun ruxsat etilgan me’yor konsentratsiyasi (REMK) ko'rsatkichlari (qiymatlari) dan foydalaniladi. REMK (mg/m3 da) — bu sakkiz soatlik ish kunida butun ish staji davomida organizmda salbiy o'zgarishga sabab bo'lmaydigan modda miqdori konsentratsiyasidir (1-jadval). REMK darajasiga erishilmay qolgan hollarda gaz tozalovchi qurilmalarda zararli moddalarda ko'p martalab ko'proq havo bilan aralashtiriladi va baland quvurlar orqali havoning yuqori qatlamiga tarqatiladi yoki (yonsa) yondirib yuboriladi. Bu hollarda ruxsat etilgan me’yordagi chiqindi (REMch) tushunchasi (atamasi) ishlatiladi.
1-jadval

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling