Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1
Download 104.3 Kb.
|
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gravitatsion ajratish.
- Boyitishning flatatsiali usuli.
Saralash usuli. Bu usul xom ashyodagi turli xil moddalaming qattiqligiga asoslangan bo'lib, maydalash (yanchish) paytida ayrim moddalar maydalanib, ayrimlari yirik holatda qoladi. Natijada ularni elaklardan o'tkazilganda foydali moddalar elakda qolishi yoki aksincha, undan o'tishi mumkin.
Gravitatsion ajratish. Bu usul zarrachalaming suvda cho'kishi yoki havo yordamida ajratilishiga asoslangan. Agar suv yordamida ajratilsa namli qravitatsion boyitish, havo (gaz) yordamida ajratilsa quruq qravitasion boyitish deyiladi. Masalan, namli boyitishda xom ashyo maydalanadi, suvda bo'tqa hosil qilinadi, cho'ktirish kameralarida (to'rtburshakli konuslar holida seksiyalardan iborat bo'lib, uzunligi bo'yicha kengayib boradi) qattiq moddalar cho'ktiriladi. Demak, birinchi kamerada og'irrog'i, ikkinchisida undan engilrog'i, uchinchisida esa engil qismi cho'kadi. Chunki tezlik kirishdan chiqishgacha pasayib boradi. Xom ashyoni qancha fraksiyagacha ajratish kerak bo'lsa kameralar soni shuncha bo'ladi. Bu kameralami klassifikator — sinflovchi deb ataydi. Quruq boyitishda esa maydalangan material aylanayotgan diskka tushadi. Og'irlari uzoqroq, engillari esa yaqinroqqa tushadi. Bu apparatlar seperator deyiladi. Magnitli seperatorlarda esa magnitga tortiluvchi materiallar ajratib olinadi. Ular elektromagnit seperatorlarda ajratiladi. Boyitishning flatatsiali usuli. Bu usul moddalaming gidrofob va gidrofil xossalari asosiga bog'liq ishlaydi. Gidrofob moddalar namlanishga moyil emasligidan suv yuzasida, gidrofil moddalar esa cho'kishga moyil bo'ladi. Natijada turli xossali moddalami ajratib olish mumkin. Bu usul turli xil bichimdagi qurilmalarda bajariladi. Bu usulda zarrachalami cho'ktiruvchi, ya’ni flotoreagent deb ataluvchi moddalar ham ishlatiladi. Suyuq xom ashyolami bug‘latish yo'li bilan foydali fraksiyasi konsentratsiyasi oshiriladi. Masalan, eritmalaming suvi bug'latilib, tuzlar, ishqorlar va konsentrlangan kislota va boshqalar olinadi. Ayrim hollarda muzlatish usuilari ham qo'llaniladi. Gaz holidagi moddalardan foydalisini ajratish uchun ulami sovitish va siqish yo'li bilan suyultiriladi. Bu usul gazlarning suyulish haroratiga asoslangan. Bunda suyultirib asta bug'latib ajratib olish ham mumkin. Ba’zi hollarda gazlami suyuqlikka yutqazib (absorbsiya) yoki qattiq moddalarga yutqazib (adsorbsiya), so'ngra ulardan bug`latish yo'li bilan ajratib olinadi. Download 104.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling