Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-mustaqil ish


Download 57.93 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi57.93 Kb.
#1766663
  1   2   3   4
Bog'liq
Komp tarmoq-maruza1



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


1-MUSTAQIL ISH
Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari
Guruh: (NWK004) 210-21 guruh
Bajardi: Tolibjonov
Tekshirdi: Iskandarova Sayyora

Toshkent 2023


Mavzu : ARP, RARP, IP protokollari.


Reja :

  1. Kirish.

  2. IP protokollari.

  3. ARP, RARP protokollari.

  4. Protokollar ARP, RARP, IP nima uchun ishlatiladi?

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish
Telekommunikatsiya tarmog‘ini innovatsion rivojlantirish uchun ko‘p mutaxassislarni tarmoq texnologiyalari, tarmoq yechimlari va tarmoq integratorlari bo‘yicha tayyorlash kerak. Ma’lumki, telekommunikatsiyaning har bir yangi ko‘rinishi asosan ikkita sababga ko‘ra paydo bo‘ladi;
- unga talabni paydo bo‘lishi;
- mos keluvchi texnik va texnologik asosning mavjudligi.
IP protokollari.

IP-adres uzunligi 4 baytdan iborat va odatda to‘rtta raqam ko‘rinishida yoziladi. Bunda har bir baytning qiymati o‘nli for- mada va nuqta bilan ajratilgan, misol uchun:


128.10.2.30 adresning an'anaviy o‘nlik formada aks ettiri- lishi.
10000000 00001010 00000010 00011110 — yuqoridagi
adresning ikkilik koddagi ko‘rinishi.
3.2-rasmda IP adresning strukturasi ko‘rsatilgan.



Adres tarmoqda ikkita mantiqiy qismdan tarmoq nomeri va element nomeridan iborat. Qaysi qismi tarmoq nomeriga va qaysi qismi element nomeriga mos kelishini adresning birinchi bitidagi qiymat orqali aniqlanadi:



  • Agarda adres 0 dan boshlansa tarmoq A sinfga tegishli va tarmoq nomeri bir bayt qolganlarini 3 bayt qilib tarmoqqa mos- lashtiriladi. A sinf 1 dan 126 gacha nomerga ega bo‘ladi. A sinf tarmog‘ida elementlar 216 dan yuqori va 224 dan oshib ket- masligi kerak.

  • Agarda adresning birinchi ikkita biti 10 ga teng bo‘lsa B sinfiga tegishli bo‘ladi. Bu tarmoq o‘rtacha tarmoq hisoblanadi va elementlar soni 28—216 tagacha bo‘ladi.

  • Agarda adres 110 ketma-ketligidan boshlansa, u holda bu tarmoq C sinfga kiradi. Bu sinfning elementlar soni 28 dan katta emas.

  • Agarda adres 1110 ketma-ketligidan boshlansa, u holda D sinfga kiradi va guruhli adres — multicostni bildiradi. Agar paketda belgilangan adres sifatida D sinf adresi ko‘rsatilsa, u holda bu paketni barcha elementlar olishlari shart.

  • Agar adres 11110 ketma-ketligidan boshlansa, u holda adres E sinfga kiradi. U kelganda qo‘llanilishi uchun zaxiraga olib qo‘yilgan.

Jadvalda tarmoqning har bir sinfiga mos keluvchi tarmoq nomerining o‘lchami keltirilgan.


Download 57.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling