Muhiddinova elsevarning kurs ishi mavzu: “O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlari” Bajardi
Download 80.32 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA: Kirish …………………………………………………………………………..…...
- II BOB. O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlari o‘rganish amaliyoti
- Xulosa………………………………………………………................................… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….... Ilova………………………………………………………………………….…..… KIRISH
- Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISToN RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 19.23-GURUH TALABASI MUHIDDINOVA ELSEVARNING KURS ISHI Mavzu: “O‘SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINING YOSH PSIXOLOGIK JIHATLARI” Bajardi: Muhiddinova Elsevar Ilmiy rahbar: MUNDARIJA: Kirish …………………………………………………………………………..…... I BoB. O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlari nazariy asoslari…………………………………………...……………………..……………….… 1.1.Xorij psixologlari tadqiqotlarida shaxs shakllanishi muammosining tadqiq qilinishi ………………………………………………………………………………... 1.2.Psixik holatlar muammosining ilmiy adabiyotlarda o‘rganilganligi………………. II BOB. O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlari o‘rganish amaliyoti 2.1-§ O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlarining o‘rganish mazmundorligi………………………………………………………….………….…….. 2.2-§ O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlarining o‘rganishga oid amaliy natijalar………………………………………………………….………….……. Xulosa………………………………………………………................................… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….... Ilova………………………………………………………………………….…..… KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda ta`lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz. Har tomonlama yetuk, sog`lom, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashda o‘quvchilarda beriladigan ta`lim va tarbiyaning roli beqiyosdir, chunki o`quvchi oladigan bilimlari, ko`nikma va malakalariga asos xuddi shu o‘quvchilarda qo`yiladi. Ochiq aytishimiz kerak, bilimi sayoz o`qituvchilar ham boshlang`ich sinfga dars beraveradi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi va salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo`yilishini oddiy mantiqini o`zi talab etadi. Baxtga qarshi har bir sinfda 3-4 ta bo`lsada, stressga moyil o`quvchilar mavjud. Bunday o`quvchilarning bilish jarayonlari orqaga qolibgina qolmay, bevosita sinfdoshlarining ham o`zlashtirishlariga, bilim asoslarini egallashlariga ma`lum darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xuddi shu sababli, boshlang`ich sinflardagi o`zlashtiruvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini o`rganishi va uni korreksiya qilish dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ta’lim sohasida stress xususida keng fikrlar bayon etilmoqda. Stress tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra kompleks muammo bo‘lib, u jamiyatning iqtisodiy siyosiy, ma’rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, maktab o‘qituvchilarining zamonaviy o‘qitish vositalari, usullari, tamoyillari bo‘yicha atroflicha bilimga ega ekanliklari, yoshlarning o‘qish-o‘rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bog’liq hodisadir. Mustaqil mamlakatimizning erkin fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini har qachongidan aniqroq, to‘laroq his qila boshlashdi. Maktab hayotida tub o‘zgarishlar yuz berdi, o‘qituvchilar faoliyati sifat jihatdan yangilanish bosqichini o‘z boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida, jamiyat a’zolarining fikrlashida, tarbiyachilarining faoliyatida, yoshlarni fan-texnika, kasbga chanqoqligida paydo bo‘lgan tub o‘zgarishlar stress muammosini atroflicha asoslash har tomonlama tadqiq qilish ehtiyojining yanada oshganlidan dalolat beradi. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqorolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir . Aynan shuning uchun ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash maorifni yuksaltirish milliy uyg`onish xosiyatini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Umumiy va maxsus bilimlarga ega ongli, tafakkuri bilan turli “tizm” lardan ozod , zamonaviy dunyoqarashiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan insonlarga fuqorolik jamiyatini barpo etishga va shakllantirishga qodir bo`ladi. Ushbu fikrlardan ko`rinib turibdiki, shaxsda bilim, dunyoqarashi, e‘tiqodining kerakli materiallarni to‘plash va psixologik tahlil asosida bayon etish o‘quvchilarda stressga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish shaxs kamolotining asosiy mezoni sanaladi. Shu bois o`quvchilardagi stress muammosini o`rganish muhim sanaladi. Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo'lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi" mavzuidagi anjumanda so'zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to'xtalib o’tdilar. "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala — bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlami hammadan ham ko'proq his etadigan kim — yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ulaming qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta'kidladi Prezidentimiz. Shu sababli, maktabda o’smirlik davrida yuzaga keladigan stress muammosini imkon qadar tezroq hal qilish kerak, aks holda kelajakda xavfli, tashvishli, odamlarning zamonaviy hayotiga moslashishga qodir bo'lmagan avlodni shakllantirish xavfi paydo bo'ladi. Download 80.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling