Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori Sh. T. Hasanov


Download 67.5 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1328483
  1   2   3   4




TASDIQLAYMAN”
Toshkent davlat agrar universiteti
Samarqand filiali direktori
Sh.T.Hasanov
________________
2023-yil “____”______________

TASDIQLAYMAN”
Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i
SH.M Urazov
2023-yil “____”________________

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI HAMDA SAMARQAND VILOYAT O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYA QILISH BOSHQARMASI O‘RTASIDAGI O‘ZARO HAMKORLIK BO‘YIChA
SHARTNOMA №______
Oqdaryo tumani. «____»__________ 2023 y.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi
PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Oʻsimlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi (keyingi oʻrinlarda Kafedra) nomidan (bir tomondan) Universitet Ustavi asosida direktori Sh.T.Hasanov, Samarqand viloyat o‘simljklar karantini va himoyasi boshqarmasi (o‘simljklar karantini va himoyasi boshqarmasi) nomidan ikkinchi tomondan o‘simljklar karantini va himoyasi boshqarmasi Ustavi asosida rahbar SH.M.Urazov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma tuzildi.


I. UMUMIY QOIDALAR
Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:
1.1. Kafedra va ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
1.2. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish.
1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish.
1.4. Hamkorlikda ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish.
1.5. Kafedraning taʼlim yoʻnalishlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligi hamkorlikda bajarish va qoʻllash.
1.6. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligimuammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish.
1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish.
1.8. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida kafedralar filiallarini ochish.
1.9. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida talabalar amaliyotini tashkil etish hamda boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
1.10. Kafedra oʻqituvchilarining ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligida amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish.
1.11. Ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligining tegishli xodimlari tomonidan kafedra bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.
1.12. Hamkorlikda ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
1.13. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish.
1.14. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Kafedra va ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligi orasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling