Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari


Download 56.2 Kb.
bet1/13
Sana23.02.2023
Hajmi56.2 Kb.
#1223560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
I. asosiy qism


Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari.


REJA:


KIRISH
I. ASOSIY QISM
1.1 Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
1.2. Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

    1. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari.

II. XULOSA
Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхati
KIRISH

YII asr boshlarida Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda SHimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.


YII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar. Arab istilochilarining Movarounnahrga bo’lgan birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlarga hujum uyushtirildi va bosib olindi.
Arab istilochilari tomonidan uyushtirilgan ikkinchi yurish 705 yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida olib borilib, nihoyatda keskin tusga ega bo’ldi. Qutayba ibn Muslim 706 yili Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, oqibatda Poykend, Buxoro, Samaraqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaharlarni qo’lga kiritdi. Keyinchalik esa Xorazm zabt etildi. Qutayba ibn Muslimning Movaraunnahrga uyushtirgan yurishi 715 yili uning Farg’onada qo’zg’olonchi arab jangchilari tomonidan o’ldirilishi bilan to’xtadi.
Arab istilochilari YIII asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrni to’la zabt etishga erishdilar.
Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. CHunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko’ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Zero, mazkur hududda yashovchi xalqlarning aksariyati o’troq xalqlar bo’lib, turg’un holda dehqonchilik bilan shug’ullanar edilar. SHu bois ular tezda arab istilochilariga bo’ysuna qolmadilar. Aholining istilochilarga bo’ysunishni istamaganligining asosiy sabablaridan biri ular tomonidan ko’rsatilgan istibdod va qatog’onlar ekanligi bilan bir qatorda bosqinchilarning mahalliy xalqning yillar daomida tarkib topgan ma’naviy-madaniy merosi – san’ati, adabiyoti, yozuvi, osori-atiqalari hamda me’moriy yodgorliklarini poymol etishga qaratilgan harakatni ham olib borganligi bo’ldi. SHu bois arab istilochilari xalqni o’zlariga bo’ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ’ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o’z oldilariga qo’ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g’oyalari yoyilgunga qadar bu yerda yashovchi xalqlar ko’p sonli xudolarga, quyoshga, Ko’k din (shaman)ga hamda o’zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig’inishar edi.

Download 56.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling