Mundarija: Kirish. Asosiy qism


Download 87.15 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi87.15 Kb.
#999233
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Din psixologiyasida teologik va psixologik qarashlar.


Mundarija:


Kirish.


Asosiy qism.

1. Din psixologiyasining ilohiyotchi, faylasuf va psixologlar tomonidan o’rganilishi.


2. Din psixologiyasiga oid muammolarning tasavvufda o’rganilishi.
3. Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-psixologik tasavvuf tariqatlarining o’rni: Kubroviya, Naqshbandiya, Yassaviya va Qodiriya.
4. Qalb tushunchasining tasavvuf ta’limotida talqin etilishi.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kirish


Sobiq Ittifoqda chop etilgan din psixologiyasiga oid aksariyat kitoblar materialistik pozitsiya va kommunistik mafkura ta’sirida yozilgan. Shuning uchun bu kitoblarni mutoala qilganda, ob’ektiv yondashuv kerak bo’ladi. Ularning mazmunida ateistik nazariya mantiqi hukmronlik qilsa- da, «ratsional mag’iz» ham mavjud. Ateistik adabiyot mualliflari o’zlari bilibmi, bilmasdan dinning insonlar ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishini qayd etishga majbur bo’lganlar. Bu adabiyotlar bilan tanishayotganda ana shu magizni topib olish lozimdir. XIX asr oxiri XX asr boshlarida chet el psixologlari insonlarda maxsus «tugma diniy tuygu» (instinkt) mavjud bo’ladi, degan fikr bildirishgan. Masalan, amerikalik psixolog J.Kou(1861-1951) insonda xuddi «Nael qoldirish instinkti» kabi «diniy instinkt» ham bo’ladi, deb yozadi. Amerikalik dinshunos olim R.V.Berxou fikricha, diniy ramz (simvol)larda maxsus genetik, ya’ni bioximiyaviy asos bo’lib, u insonlar miyasida o’rnashgan va inson ong-shuurisiz, ya’ni ongga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. Pravoslav faylasufi V.Zenkovskiy «Xudoni bilish, ruhning ijodi emas, aksincha, bu ruhga eng avvaldan berilgan ava uning doimiy mulki bo’lib, ruhning tabiati bilan bevosita boglangan», deb yozadi1. Pravoslav ilohiyotchisi Aleksandr Men(Rossiya,1990yil)ning fikricha, dinni ikki olam, ya’ni ilohiy va maxluqot olaminm boglab turuvchi ko’prikdmr. Yana bir ilohiyotchi faylasuf S.L.Frank «Haqiqiy va dastlabki reallikni biz tashqaridan ko’rib bilmaymiz, balki ichki tuyg’ularimiz, “Men”imiz orqali sezamiz va tuyamiz. Bizning «Men»imiz esa, cheklanganligini, lekin uni o’z ildizlari bilan absolyut borliq, ya’ni xudo bilan bog’lanib ketganligini sezib turamiz», deb yozadi1. Islomda ham tunga yaqin bo’lgan qarashlar bor. Ya’ni barcha insonlar pok e’tiqod ruhi bilan tug’ilgan. Bu ruh doimo o’z yaratuvchisi, Rabbisiga talpinib yashaydi. Dinidan qat’i nazar barcha inson bolalari islom fitratida tugiladi, deyilgan. Shundan ko’rinadiki, Allohni tanish, diniy e’tiqod inson ruhida, tabiatida mavjud. Ta’lim-tarbiya, jamiyatdagi ijtimoiy, mafkuraviy ta’sir natijasida insonlarda bu tug’ma tuyg’ular so’ndirilishi, o’zgartirilishi yoki rivojlantirilishi mumkin. Lekin nima uchun ijtimoiy, iqtisodiy ta’sirlar bir xil bo’lgan holda, uning natijasi har xil? Hatto, bir oilada tarbiyalanayotgan, bir xil munosabatlar mavjud bo’lgan sharoitda ham, farzandlarning axloqiy-ma’naviy xulqida, e’tiqodi, bilimlarida tafovut bo’ladi? Bunday savollarning tugilishi tabiiy. Inson bolasi ma’lum bir jamiyatda, odamlar guruhida yashash jarayonida shaxy bo’lib shakllanadi. Jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy normalarni o’zlashtirib, ular asosida ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, individning shaxega aylanganligini ko’rsatadi. Shu sababdan turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy tuzimlarda yashagan odamlar ruhiy xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Lekin bir jamiyatda yashayotgan, bir xil ijtimoiy, iqtisodiy muhit ta’sirida bo’lgan odamlar ham aynan bir-birini takrorlamaydi. Chunki har bir inson bolasi ruhiy, jismoniy, aqliy xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlari bilan ham individuallikka (o’ziga xoslik va betakrorlikka) ega bo’lib tugiladi. Hatto, barmoq izlari ham milliard-milliard kishilarda bir-birini takrorlamas ekan. Shu boisdan ularning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy tajribalarni, axlok, normalari, ilmiy, diniy bilimlarni o’zlashtirishlari ham bir xil bo’la olmaydi. Shaxe tomonidan jamiyatdagi normalar, qadriyatlar passiv o’zlashtirilmasdan, balki qiziqish va qobiliyati, ehtiyoj va e’tiqodi, yoshi va jinsiga qarab tanlab o’zlashtiriladi va unga munosabat bildiriladi. To’g’ri, bolalik davrida tanlovchanlik xususiyati uning yoshi va bilimi, tajriba va aqliy imkoniyatiga bog’liq ravishda cheklangan bo’ladi. Yosh o’sgan, bilim va tajribalar ortgan sari, shaxeda ma’lum dunyoqarash, e’tiqodlarning vulsudga kelishi bilan ijtimoiy narsa va hodisalarga faol munosabat ortib boradi. Bu ayniqsa, shaxening etuklik davrida kuchayadi. Shaxe ijtimoiy tajribani faqat o’zlashtirib qolmasdan, o’zi ham faoliyatining turli sohalarida shu tajribani yaratadi, ijod qiladi. Dinga tanqidiy nazar bilan qaraydigan materialistlar diniy e’tiqod vujudga kelishini bevosita ijtimoiy hodisalar, ya’ni odamlarning yashash muhiti va tabiatdagi hodisalar bilan bog’lab tushuntirdilar. Masalan, antik davr materialistlari Demokrit, Lukretsiylar e’tiqod bilan insonning ruhiy holati va kechinmalari o’rtasida bogliqlik bo’ladi, deb ko’rsatishadi.



Download 87.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling