O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR” kafedrasi
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: «Zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy istiqbollari»
Bajardi: ________ guruh _____________________
Tekshirdi: ___________________________________
FARG‘ONA – 2023
Mavzu: «Zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy istiqbollari»
Reja:
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi zargarlik sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 2023 yil 1 martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
Belgilansinki:
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatgan holda murojaat qiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovni kafolatlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda “O‘zmilliybank” AJ kafolatini taqdim etadi;
“O‘zmilliybank” AJ tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi;
sotiladigan qimmatbaho metall bo‘yicha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |