Audit fanidan oraliq nazorat ishi Bajardi: Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev Baxrom
Download 1.04 Mb.
|
Audit fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti MBR-84 guruh Audit fanidan oraliq nazorat ishiBajardi:Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev BaxromTekshirdi: Atamuradov SaidmurodAsosiy AXSlarning qisqacha mazmuniREJA:1. Xalqaro auditorlik standartlarning mohiyati2. Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi3. Xalqaro audit standartlari tarkibiAudit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir. Audit – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlarigamuvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki auditor va tashqi auditor turlari bor. Ichki auditor boshqaruvning korxona xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, menejerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi auditor oʻzaro mustaqil tomonlar (korxona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorda korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi.Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir. Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim. Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling