Mundarija kirish. I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash


Download 105.45 Kb.
bet1/4
Sana20.10.2023
Hajmi105.45 Kb.
#1713082
  1   2   3   4
Bog'liq
4 5870873767080628629



MUNDARIJA
KIRISH .
I Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash.
1.1.Inavatsion talim texnologiyalarin haqida.
1.2.Maktabgacha ta‘lim mazmunida vosita va usul tanlashda texnologiyalarning ro’li.
II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsion texnoligiyalardan foydalanish usullari.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va rivojlantirishning innovatsion pedagogik tizimlari va texnologik usullar.
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsion texnoligiyalardan foydalanishda TRIZ usulining ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi deb ko‘rsatib o‘tilgan, Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan 3-modda 5 bandida.Yosh avlodni har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogikva psixologik ta’sir ko‘rsatishdir.
Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bo‘lib, u yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro‘y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, bola salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib o`qitish va bilim o`zlashtirishining barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodlarini o`z ichiga oladi.1
Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatishi va aks ta’sir maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirishga imkon yaratadi.Tarbiyachi didaktik jarayonni amalga oshirishda o`rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishini nazarda tutadi.
Ta’kidlash joizki, davlat ta’lim standartlari bo`yicha bolalar bog`chasida innovatsion texnologiyalar nafaqat ta’lim muhiti bilan chegaralanmaydi, balki boshqaruv sohasida sifat jihatidan yangi yechimlar, xodimlar faoliyati tartibli joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. 2



Download 105.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling