Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1
Qattiq, suyuq va gaz holidagi chiqindilarni zararsizlantirish
Download 104.3 Kb.
|
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari
Qattiq, suyuq va gaz holidagi chiqindilarni zararsizlantirish
Kimyo sanoati zaruriy sanoat va iste’mol mollari ishlab chiqarish bilan bir qatorda atrof-muhit — havo suv va tuproqni zararli moddalar bilan ifloslashi mumkin. Ammo yana ana shunday zararli chiqindilarni qayta ishlash va zararsizlantirish ham kimyoviy texnologiya zimmasiga tushadi. Tirik organizmlar mavjud bo'lgan eming qobig'i — litosfera, havo — atmosfera, suv esa — gidrosfera deb ataladi va tirik mavjudot yashaydigan bu uch muhit biosfera deb ataladi. Stratosferada esa qisqa to'lqinli ultrabinafsha quyosh nurlari energiyasi ishtirokida kislorod ozonga aylanadi, uzun to'lqinli ultrabinafsha nurlar esa ozonni parchalaydi. Demak, ultrabinafcha nurlaming asosiy qismi ana shu to'g'ri va teskari 3 0 2 <=> 203, ya’ni qaytar jarayonga sarf bo'lib, erdagi barcha tirik jonzot uning kuchli yemiruvchi (parchalovchi) ta’siridan saqlanib qoladi. Azot oksidlari va galogenlar stratosferadagi ozon qatlamining parchalanishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun sanoat korxonalarida bunday gazlar chiqib ketishining doimo oldini olish zarur. Atmosfera ko'mir, mazut yonishida, metallurgiya sanoati, sulfat kislota sanoatlari va boshqa oltingugurt bilan ishlaydigan korxonalaming gaz chiqindHari tarkibida bo'ladigan oltingugurt oksidi bilan bug'lanadi. Azot o'g'itlari zavodi chiqindi gazlarida va ming qradus haroratdan yuqori texnologik jarayonlarda, masalan, elektropechlarda (harorat 3000°C ga yaqin), metallurgiya pechlarida (harorat 1600°C) va boshqa korxonalarda atmosfera azotining oksidlanishi natijasida azot oksidlari hosil bo‘lib atmosferani bulg‘aydi. Har qanday yoqilg‘i yonishi jarayonida atmosferaga is gazi, karbonat angidrid va kanserogen ta’sir etuvchi aromatic uglevodorodlari ajralib chiqadi. 80% dan ortiq karbonat angidridi suvda erib, suv o'tlari hayotida, fitoplanktonlar hayotida fotosintez jarayonida qatnashadi, faqatgina 10% atrofidagi miqdori quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan o'zlashtiriladi. Suv basseynlarining neft va boshqa uglerod birikmalari bilan ifloslanishi fotosintez jarayoniga xalaqit beradi, tirik organizmlami zaharlaydi va kislorod bilan oksidlanib suv o'tlari va jonzotlami kislorod tanqisligiga olib keladi. Suv rangii metallurgiya va kimyo korxonalarining chiqindilari: eng zararli simob, qo‘rg‘oshin, mis, rux, xrom, kadmiy, oltingugurt birikmalari va oiganik moddalar bilan zararlanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan zaharli moddalar ham havo va tuproqni bulg‘aydi va oqin suvlarga tushadi. Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan suvda yaxchi eruvchan mineral o'g'itlar yuvilib, oqin suvlarga tushib, suv o'tlam i rivojlantiradi, ammo baliq va boshqa tirik mavjudotlarga salbiy ta’sir qiladi. Tuproq esa ko'pgina korxonalaming qattiq chiqindilari (shlam, shlak, kuyindi va boshqalar) bilan ifloslanadi. Ular tarkibidagi ayrim zararli moddalar yomg'ir suvlarida erib tuproqni zararlab, yer osti suvlariga o'tishi mumkin. Sanoat ishlab chigarishining o'sishi tempi (darajasi) ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni vaqt birligidagi ishlab chiqarish tezligiga proporsionaldir: U — ishlab chiqarish o'sich tezligi, т — vaqt, n — sanoat ishlab chigarishining o'sish tempi, Kj — o'sish koeffitsiyenti. Demak, ishlab chiqarish eksponent bo'yicha o'sadi: Agar ishlab chiqarish mavjud texnologiya bo'yicha o'ssa, zararli chiqindilar F ham shu qonuniyat bilan o'sadi: a1, a2, a3 — lar koeffitsiyentlar. Demak, tempning oshishi bilan zararli chiqindi moddalami ma’lum doimiy bir darajada tutib turish uchun a, ek n m arta ozroq chiqindi chiqaradigan yanqi ishlab chiqarish usuliga o'tm oq kerak. Bunda agar sanoat ishlab chigarishi ikki barobar oshsa (10 — 15 yil ichiua), chiqindi miqdori ham 2 barobar kamaytirilishi talab etiladi. Chiqindi miqdorini 2 barobar kamaytirish uchun tozalash inshootlari hajmini 2 barobar orttirish zarurati tug'iladi. Bu esa kapital mablag‘lar sarfmi oshiradi. Shuning uchun mahsulot ishlab chiqarishning yanqi samarador texnologiyalarini yaratish zarur. Ayniqsa, yopiq chiqindisiz texnologiyalar yaratish, qattiq va suyuq yog'ilqilar o'm iga vodorod, metanol, gaz holatlaridagi yoqilg'ilar ishlatish, ya’ni qattiq yoqilg‘ilami yer ostida gazlashtirish, metall va tuz birikmalarini er ostida eritmalar bilan ishlash muammolarini yechish zarur. Ayniqsa, chiqindi gaz va oqova suvlami samarador tozalash usuilari va apparatlari (qurilmalari)ni yaratmoq zarur. Hozirqi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish tarmoqlarining kengayganligi va tabiiy resurslardan haddan ziyod foydalanish jarayonida resurslardan unumli foydalanish va atrof-muhit tabiiy muvozanatini saqlash masalasi eng muhim muammolardan iborat. Tabiatni muhofaza qilish va resurslardan unumli va oqilona foydalanish xalqaro miqyosda nufuzli tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qaroijar va ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi. Atrof-muhitning bulg'anishi keng miqyosda bo'lgani sababli uni bartaraf etish lokal holidan global muammo holiga aylangan. Download 104.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling