Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Download 499 Kb.
bet1/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin


MUALLIF SO‘Z IJODKORLIGINING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (ESHQOBIL SHUKUR IJODI MISOLIDA)
10.00.01 – O‘zbek tili
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari
nomzodi, dotsent To‘xtasinova O .
Samarqand – 2021 yil


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………......3


II BOB. ESHQOBIL SHUKUR TILI VA USLUBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
KIRISH……………………………………………………………………………
1.1. Ijodkor individual uslubini o‘rganishda lisoniy-kognitiv tahlilning ahamiyati. …………………………………………………………..1
1.2. Eshqobil SHukurning so‘z ijodkorligi tipologiyasi, so‘z ijodkorligining yuzaga kelishi sabablari........................................................ 2
1.3. Eshqobil SHukur ijodida okkazional badiiy-tasviriy vositalarning o‘rni……...
Bob bo‘yicha xulosalar………... ………………………..………….…………....3


II BOB. ESHQOBIL SHUKURNING YANGI SO‘Z YASASH USULLARI.
2.1. YAngi so‘z yasash usullari................................................................................4
2.2. So‘z yangiligi darajasini belgilovchi omillar………………………….5
Bob bo‘yicha xulosalar………... ………………………….………………..........8


III BOB. ESHQOBIL SHUKUR OKKAZIONALIZMLARINING MORFOLOGIK TARKIBI.….…………… …………………………………8
3.1. Fe’l so‘z turkumidagi so‘zlar ijodkorligi………………………….
3.2. Sifat so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar ijodkorligi………………………
3.3. Boshqa so‘z turkumlariga kiruvchi so‘zlar ijodkorligi……………………
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….…………………1
XULOSA……………………………………………………………………….1
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……...…………...…....125
ILOVA

Magistrlik dissartatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Ijodkorning individual uslubi, muallif so‘z ijodkorligi masalasi tilshunoslikda doimiy o‘rganilib kelgan masala hisoblanadi. Ijodkorlarning tili va uslubidagi o‘ziga xosliklar turli yo‘nalishlarda tadqiq qilib kelinmoqda. Jumladan, fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va boshqa lisoniy vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq holda muallif so‘z ijodkorligini tadqiq etish, shubhasiz, lingvistikaning muhim vazifalaridan biridir.
Jahon tilshunosligida ijodkorlarning tildan foydalanish mahoratini ijtimoiy-falsafiy,badiiy, lingvistik, lingvostilistik, lingvopoetik va kognitiv jihatdan o‘rganish sohasi uncha uzoq bo‘lmasa-da, samarali tarixni bosib o‘tgan. Ijodkorlarning til vositalaridan foydalanish mahoratini ochib bergan ilmiy tadqiqotlarning natijalari tilshunoslikni yangidan yangi ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitgan. So‘z ijodkorligi masalasini tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari asosida tahlil etish esa hozirgi zamon tilshunosligining muhim vazifasidir.
O‘zbek tilshunosligida ijodkorning uslubi, tildan foydalanish mahorati, so‘z ijodkorligi masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar katta hajmni tashkil etadi. Bunday tadqiqotlar orqali o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, muayyan nozik qirralari ochiladi. CHunki haqiqiy so‘z ijodkori o‘z ona tilining latofatini ko‘z-ko‘z qiladi. Zotan, Prizedentimiz SHavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida  ta’kidlaganlaridek: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir...
...Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. SHu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar”1. SHu ma’noda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini o‘z ijodida aks ettirgan so‘z san’atkori, zamonaviy o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos so‘z qo‘llash mahoratiga ega ijodkori Eshqobil SHukurning so‘z qo‘llash mahoratini o‘rganish tilshunosligimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero Eshqobil SHukur o‘zbek tili so‘zligi boyishi masalasiga jiddiy e’tibor qaratadigan, bu borada chuqur mulohaza yuritadigan va o‘z ijodida o‘zbek tilining keng imkoniyatlarini bor bo‘yicha ifodalashga harakat qiladigan so‘z ijodkoridir. SHu jihatlar Eshqobil SHukur ijodini, uning mualliflik so‘zlarini chuqur ilmiy tadqiq etishni taqazo etadi. Eshqobil SHukurning so‘z ijodkorligini uning olam haqidagi qarashlari ifodasi sifatida, ijodkor tafakkur darajasi bilan bog‘lab o‘rganish dessertatsiya ishining dolzarbligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantırısh va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosigni ta’minlashga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling