Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Download 187.65 Kb.
bet1/2
Sana05.08.2020
Hajmi187.65 Kb.
#125540
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

SAMARQAND FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Kompyuter tizimlari” kafedrasi

Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar” fanidan

MUSTAQIL ISH - 1

Mavzu: Taqsimlangan fayl tizimlari.
Bajardi: 402-gr talabasi. Nizomova M

Tekshirdi: Abdukarimov A

SAMARQAND 2020

Taqsimlangan fayl tizimlari.
Reja:


  1. Taqsimlangan fayl tizimi komponentlari

  2. FTP tizimda foydalanish asoslari

  3. www da fayl tizimi



Taqsimlangan tizim komponentalarining o’zaro

munosabatlarini tashkil etish asoslari
Taqsimlangan tizim va tarmoqlarni ishlab chiqish va rivojlantirishning maqsadli oriyentasiyasi hisoblangan global axborot infrastruktura (GAI)si quyidagi asosiy funksiyalar to’plamini tavsiflovchi kommunikasiya, axborotni saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o’zida birlashtiradi:

• foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan axborot, kommunikasiya va muammoga yo’naltirilgan xizmatlarni akkumulyasiyalash va integrallash;

• xizmat va tarmoq resurslariga personal murojaatini vaqt va foydalanuvchining joylashuvidan qat’iy nazar ta’minlash;

• qo’llash, qurish va amalga oshirishning tashkiliy-texnik va tizimli-texnik o’zgarishlariga ochiqlik.

Ushbu funksiyalarning amalga oshirilishi infokommunikasiya tarmog’ini shakllantiruvchi infrastrukturaning tarmoq va axborot tashkil etuvchilari faoliyati bilan tavsiflanadi; bunda tarmoq infrastrukturasining asosiy komponentlari ekpluatasiyadagi hamda ishlab chiqarishdagi ko’p turdagi tarmoq texnologiyalari bo’lishi mumkin. Tarmoq infrastrukturasi axborotning turli ko’rinishlari, ma’lumotlar, matn, faksimil xabarlari, audio va video axborotlar, multimedia hujjatlari, grafik tasvirlar, turli axborot konteynerlarini transportirovka qilish uchun kerakli sifatdagi xizmatni taqdim etadi. Axborot tashkil etuvchisi o’z navbatida har turdagi dasturiy ta’minot asosida shakllanadi va bir yoki bir necha ilovalar tomonidan foydalaniluvchi universal servislarni amalga oshirish funksiyasini o’z ichiga oladi.

Kompyuterlarning turli kommunikasiya qurilmalari, konsentrator, modemlar, ko’priklar, kommutator, marshrutizator, multipleksorlar orqali amalga oshiriladigan o’zaro ishlashlari pog’onali model protokollari yordamida amalga oshiriladi. Kommunikasiya qurilmalaridan tashqari axborot almashish jarayonida tizim komponentlari deb nomlangan, amaliy dasturlarni (amaliy pog’ona axborotlarini) qayta ishlashni amalga oshiruvchi va axborot tashkil etuvchisini tavsiflovchi komponentlar yoki boshqa so’z bilan aytganda, foydalanuvchiga taqdim etiladigan servislar qatnashadi.

Birlashish va o’zaro ishlash bilan taqsimlangan tizimlarni o’zida aks ettiruvchi infokommunikasiya tarmoqlari komponentlarining o’zaro funksional ishlashini tahliliy masalalari axborot almashinuvi jarayoni bilan bog’liq jihatlarni tizimlashtirish, klassifikasiyalash va standartlashtirishni amalga oshirishni talab etadi. GAI modeli doirasida o’zaro ishlovchi sathlar iyerarxiyasi mavjud, har bir sath almashuv jarayoniga o’z talablarini qo’yadi; bunda tanlangan tarmoq arxitekturasi amalga oshirilishiga bog’liq holda turli funksional yo’naltirilgan elementlar (obyektlar) mavjud. Elementlar infrastrukturaning ham axborot, ham tarmoq tashkil etuvchilariga tegishli bo’lishi mumkin, bunda elementlarning o’zaro ishlashi uchun oraliq muhit (oraliq dasturiy ta’minot) kerak bo’ladi.

Bugungi kunda mavjud bo’lgan oraliq muhitlar ochiq, kengaytirish mumkin bo’lgan va barqaror taqsimlangan tizimlarni yaratishga imkon beradi: buning uchun oraliq muhit taqsimlangan tizim komponentlarining o’zaro ishlashi uchun servislarni ta’minlashi kerak bo’ladi. Misol tariqasida, oraliq muhitlardan foydalanish Grid-servislar ochiq arxitekturasi bilan, komponentlar orasida ma’lumotlar almashish uchun standart, platformalararo servisni taqdim etuvchi turli ichki va tizimlararo mexanizmlardan foydalanish bilan namoyon qilinadi.

Bugungi kunda telekommunikasiya tarmoqlari qo’plab soxa va tashkilotlarning, umumfoydalanish tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Ularda xizmat ko’rsatishni tashkillashtirish prinsiplari taqsimlangan tizimlar konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. Quyida bugungi kunda keng qo’llaniladigan tarmoqlarni sanab o’tamiz:
-ma’lumot uzatish tarmoqlari;

- mobil tarmoqlar;

- korporativ tarmoqlar;

- avtomatlashgan tarmoqlar va boshqalar.

Telekommunikasiyada taqsimlangan tizimlar xizmat ko’rsatish va hisoblash tarmoqlarini qurishning asosi hisoblanadi. Ular tarmoqlangan aloqa qurilmalari va kompyuterlardan tashkil topib, biror vazifani bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Misol uchun klaster va bulutli hisoblash tarmoqlari bugungi kunda keng qo’llaniladigan taqsimlangan tizimlar hisoblanadi. Klaster va bulutli hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari va xizmat ko’rsatish serverlari parallel tizimlardan tashkil topgan bo’lib, kelib tushgan vazifalarni birgalikda va parallel qayta ishlashni amalga oshiradi. Bulutli tarmoqlarda zamonaviy kommunikasiya xizmatlarini tashkillishtirish uchun o’zaro fizik bog’langan kompyuterlardan virtual kompyuterlar tashkillashtiriladi va virtual serverlar orqali xizmatlar ko’rsatiladi.
Taqsimlangan tizimlarning rivojlanishiga bir qator omillar sabab bo’lgan:


  • funksional ajratish – mavjud kompyuter va aloqa tizimlarining imkoniyatlarini va bajaradigan funksiyalarini belgilash va ajratish. Masalan, kliyent va server, ma’lumotni yig’ish va qayta ishlash va boshqalar.

  • Axborotlar va tizimlarni taqsimlash – turli kishilar va manbalar tomonidan yaratilgan va olingan axborotlar, birgalikda ishlash uchun tuziladigan ishchi guruxlar va muxandislar va tadqiqotchilar guruxlari, supermarket va sosial xizmat ko’rsatish tarmoqlarining axborot va boshqa tizimlari.

  • Bank tizimlari va hisoblash tarmoqlarining rivojlanishi va boshqalar.

Ushbu yuqorida keltirilgan omillar natijasida bugungi kunda bir qator asosiy va xayotimizdan ajralmas tarmoqlar rivojlandi va keng qo’llanilmoqda. Ular internet, intranet va mobil tarmoqlar hisoblanadi (1.3-rasm).




1.3-rasm. Zamonaviy internet tarmog’ining taqsimlangan arxitekturasi
Ta’kidlash joizki, internet tarmog’i taqsimlangan arxitektura asosida tuzilgan bo’lib, axborot resurslarini funksional tashkillashtirishda va boshqarishda ushbu konsepsiyadan foydalaniladi.

Taqsimlangan tizimlar konsepsiyasi asosida zamonaviy xizmatlarni tashkillashtirishga bugungi kunda ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, veb xizmatlarning va internet saytlari(Facebook va boshqa ko’plab internet xizmatlari), data sentrlar va bulutli tizimlar, global hisoblash va ma’lumotlar markazlari tizimlari, bank tizimlari va boshqalar.



1.3-rasm. Taqsimlangan tizimlarning xizmatlari
Taqsimlangan tizimlar konsepsiyasi telekommunikasiyada xizmat ko’rsatishni tashkillashtirishda bir qator yutuqlarni beradi:

  • Tarmoq foydalanuvchilari turli apparat qurilmalaridan foydalanish(PC, MAC,…);

  • Har xil operasion tizimlardan foydalanish(Windows, Unix,…);

  • Turli xizmatlarga bir vaqtda ulanish;

  • Turli ko’rinishdagi ma’lumot formatlari bilan ma’lumot almashish(ASCII, EBCDIC,UNICODE…)

  • Bir vaqtda bitta tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanish.

Texnologik jihatdan esa esa taqsimlangan tizimlardan foydalanish xizmatlarni taqdim etishda qo’yidagi masalalarni oson hal qilish imkonini beradi:



  • Xizmat ko’rsatishni va jarayonlarni parallellashtirish;

  • Tarmoq va xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish;

  • Xizmat ko’rsatishda bo’ladigan rad etishlardan himoyalanish;

  • Taqsimlangan tizimlarning va xizmat ko’rsatishning xavfsizligini ta’minlash;

  • Tarmoqlarni va komponentlarni oson funksional kengayuvchanligi va moslashuvchanlik;

  • Tizimlarga yangi texnologiyalarni oson kiritish, yangilash, ochiq standartlilik asosida modernizasiyalash va boshqalar.

Taqsimlangan tizimlarni yaratishda har xil komponentlar, vositalar va texnologiyalardan bir vaqtda foydalanish mumkin:

  • Operasion tizimlar;

  • Apparat ta’minoti arxitekturalari;

  • Kommunikasiya modellari va arxitekturalari;

  • Dasturiy ta’minotlar va dasturlash tillari;

  • Dasturiy ta’minotlar interfeyslari;

  • Xavfsizlik tadbirlari va yechimlari.

Bu bizga barcha turdagi foydalanuvchilar guruxi uchun qulay aloqa interfeysini ta’minlash imkoinin beradi.

Kengayuvchan va moslashuvchan taqsimlangan tizimlarni loyihalash moliyaviy tomondan ham bir qator yutuqlar beradi. Fizik resurslarni tejash, apparat va dasturiy ta’minotlarning oson interfeysini ta’minlash, samaradorlikni yuqori darajada ushlab qolish, tizimlari va komponentlarning xavfsiz va ishonchli ishlashini kafolatlash bevosita taqsimlangan tizimlarni loyihalashning asosiy sharti hisoblanadi.

Taqsimlangan tizimlarni loyihalash uchun tizim arxitekturalarini ko’rib chiqishda bir qancha savollarga javob berish kerak bo’ladi, masalan, qanday komponentlardan foydalanish lozim va ular qanday qilib bir-birlari bilan bog’lanadi hamda qanday xizmatlarni taqdim eta oladi. Ma’lumki, taqsimlangan tizimlar bir-biri bilan bog’langan mustaqil dasturiy komponentlardan tashkil topadi. Ushbu komponentlarning har biri alohida jarayonlarni bajaradigan dasturiy komponentlarni taqdim etadi.



Download 187.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling