Mundarija : Yo‘sintoifa (Bryophyta) va Psilottoifa


Download 97.11 Kb.
bet1/89
Sana05.01.2022
Hajmi97.11 Kb.
#210714
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Botanika Shpalgalka(1)


MUNDARIJA

  1. : Yo‘sintoifa (Bryophyta) va Psilottoifa (Psilotophyta ) o’simliklar bo‘limi. Umumiy tavsifi.------------------------------------------3—6.

  2. QIRQBO‘G‘IMTOIFA (EQUISETOPHYTA) VA QIRQQULOQTOIFA (POLYPODIOPHYTA) BO‘LIMI-------------------------------------6---11.

  3. QARAG‘AYTOIFA - PINOPHYTA YOKI OCHIQ URUG‘LI - GYMNOSPERMAE O‘SIMLIKIAR BO‘LIMI----------------------11---18.

  4. MAGNOLIYATOIFA - MAGNOLIOPHYTA YOPIQ URUG‘LI - ANGIOSPERMAE YOKI GULLI O‘SIMLIKLAR – ANTHOPHYTA—18-19.

  5. MAGNOLIYASIMONLAR-MAGNOLIOPSIDA YOKI IKKI URUG‘PALLALILAR - DICOTYLEDONES SINFI (AJDODI). AYIQTOVONKABILAR – RANUNCULIDAE SINFCHA (AJDODCHA)SI.--------------------------------------------------------19----25.

  6. CHINNIGULNAMOLAR - CARYOPHYLLALES QABILASI.—26-30.

  7. TEMIRDARAXTKABILAR SINFCHASI HAMAMELIDIDAE AJDODCHASI--------------------------------------------------------------31--33

  8. DILLENIYAKABILAR - DILLENIDAE SINFCHASI------------34---38.

  9. GULXAYRINAMOLAR-MALVALES QABILASI-----------------38--48

  10. TOSHBAQATOLNAMOLAR-RUTALES QABILASI-----------49—54.

  11. ITUZUMNAMOLAR-SOLANALES QABILASI--------------------55—60.

  12. QOQIO’TKABILAR-ASTERIDAE SINFCHASI (AJDODCHASI)—61-65.

  13. BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR - LILIOPSIDA YOKI MONOCOTYLEDONES SINFI. LOLASIMONLAR--------------------66—68.

  14. BUG‘DOYNAMOLAR (BOSHOQNAMOLAR-POALES) QABILASI--69--72


BOTANIKA 2-KURS 1-SEMSTR

: Yo‘sintoifa (Bryophyta) va Psilottoifa (Psilotophyta ) o’simliklar bo‘limi. Umumiy tavsifi.

Reja:

  1. Yo‘sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar bo’limi.

  2. Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi)

  3. Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si

  4. Plauntoifa - Lycopodiophyta o‘simliklar bo’limi.


Tayanch iboralar: Yo‘sintoifa, erkak jinsiy organlari - anteridiy, urg'ochi jinsiy organlari – arxegoniy, rizoidlar, protonema - kichkina tanacha.
Yo‘sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar. Yo‘sintoifa o‘simliklar bolimiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o'rinda turadi. Yo‘sintoifa o‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o'tkazuvchi sistemasi bo‘lmasligi bilan boshqa yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o‘simliklarning oddiylari, tallomlilar bo‘lib, ularning tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha murakkab tuzilgan yo‘sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar ornida rizoidlar bo‘ladi

Yo‘sinsimonlar 3 sinfga bo‘lib o‘rganiladi:



  1. Jigarsimon yo‘sinlar sinfi - Hepaticopsida.

  2. Poyabargli yo‘sinlar sinfi - Bryopsida

  3. Antotseratsimonlar sinfi - Anthocerotopsida.

  1. Jigarsimon yo‘sinlar - Hepaticopsida sinfi gametofitining xilma-xil bo‘lishi va sporafitning deyarli o‘xshash bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo'lib, asosan semam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlarning vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. Jigarsimon yo‘sinlar deb atalishiga sabab shuki, marshansiya avlodining turlari tallomidan Yevropada (to XIX asrning boshigacha) jigar kasalliklarini davolashda dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelingan. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra, jigarsimon yo’sinlar sinfi 2 ta sinfchaga - marshansiyakabilar va yungermaniyalar kabilarga bo‘linadi.


Download 97.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling