Multimedia texnologiyalari


Download 21.26 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1230055
  1   2   3

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasining 05.01.04 - «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyutеr tarmoqlarining matеmatik va dasturiy ta'minoti» ixtisosligi bo`yicha kengaytirilgan ilmiy seminari ____ sonli bayonnomasidan


K O‘ Ch I R M A


Toshkent sh. 08.02.2023 y.


Qatnashdilar: t.f.d., professor Ravshanov N., t.f.d., professor Mo‘minov B., t.f.d., professor Zaynidinov H., f-m.f.n, professor Sadullayeva Sh., t.f.d. professor Anarova Sh., t.f.d. professor Nazirova E., f-m.f.n, professor Ne’matov A., t.f.d., dotsent Nuraliyev F., t.f.n., dotsent Artikova M., PhD., dotsent Kuchkarov T., PhD., dotsent Yusupov I., PhD., dotsent Mahmudjonov S., PhD., dotsent Baqayev I., PhD., dotsent Mallayev O., PhD., dotsent Sharipov D., PhD., dotsent Abidova Sh., PhD., dotsent Sadiqov R., PhD., dotsent Safarov Sh. va professor – o‘qituvchilar.


Kun tartibi:
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi assistenti Ismailov Shixnazar Rashid o‘g‘lining 05.01.04 - «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyutеr tarmoqlarining matеmatik va dasturiy ta'minoti» ixtisosligi «G‘ovak muhitda nеftning ko‘p o‘lchovli filtratsiya masalasini yеchishning parallel hisoblash algoritmlari va dasturiy majmui» mavzusidagi texnika fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan nomzodlik dissertatsiyasining muhokamasi.


Eshitildi:
1. Seminar raisi Nazirova E.Sh. seminar qatnashchilarini kun tartibi bilan tanishtirdi va 05.01.04 - «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyutеr tarmoqlarining matеmatik va dasturiy ta’minoti» ixtisosligi «G‘ovak muhitda nеftning ko‘p o‘lchovli filtratsiya masalasini yеchishning parallel hisoblash algoritmlari va dasturiy majmui» mavzusidagi texnika fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan nomzodlik dissertatsiyasining asosiy mazmunini bayon etish uchun Ismailov Shixnazar Rashid o‘g‘liga so‘z berdi.
2. Sh.R. Ismailov dissertatsiyaning asosiy mazmuni bo‘yicha tayyorlangan ma’ruzasida tadqiqotning dolzarbligi va zaruriyati, tadqiqotning maqsadi, vazifalari va ilmiy yangiliklari, amaliy natijalar, olingan natijalarning ishonchliligi, ularning nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarini amalda joriy qilish holati, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qildi. Shu bilan birga dissertatsiyaning boblari va paragraflarining mazmun mohiyatini ochib berdi.
Sh.R. Ismailov ma’ruzasini tugatgandan so‘ng dissertatsiya ishining mazmuni muhokamasi boshlandi.

Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling