Молиявий натижалар хисоби


Download 170 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1480999
  1   2   3   4
Bog'liq
2. Молиявий натижалар хисоби


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA”LIM
«Buxgalteriya hisobi» FANIDAN ORALIQ NAZORAT
VARIANTLARI
Mustaqil Ish


Mavzu: Moliyaviy natijalar xisobi


Tayorladi M-91-2 guruh talabasi
Kamolov Ilyosxon Saidg‘ozi o‘g‘li
Ilmiy rahbar: ABDULLAYEV A. N.


Reja:


1. Moliyaviy natijalar hisobining mohiyati va ahamiyati
2. Foyda va zararlar tarkibi va uning hisobi


1. Moliyaviy natijalar hisobining mohiyati va ahamiyati
Moliyaviy natija deyilganda korxonalarning yil oxirida tadbirkorlik faoliyatidan daromad yoki xarajat bilan yakunlanishi tushuniladi. O‘tish davri iqtisodiyotida har bir korxona daromad natijasidan manfaatdor bo‘ladi. Foyda manbasi korxonaning ma’muriy, sotish, operatsion va boshqa xarajatlarni qoplashda ishlatiladi. Shuningdek foydadan byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun sarflanadi. Ammo nafaqat daromad (foyda) balki zarar ham korxonaning moliyaviy natijasi bo‘lishi mumkin. Bunday holat korxonaning mahsulot ishlab chiqarishda, sotishda va ishlab chiqarish zahiralarini sarflashda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish yoki nazoratning sustligi va boshqa sabablar natijasida sodir bo‘ladi. Hozirgi kunda korxonalar moliyaviy natijasini foyda bilan yakunlashga erishish lozim. Korxonalar yil oxirida zarar bilan yakunlasa oxir oqibat uning bankrot bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda foydaning ahamiyati katta. Foyda tadbirkorning ko‘proq daromad olishga, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga va boshqa imkoniyatlarni kengaytirishga undaydi. Foyda hajmining ko‘payishi nafaqat tadbirkorlarning balki xodimlarning ham manfaatdorligini oshiradi. Korxonalarda foyda asosan mahsulotlarni sotishdan olingan foyda, asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlar va moliyaviy daromadlar hisobiga ko‘payadi.
Korxonaning foydasiga ichki va tashqi muhit omillari ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha, foyda miqdoriga inflyatsiya, valyuta va kredit siyosati ta’sir qiladi. Bu omillarni ta’sir darajasini o‘rganish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish korxonaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shunday ekan korxonaning moliyaviy natijasini buxgalteriya hisobida hisobga olish muhim masalalardan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy natijalarni hisobga olishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • moliyaviy natijalar shakllanishini Nizomga muvofiq tashkil etish;

  • korxonada daromadlarni va zararlarni hujjatlarda rasmiylashtirish;

  • moliyaviy natijalar bilan bog‘liq muamolarni buxgalteriya schyotlarida to‘g‘ri aks ettirish.

2. Foyda va zararlar tarkibi va uning hisobi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish natijasida olinadigan daromadlar quyidagilardan iborat:

  1. Mahsulot (ish va xizmat) ni sotishdan olingan daromadlar;

  2. Asosiy faoliyatdan tashqari boshqa operatsion daromadlar;

  3. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;

  4. Favqulodda daromadlar.

«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq, korxona faoliyati moliyaviy natijasi quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

  1. Mahsulot sotishdan olingan foyda mahsulot realizatsiyasidan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farqdan aniqlanadi.

Yalpi foyda real olingan sof tushum - sotilgan mahsulot tannarxi.

  1. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) mahsulot realizatsiyasidan olingan foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farqga asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni qo‘shish yoki ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Asosiy faoliyatdan olingan foyda mahsulot realizatsiyasidan olingan yalpi foyda-davr xarajatlari boshqa daromadlar-boshqa zararlar.

  1. Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar), asosiy faoliyatdan olingan foyda summasiga moliyaviy faoliyatdan olingan foyda summasi qo‘shiladi, zararlar esa ayiriladi.

Umumxo‘jalik faoliyati foydasi asosiy faoliyat foydasi moliyaviy faoliyatdan daromad-moliyaviy xarajatlar.

  1. Soliq to‘laguncha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan foyda qo‘shiladi, favqulodda zararlar ayriladi.

Soliq to‘lagunga qadar olingan foyda umumxo‘jalik faoliyatdan olingan foyda (zarar) favqulodda vaziyatlardan olingan foyda- favqulodda zararlar.

  1. Yilning sof foydasi soliq to‘laguncha foydadan soliq va boshqa to‘lovlar ajratib tashlangan holda aniqlanadi.

Sof foyda soliq to‘lagunga qadar foyda-daromaddan to‘lanadigan soliqlar-boshqa soliq va to‘lovlar.
Korxonaning daromadlari va xarajatlarining tarkib topishi va ulardan foydalanish yangi schyotlar rejasining to‘qqizinchi bo‘limida 9000-9900 sonli schyotlarida amalga oshiriladi. Bu schyotlarning mohiyati quyidagicha:
9000 -asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar.
9100 -sotilgan mahsultlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar.
9200 -asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar.
9300 -asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning hisobga oluvchi schyotlar.
9400 -davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar.
9500 -moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar.
9600 -moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
9700 -favqulodda foyda (zarar) larni hisobga oluvchi schyotlar.
9800 -soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar.
9900 -yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ushbu schyotlar tranzit schyotlar bo‘lib, hisobot davrining oxirida ularning qoldig‘i qolmaydi. Bu schyotlarning saldosi hisobot davrining oxirida 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga o‘tkaziladi. Tayyor mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotilishidan olingan daromadlar shuningdek, sotilgan tovarlarning qaytarilishi va xarajatlarga berilgan chegirmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9010 -«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar»;
9020 -«Tovarlarni sotishdan daromadlar»;
9030 -«Ish va xizmatlarni bajarilishidan daromadlar»;
9040 -«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»;
9050 -«Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Bu schyotlar tranzit hisoblanib, hisobot davr oxirida uning qoldiq summasi qolmaydi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar buxgalteriya hisobida quyidagicha provodka yoziladi:
D-t 4010 -«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 9010 -«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad».
Xaridorlar tomonidan korxonaga pul o‘tkazilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
D-t 5110 -«Hisob kitob schyoti»
K-t 4010 -«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Chakana savdoda tovarlarni sotish jarayonida xaridorlarning tahliliy hisobini yuritish zaruriyati bo‘lmasa, kassadan pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyot debeti bo‘yicha aks ettiriladi:
D-t 5010 -«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
K-t 9020 -«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Boshqa holatlarda daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar olinadigan schyotlar bilan korrespondensiyalanishi lozim. Korxona mahsulot sotish jarayonini qqS ni hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Misol. Tannarxi 40000 so‘m bo‘lgan mahsulot 63000 so‘mga sotildi. Lekin mahsulotning qiymati oldindan 100% to‘langan. Ushbu operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya provodkani beramiz:

  1. Oldindan to‘lovlar olinganida:

D-t 5110 -«Hisob kitob schyoti» -63000 so‘m.
K-t 6310 -«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» -63000 so‘m.

  1. qqS ni hisobga olgan holda mahsulotning sotilish aks ettirilgan:

D-t 4010 -«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -63000
K-t 9020 -«Tovarlarni sotishdan olingan daromad» -52500.
K-t 6410 -«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar » -10500.

  1. Olingan bo‘naklar hisobga kiritilganda quyidagcha buxgalteriya yozuvi beriladi:

D-t 6310 -«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» -63000
K-t 4010 -«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -63000.

  1. Sotilgan mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t 9110 -«Sotilgan mahsulot tannarxi» -40000.
K-t 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulot» -40000.
Hisobot davrining oxirida 9010 va 9110 schyotlari yopiladi. Bu quyidagi provodkalar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
1. D-t 9010 «Tayyor mahsulotlarini sotishdan daromadlar» 52500
K-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» 52500
2. D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» 40000
K-t 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» 40000
Bundan ko‘rinadiki korxona mahsulot sotishdan 12500 so‘m foyda olgan.
Korxonada mahsulotlarni sotish jarayonida uning qiymati qisman to‘lanishi mumkin. Bunday hollarda ushbu operatsiyaga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Misol: qurilish tashkilotida bajarilgan ishlar qiymati 1500000 so‘mni tashkil etadi. Buyurtmachi tomonidan 450000 so‘m miqdorida bo‘nak o‘tkazilgan, qurilish tugallangandan keyin qolgan 70% ishning summasini olishi kerak.

  1. Xaridorlardan ishning 30% ini oldindan olinishi:

D-t 5110 «Hisob kitob» schyoti- 450000
K-t 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nkalar» schyoti- 450000

  1. Bajarilgan ishlar uchun xaridorlardan olingan daromadlarning aks ettirilishi:

D-t 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -1500000
K-t 9030 «Ish va xizmatlarni ko‘rsatilishidan olingan daromad» -1500000

  1. Oldindan olingan bo‘naklar summasini hisobdan chiqarilishi:

D-t 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nkalar» schyoti- 450000
K-t 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -450000

  1. qolgan bajarilgan ishning summasini olinishi:

D-t 5110 «Hisob kitob» schyoti- 1050000
K-t 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -1050000

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling