Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Download 29.28 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi29.28 Kb.
#101260
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

2019-2020 o‘quv yili 6-semestr 5350600 – Dasturiy injiniringi bakalavriat yo‘nalishi talabalariga “Elektron hukumat” fanidan mustaqil ish mavzulari





Mavzu nomi

Imzosi

Talabaning familiyasi va ismi

1.

Normativ hujjatlarning muhokamasi portali – regulation.gov.uz







2.

O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali – data.gov.uz







3.

Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalar







4.

Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunning mazmun mohiyati







5.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda Elektron hukumatni o‘rni







6.

Elektron hukumatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish konsepsiyasi







7.

Elektron hukumat xizmatlari va resurslari







8.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – gov.uz







9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi – pm.gov.uz







10.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz







11.

Elektron hukumat tizimini rivojlanish tendensiyalari







12.

Elektron davlat boshqaruvida biznes jarayonlarni maqbullashtirish







13.

Elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligi va konfidensiallik







14.

Elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini moliyalashtirish







15.

Elektron hukumat tizimini rivojlanishi uchun ijtimoiy mediani o‘rni







16.

Rivojlanayotgan davlatlarda elektron hukumat







17.

Elektron hukumat tizimida innovasion texnologiyalar







18.

Elektron hukumat tizimida milliy segmentni rivojlanishi







19.

Elektron hukumatni rivojlantirishda ma’lumotlar bazalarini yaratish loyixalari







20.

Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlari







21.

Elektron hukumat tizimi tushunchasi







22.

Taraqqiyot uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini yaratish







23.

Elektron hukumat tizimini meyoriy huquqiy asoslari







24.

O‘zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish







25.

Elektron hukumat tahlili







26.

Elektron hukumat ilovalari va turlari







27.

“Elektron hukumat” tizimi arxitekturasi







28.

Elektron hukumatni rivojlantirishda axborot tizimlari







29.

Elektron tijorat







30.

Elektron davlat xizmatlari






Tadbirkorlikni rivojlantirishda elektron tijoratning o‘rni

27.10.2016

Rukn: Internet.

Muallif: G.Xudoyorova, B.Artikov.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruv­ning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan 25 yil ichida iqtisodiyot sohasida 500dan ortiq Qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning asosiy qismi mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fao­liyatining qonunchilik asoslarini mustahkamlash hamda sohani rivojlantirishga qaratildi.

Konstitutsiya darajasida tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlandi. Shuningdek, xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, qulay ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi», «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘­risida»gi, «Raqobat to‘g‘risida»gi, «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda, elektron tijoratni rivojlantirish va iqtisodiyotni axborotlashtirish jarayoniga moslashtirish maqsadida, bir qator Prezident va Hukumat qarorlari qabul qilinib, elektron tijorat bozori huquqiy mexa­nizmi takomillashib borilmoqda.

Ma’lumki, elektron tijoratning texnologik asosini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tashkil etadi. Bu borada O‘zbe­kiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda».

Shu o‘rinda, qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakati­mizni raqamlashtirish darajasi yuz foizni tashkil etib, yil sayin tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi, Internet tarmog‘ida abonentlar soni, shahar va qishloqlarimizning umumiy Internet qamrovi oshib bormoqda. Ayniqsa, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinib, unda zamonaviy huquqiy munosabatlarning belgilanganligi tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan yanada samarali foydala­nish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Xususan, qonun bilan tadbirkorlik subyektlarining elektron tijoratda faoliyatini amalga oshirish erkinligi, shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi, ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi va elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kabi prinsiplar­ning belgilanganligi mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda muhim o‘rin tutdi.

Shuningdek, elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining aso­siy yo‘nalishlari sifatida elektron tijorat vositasida amalga oshiri­ladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik sohasiga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyati subyekt­larini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash, elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshi­rishning belgilanganligi ushbu sohaning yanada rivojlanishida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu bilan birga, qonunda Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli davlat organi elektron tijorat sohasidagi vakolatlarining belgilanganligi elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, davlat dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish, davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish, elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etish kabi vazifalarning amalga oshirilishida muhim o‘rin tutdi.

Qonun bilan elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek, elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtirilishi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkinligi qat’iy norma sifatida belgilandi. Shu bilan tadbirkorlar faoliyatining har qanday bosqichida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, elektron shaklda amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bugungi kunda UzLIDEP faollari tomonidan saylovchilar o‘rtasida mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, soha uchun axborot texnologiyalari va tijorat ishlaridan boxabar mutaxassislarni tayyorlash, marketing ishlari sifatini oshirish, tovarlarni xaridorlarga yetkazib berish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Ayni paytda, elektron tijorat biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib, uning yordamida tadbirkorlar qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni oshirish, tannarxni kamaytirish, tovar harakati jarayonini qisqartirish, xizmatlar sifatini yaxshilashga erishishlari mumkin.

Qonun qabul qilinishi bilan elektron tijoratning kelgusidagi istiqboliga bog‘liq huquqiy asoslarni takomillashtirish bora­sida bir qator amaliy tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-son qarori bilan «2016–2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish» konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaning asosiy vazifalari sifatida elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda, elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar tarmog‘ini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqa­rish hajmlarini ko‘paytirish, iste’mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan to‘lov tizimlarini, shuningdek, elekt­ron tijoratda logistika tizimini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yo‘naltirgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va elektron tijorat sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, tahlil qilish va qo‘llash belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining istiqbolini ta’minlashda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilgan kafolatlardan to‘liq foydalanish va rivojlantirish mumkin.



Muallif: G.Xudoyorova, B.Artikov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari

O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.

Facebookda bo`lishmoq

 

Twitterga qo`shmoq



 

Telegramga qo`shmoq

 

WhatsAppga qo`shmoq



 

Odnoklassnikiga yubormoq

 

VKontakteda bo`lishmoq



  • « «TBilling» – telefoniya xizmatlari yagona billing tizimidan foydalanishning axborot modeli

  • Tile Mate qurilmasi Bluetooth interfeysi va mobil ilovasidan foydalanib, narsalarni kuzatish imkonini beradi »

LEX>UZ


Начало формы

Конец формы
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING


QO‘SHMA QARORI

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA QARATILGAN QONUN HUJJATLARINI SUD AMALIYOTIDA QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

 LexUZ sharhi

Mazkur Qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini rag‘batlantirish respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.



(kirish qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

Mazkur soha subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sudlar ularning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirishga oid ishlarni asosan to‘g‘ri va qonun talablariga rioya etgan holda hal etmoqdalar.

Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini aniq va bir xilda qo‘llash borasida ba’zi bir muammolar borligi ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo bilan murojaat etuvchi organlarning bu boradagi faoliyati asoslari protsessual qonun hujjatlarida to‘liq ifoda etilmaganligi, nizolarni taalluqliligiga oid yagona sud amaliyotining mavjud emasligi, tadbirkorlik subyektlarining sudlarga murojaat etish jarayonida behuda ovoragarchiliklariga sabab bo‘lmoqda. Ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazilganligi uchun zarar undirish masalasini hal etishda sudlar xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqdalar.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi qo‘shma Plenumi qaror qiladi:



(kirish qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

1. Sudlarning e’tibori kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokidagi ishlarni ko‘rishda amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari lozimligiga qaratilsin.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

2. Sudlarga tushuntirilsinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqiy maqomi, ularning huquqlari, erkinliklari va imtiyozlarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosiy huquqiy manba bo‘lib hisoblanadi.



(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega.



(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, fermer xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.



(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

Sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda va mazkur toifadagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlari bilan berilgan imtiyozlarni aniqlashda avvalambor ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ekanliklari aniqlanishi, bu haqda tegishli sud hujjatlarida qayd etilishi lozim.

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)

3. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari ishtirokidagi ishlarni sudlovga taalluqliligi masalasini hal etishda sudlarning e’tibori nizoli munosabatlarning xususiyati va subyektlar tarkibini ifodalovchi asosiy mezonlarga qaratilishi lozim.

Iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar xo‘jalik sudlariga taalluqlidir. Aynan shu turdagi nizolarda bir taraf qonunda belgilangan tarzda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan fuqarolar (oila pudratchilari) bo‘lsa, bunday da’volar taalluqliligi bo‘yicha umumiy yurisdiksiya sudlarida ko‘riladi.

Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar (bundan mehnatga oid nizolar mustasno) ham xo‘jalik sudlariga taalluqlidir.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 13-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik ustidan keltirilgan shikoyatlar umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqliligi uqdirilsin.



(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

Sudlarga tushuntirilsinki, yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb e’tirof etish bilan bog‘liq ishlar xo‘jalik sudlariga taalluqlidir.



(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

Sudlar tadbirkorlik faoliyati subyektlarining da’vosi bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda ishchanlik obro‘siga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi talabni ham asosiy da’voga qo‘shib ko‘rishga haqlidirlar. Bunday talabni boshqa sudga taalluqli, degan vaj bilan ishni tugatishga yoki da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasining 9-qismi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi 3-qismiga muvofiq, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash haqidagi da’vo faqat ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazilganda qanoatlantirilishi mumkin.

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish haqidagi shikoyatlarni qabul qilish va ish qo‘zg‘atish masalasini hal etishda ushbu talab bilan birga bunday harakat (harakatsizlik)lar oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi masala ham nazarda tutilgan bo‘lsa ish da’vo tartibida hal qilinishi sudlarga tushuntirilsin.

Sudlar e’tiborda tutsinlarki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasida ko‘rsatilgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini hal etishda, zarar qaysi organ yoki mansabdor shaxsning qonunga xilof harakati (harakatsizligi) yoki g‘ayriqonuniy hujjat chiqarishi natijasida yetkazilgan bo‘lsa, o‘sha organ yoki mansabdor shaxs xizmat qiladigan organ tomonidan qoplanishi lozim. Zararni undirish haqidagi da’vo ham o‘sha organga nisbatan qo‘zg‘atiladi. Bu toifa nizolarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasi talabiga ko‘ra, yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan ushbu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

6. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish (faoliyatini to‘xtatish) to‘g‘risidagi nizolar yuzasidan kelib chiqadigan ishlar da’vo yuritish tartibida ko‘riladi.

Sudlar fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomalarini bekor qilish haqidagi nizolarni hal qilishda, O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish Tartibi”da ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilishlari lozim.

Dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkasi belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi yoki undan oqilona foydalanilmaganligi, yerni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, yerdan ekologik vaziyatni yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilganligi, yer solig‘i, ijara haqi muntazam to‘lab kelinmaganligi kabi asoslar bo‘yicha yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish yoki yerni olib qo‘yish to‘g‘risidagi da’volar ko‘rilayotganda, sudlar ushbu holatlar tegishli mutaxassislar tomonidan hujjatlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi lozimligiga e’tibor bersinlar.

Erdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish deganda, yer egasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 9-moddasida ko‘rsatilgan yer fondi toifalarining o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishi nazarda tutiladi.

7. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasi va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasida dehqon va fermer xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu asoslar qat’iy va ularni kengaytirib talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)

Sudlarga tushuntirilsinki, dehqon yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘ining tuman hokimliklari qoshidagi komissiyalarida attestatsiyadan o‘ta olmaganligi dehqon yoki fermer xo‘jaligini tugatish uchun asos bo‘la olmaydi.

8. Yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb e’tirof etishning sabab va oqibatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasida belgilangan. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lishi jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Xo‘jalik sudlari tomonidan bankrotlik ishlari ko‘rilayotganda tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs ham qarzdorning kreditori sifatida ishda qatnashishi mumkin. Bunday hollarda u boshqa kreditorlar kabi O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 35-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

9. Qonun hujjatlarida belgilangan nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda, sudlar shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi huquq me’yorini tatbiq etishlari, bordiyu bunday normalar ham bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanishlari lozim.

Bunday holda sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatda qonun o‘xshashligi yoki huquq o‘xshashligi bo‘yicha nizoni hal qilish mezoni tavsiflanib, sud hujjatida bu haqidagi xulosalar bayon qilib berilishi zarur.



2002-yil 25-oktabr,

20/107-son
Download 29.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling