Moliya va Buxgalteriya hisobi


Download 0.5 Mb.
Sana04.06.2020
Hajmi0.5 Mb.
#114557
Bog'liq
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti[1]

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti BR-76 guruh talabasi Mirzayeva Naziraning Moliyaviy tahlil fanidan Oraliq nazorat ishi

  • Mavzu: Kreditga layoqatlikni baholashda tijorat banklarining kredit siyosati va korxonaning ishonchliligini baholash. Korxonaning raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish qobiliyatini tahlili.

Reja:

  • 1. Mavzuning dolzarbligi
  • 2. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari
  • 3. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi
  • 4. Mikrokreditlar

Mavzuning dolzarbligi

  • Hozirda mamlakatimizda jadal ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kechmoqda. Har bir sohada jumladan iqtisodiyot va uning “lokomotivi” bo‘lgan bank tizimi sohasida ham xalqaro andozalarga mos, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan o‘tgan yangi islohotlarni tadbiq etish birlamchi maqsad qilib belgilangan. Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri bog‘liqlikda kechadi. Zero, prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas.

Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir. So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5 baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda. Albatta, bundan banklarimizning kreditlash amaliyotining jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas.

  • Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir. So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5 baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda. Albatta, bundan banklarimizning kreditlash amaliyotining jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.3 Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.

  • Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.3 Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.

Muammoning o‘rganganlik darajasi

  • Muammoning o‘rganganlik darajasi Tijorat banklarida amalgam oshiriladigan kreditlash shakllari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, nazariy hamda tashkiliy asoslari, afzalliklari va kamchiliklari kabi masalalar xorijlik iqtisodchi olimlar D.MakNoton va K.J.Barltrop va rus iqtisodchi olimlari O.I.Lavrushin5, V.M.Usoskin6, G.S.Panova, singari olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Mamlakatimiz bank tizimiga ham mustaqillikka erishganimizdan so‘ng zamonaviy kreditlash shakllaridan foydalanish amaliyoti tadbiq etila boshlandi va kreditlash usullari borasida mahalliy iqtisodchilar Sh.Z.Abdullayeva,T.M.Qoraliyev va A.A.Omonovlarning ilmiy izlanishlari alohida ahamiyatlidir.
  • Tadqiqotning maqsadi – Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklarining kreditlash amaliyoti hamda ular qo‘llaydigan kreditlash shakllarini har tomonlama tahlil qilgan holda mamlakatimizning iqtisodiy va bank tizimi imkoniyatlaridan kelib chiqib ularni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Tadqiqotning vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi:

  • − O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyoti va ular qo‘llaydigan kreditlash shakllarini nazariy va huquqiy jihatlarini inobatga olgan holda yoritish;
  • − Jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlari bank tizimida qo‘llaniladigan kreditlash amaliyoti tajribasini o‘rgangan holda ulardagi ilg‘or jihatlarni
  • O‘zbekiston bank tizimiga tadbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish;
  • − to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil o‘tkazish;
  • − O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyoti va ular qo‘llaydigan kreditlash shakllarining amaldagi holatini tahlil qilgan holda mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash;
  • −O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyotini rivojlantirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling