Kimyoviy ishlab chiqarishda oqava suvlami tozalash
Suv havzalarini bulg'ach manbalari. Yer sharidagi suv miqdori 1400 mln. m3 ga etadi. Ammo bu miqdordan 3% igina ichishga yaroqh (kam tuzli) suvdan iborat bo'lib, uning 2/3 qismi muz va 1/3 qismi esa hayotiy va texnologik maqsadlar uchun ishlatiladi. Bir tonna po'lat ishlab chiqarishda 150 m3, 1 tonna qog'oz ishlab chiqarishda 300 m3, 1 tonna sun’iy tolaga — 800 m 3, 1 tonna kapronga — 500 m , 1 tonna nikel ishlab chiqarishda 4000 m suv
ishlatiladi.
Ko'p suv havzalari sanoat korxonalari zararli oqavalari, ekinzorlardan yuvilgan o'g'itlar va zaharli kimyoviy moddalar bilan bulg'anadi. Bulg'anish atmosferada bo'ladigan jarayonlar — chanqli bo'ronlar, vulqonlar faoliyati natijasida ham sodir bo'ladi. Suv havzalari (ko'l, daryo, dengiz, okean)ni suv transportlari ham bulg'aydi. Tanker va supertankerlar avariyasida dengiz va okeanlarga ko'p minglab m3 neft to'kiladi. Suv havzalarining bulg'anishi xalq xo'jaligining ko'p tarmoqlariga katta moddiy zarar keltiradi va toza ichimlik suvi tanqisligiga olib keladi. Ko'p hududlarda ichimlik suvi tanqisligi sanoat korxonalari ko'p suv ishlatgani sababli ham vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |