Mundarija kirish 3 I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover
Download 0.9 Mb.
|
Belgilarning to\'liq birikkan holda irsiylanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover.
MUNDARIJAKIRISH 3 I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover. 4 1.1. Belgilarning to`liq va to`liqsiz birikkan holda irsiylanishi. Krossingoverning ochilishi 4 1.3. Krossingoverning sitologik isboti. 16 II bob. Xromosomalararo qayta tuzilishlar bilan bog`liq mutatsiyalar. 26 2.1. Translokatsiya tasnifi 26 Xulosa va takliflar 32 KIRISHMavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishi xromosomalar almashinuvi haqida bo`lib, uning dolzarblgi shundaki, xromosomalar almashinuvi, u hoh normal bo`lsin, hoh potologik, organizmda sezilarli o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi, hozirgi kunda bunday o`zgarishlar minglab topiladi, ularni o`rganish ayniqsa, potologik holatlarni o`rganish amaliy ahamiyatga egadir. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ishning maqsad va vazifalari xromosoma almashinuvlari, ularning turlari haqida ma`lumotga ega bo`lish, uning tirik organizmlar hayotidagi, nasllar gallanishidagi ahamiyatini o’rganishdan iboratdir. Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot obekt va predmeti: Asosiy tadqiqot obekti o`simlik, hayvon va odam organizmi hisoblanadi. Predmeti esa xromosomalardir. Kurs ishining amaliy ahamiyati: Xromosoma irsiyatni belgilaydi. Shunday ekan, undagi o`zgarishlar, almashinuvlarni o`rganish organizmlarda namoyon bo`lgan foydali va zararli xususiyatlar haqida ma`lumotlarni qo`lga kiritishda zarur omildir. Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 2 bobdan iborat bo`lib xromosoma almashinuvi haqida to’liq ma`lumot berilgan. I bob. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover.1.1. Belgilarning to`liq va to`liqsiz birikkan holda irsiylanishi. Krossingoverning ochilishiGenlarning birikkan holda irsiylanishi hodisasining mohiyati bilan Morgan tomonidan o‘tkazilgan tajribalar misolida tanishib o‘tamiz. Drozofilada tananing kulrangini – A, qora rangini esa - a, qanotning normal uzun bo‘lishini - B, qisqa qanotni esa - b genlari bilan belgilaymiz. Ikki juft birikkan belgilari bilan farqlanuvchi - kulrang tanali, qisqa qanotli va qora tanali, uzun qanotli pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, birinchi avlodda olingan pashshalar fenotip bo‘yicha kulrang tanali, uzun qanotli bo‘lganlar. Agarda F1 da olingan digeterozigotali duragay erkak pashshlar har ikki gen bo‘yicha resetssiv gomozigotali urg‘ochi pashshalar bilan qayta ♀ x ♂ chatishtirilganda, F2 da 1:1 nisbatda kulrang tanali, qisqa qanotli va qora tanali, uzun qanotli pashshalar olingan F2 : (1-rasm). Bu xildagi ajralishda mazkur diduragay erkak pashsha to‘rt xil emas, balki ikki tipdagi va gametalarni hosil qiladi. Mazkur ajralishdan kelib chiqib, erkak pashshada gomologik xromosomalarning ayrim qismlari bilan krossingover sodir bo'lmagan deb taxmin qilishga imkon beradi. Keyinchalik, drozofila pashshalarining erkaklarida autosoma hamda jinsiy xromosomalarida krossingover haqiqatda kuzatilmagan. Shu sababli yuqoridagi tahliliy chatishtirishda avlodlarda har ikki ota-onadagi boshlang‘ich belgilar kombinatsiyasi qayta tiklanadi: kulrang tanali, qisqa qanotli va qora tanali, uzun qanotli pashshalar. Ular jinslaridan qat`iy nazar miqdoriy jihatdan 1:1 nisbatni beradi. Bu yerda biz autosoma bir juft gomologik xromosomalarda joylashgan genlarning to‘liq birikkanlik holatini kuzatdik. 1-rasm. Drozofillada belgilarning to`liq birikkan holda irsiylanishi. a-krossingover kuzatilmagan holat (F1ning geterozigotali erkak pashshasi); Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling