Mundarija: kirish I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi
Download 0.67 Mb.
|
Padarkush
MUNDARIJA: KIRISH I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi 1.1 Behbudiyning hayoti va ijodi 1.2 Behbudiy va o`zbek dramaturgiyasi II bob. Behbudiyning “Padarkush” dramasida marifatparvarlik motivlari. 2.1 Oʻzbek adabiyotida ota va farzand masalasi 2.2 XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng koʻplab sohalar qatori adabiyotshunoslik sohasida ham jiddiy islohot va oʻzgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov ma’naviyat haqida fikr bildirar ekan, shunday deydi: ,,Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulgʻayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat qildigan, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uygʻotadigan beqiyos kuchdir.” Xuddi shunday ta’rifni adabiyotga nisbatan ham ishlatish mumkin. Badiiy adabiyot xalqning ma’naviyatini va madaniyatini koʻrsatib beruvchi asosiy vositadir. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi zamonda adabiyotimiz tobora yangi bosqichga, baland pogʻonalarga koʻtarilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bejizga: ,,Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’timiz ham albatta boʻladi” – deb ta’kidlamagan. Bu orqali yurtboshimiz adabiyotimizning yanada yuksalayotganiga, yanada ravnaq topishiga ishonch bildirgan. Hech bir millat adabiyoti boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqadorliksiz rivojlana olmaydi. Sobiq SSSR davridayoq mamlakatimiz aholisi bir qator adib va tarjimonlarimizning sa’y-harakatlari evaziga jahon adabiyotining eng sara asarlarini oʻz ona tilimizda oʻqish imkoniyatiga ega boʻla boshlagan edi. Ayniqsa rus va Gʻarb adabiyoti ta’sirida xalqimiz ongi va tafakkurida, qolaversa adabiyot va san’atda yangiliklar va sezilarli oʻsish kuzatildi. Biz bu haqiqatni e’tirof etishimiz kerak. Biroq bu jarayon faqat kommunistik mafkura doirasidagina amalga oshirilgan. Oʻzbek tiliga tarjima qilingan sara asarlar ham, oʻzbek adabiyotida paydo boʻlayotgan yangicha mavzudagi, yangicha janrdagi, eskicha an‘anaviylik va bir xillikdan holi boʻlgan asarlar ham hukmron mafkura nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Kommunistik mafkura gʻoyalariga mos kelmagan asarlarning nashr etilishi jiddiy ta’qib ostiga olindi. Bunga misol qilib oʻzimizning koʻplab buyuk yozuvchi va shoirlarimiz taqdirini olaylik. Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Shuhrat, Shukrullo, Said Ahmad kabi oʻzbek adabiyotining yirik vakillarining qatagʻon qilinganligi fikrimizning yorqin isbotidir. Istiqlol yillarida ham adabiyotga jiddiy e’tibor berilib, ijodiy muhitning kengayishi va erkinlashishi uchun sharoit yaratildi. Natijada, oʻzbek adabiyotida jahon tajribalaridan foydalanilgan holda yangicha ruhdagi, xilma-xil mavzu va gʻoyalarni oʻzida aks ettirgan asarlar yaratila boshlandi. Adabiyot ustidan yagona mafkura hukmronligi olib tashlandi. Jahon adabiyotining qator namoyondalarining ajoyib asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, xalqimiz ma’naviyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Gʻarb va Sharq madaniyatlari oʻrtasida anchagina tafovutlar mavjud boʻlib, bu jarayon badiiy adabiyotda ham kuzatiladi. Biroq, har qanday chinakam badiiy asarlar faqat ezgulikka xizmat qilishi, ulardan bosh maqsad insonni tushunish va tahlil etish, inson qalbini tozalash hamda unda goʻzallikka nisbatan muhabbat tuygʻusini shakllantirish ekanligini qayd etish joiz. Shu boisdan ham asl adabiyot millat va mentalitet tanlamaydi, ularni adabiyotga bee’tibor boʻlmagan har qanday inson oʻqib, bahra oladi. Biz oʻzbek va jahon adabiyotining bir qator mashhur adiblarining asarlarini oʻqib chiqish jarayonida yuqorigidagidek xulosaga keldik. Bizga ma’lumki, badiiy adabiyot san’atning bir turi sifatida doimo insoniyat uchun xizmat qiladi. U insoniyat hayoti bilan uzviy aloqada. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, odamzod paydo boʻlib, ilk oila vujudga kelgandan buyon otalar va bolalar munosabati shakllana boshlagan. Otalar va bolalar muammosi hamisha dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda ham bu muammo dolzarbligini yoʻqotmagan. “Asrlar davomida bashariyat hamisha axloqiy barkamollik sari intilib keladi. Insonning amaliy faoliyatida ma’naviy-axloqiy muammolar turli koʻrinishlarda mavjud boʻladi. Yoshlar bilan kattalarning dunyoqarashi har doim ham bir xil boʻlavermaydi. Hamisha bu dunyoqarashlar oʻrtasida ziddiyat boʻlib turadi. Jamiyat va taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri otalar va bolalar munosabati hisoblanadi”.3 Hayotda roʻy bergan va roʻy beradigan otalar va bolalar oʻrtasidagi azaliy muammo badiy adabiyotda aks etmasligi mumkin emasdi. Sharq adabiyotida bu mavzuga alohida urgʻu beriladi. Bizga ma’lumki, sharq mintalitetida oilaga boʻlgan qarash alohida ahamiyat kasb etadi. Oilaning muqaddasligi, ota-onaga boʻlgan hurmat, farzand tarbiyasiga e’tibor Islom dinida ham oʻz aksini topgan. Ammo otalar va bolalar oʻrtasidagi zidiyatlar, oʻz ota-onasining oʻlimiga sababchi boʻlgan farzandlar va oʻz jigarbandini oʻldirganlar haqida uzoq oʻtmish va yaqin tarix guvohlik beradi. Islom dini va sharq mintaliteti negizida shakllangan oʻzbek adabiyotida shu mavzuga oid koʻplab asarlar yaratilgan. Gʻarb adabiyotida ham otalar va bolalar munosabati oʻzgacha koʻrinish kasb etadi. Otalar va bolalar oʻrtasidagi ziddiyatlar, oʻz otasining qotiliga aylangan padarkush hamda oʻz farzandining umriga zomin boʻlib farzandkushga aylangan insonlar taqdiri adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Biz ushbu bitiruv-malakaviy ishimizda aynan shu muammoning kelib chiqish sabablari, zamon va makon ta’siri til, madaniyat jihatdan bir-biridan ancha uzoq boʻlgan jahon va oʻzbek adabiyotidagi ushbu masala aks etgan asarlar tahlili asosida yoritib berishga urindik. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling