Mundarija Kirish 3


Download 1.2 Mb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1536744
  1   2   3   4   5   6   7   8




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI







ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

NEFT VA GAZ KONLARINI ISHGA TUSHIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH YO’NALISHI “KONDA NEFT GAZ VA SUVNI YIG’ISH TAYYORLASH VA TASHISH” FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU: TABIIY GAZNI YIG’ISH TIZIMLARI.


BAJARDI: BERKINOV SHAXZOD ILMIY RAHBARI: TOPSHIRILGAN SANASI: HIMOYA QILINGAN SANASI: BAHO:

Mundarija

  1. Kirish 3

  2. Gaz va kondensatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati 5


  3. Konda gazni yig’ish va uning ahamiyat 7
  4. Tabiiy gazlarni yig’ish konlar misolida 9

  5. Neftni ishlatish ob’ektida quduqlarning joylashishi 10

  6. Quduq mahsulotini (neft, gaz va suvni) o‘lchash. Quduq mahsulotini o‘lchashning an’anaviy usullari 12

  7. Xulosa… 14

  8. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati… 15


KIRISH
Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan. О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar
о‘tkazgan. Vatanimiz O’zbekiston mustaqillikga erishgach neft va gaz sanoatida qator o’zgarishlar va islohatlar o’tkazildi. Ammo ungacha ham mamalakatimiz o’zining neft va gaz sanoatiga ega bo’lgan. Xususan O’zbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1906-yili olina boshladi. Demak neft sanoati tarixi vatanimizda II jahon urishidan oldin yuzaga kelganini anglashimiz mumkin. U vaqtda tabiiy gazning chiqadigan miqdori juda ham oz bo’lgan (yiliga tahminan 0.7-3 mln 𝑚3).

Yuqorida aytib o’tganimizdek, O'zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1906-yilda boshlangan. Ammo ungacha bo’lib o’tgan ishlar 1900-yilda Farg'ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904-yilda boshlangan bo‘lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otilib chiqqan neft olindi. Bu voqealar albatta diqqatga sazovor. 1906-yilda Farg'ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft ot arava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr tomonidan aniqlandi. Bu neftdan olingan asosiy mahsulot esa yoritish kerosini va isitish manbai bo’lib qolaverdi xalos.


So’ngra zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916-yillarda O'rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo'lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo‘l orqali qadoqlangan shaklda Afg'oniston va Xitoyga eksport qilingan. 1907- yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta
qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimyon konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo'lgan to'rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940-yilda zavod o'z laboratoriyasiga ega bo'lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o'sganida yillik quvvati 176 000 tonnaga yetdi. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan,
turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asr 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan. 1972-yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980-yilda Sho'rtandagi zavod ishga tushurilgan.
Shu tariqa kun sayin rivoj topib Neft va gaz sanoati o’zining bugungi qiyofasini yaratib oldi. Hozirda vatanimiz neft qazib olish, qayta ishlash, eksporti bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi va oz fursatda mamlakatimizdagi neft va gaz tarifi sezilarli darajada o’z rivojini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi


(Tabiiy gaz va neft konlari avval va hozirda)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
“Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi.
Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.
Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga koʻp tabiiy gaz va 1,6
barobarga koʻp suyultirilgan gaz yetkazib berildi.Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda.
Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030 yilgacha geologiya- qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan…”. -deya qayd etadi O’zbekiston Respublikasi amaldagi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

(Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilishidagi nutqidan).





Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling