Muhammadali 1-seminar Mintaqaviylashuvning nazariy masalalari
Download 62.3 Kb.
|
1-seminar. Muhammadali
Muhammadali 1-seminar Mintaqaviylashuvning nazariy masalalari. Mintaqaviylashuv – bu ma’lum bir hududda joylashgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashuvi bo’lib, xalqaro munosabatlarda bu davlatlar, bir mintaqah sifatida qatnashadi, qarorlar qabul qilishda davlat hokimiyatlari birgalikda ishtirok etishadi, shu tariqa turli institutlar shakllanadi, ayniqsa hozirgi globallashuv jarayonida bu jarayon yanada jadallashmoqda. Mintaqaviylashuv uch xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: geosiyosiy mintaqaviylashuv; Bu turdagi mintaqaviylashuvda davlatlar siyosiy jihatdan birlashadilar, boshqa davlatlar yoki mintaqalardan ajralib turadilar, va ularga qarshi turishlari ham mumkin. iqtisodiy mintaqaviylashuv; Iqtisodiy jihatdan birlashgan davlatlar o’z hududlarida iqtisodiy manfaatlar yuzasidan hamkorlik qilishadi, erkin savdo zonalari vujudga keladi, bozor umumiylashadi, bojxona masalalarida ham ittifoq qilinadi. Iqtisodiy mintaqaviylashuv mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (bu hamkorlikda davlatlar erkin harakat qiladilar, ularning suverenitetlari cheklanmaydi, koordinatsiya amal qiladi) va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya (bu integratsiyada subordinatsiya mavjud bo’lib, erkinlik cheklanadi, ma’lum miqdorda bo’ysunish holatlari mavjud) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Download 62.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling