Mustaqil ishi korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti


Download 42.57 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1185897
Bog'liq
menejment OLTINOY




MUSTAQIL ISHI

KORXONALAR IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI


GURUH;

BAJARDI;

TEKSHIRDI;

MAVZU; ----------------------------------------------------------------------------------------

2022-2023
SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI


REJA

1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ahamiyati


2. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari
3. Fan va texnika taraqqiyootining iqtisodiy samardorligini aniqlash
4. O’zbekistonda fan va texnika taraqqiyti yutuqlaridan foydalanishni baxolash.


Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan.
16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan-texnika taraqqiyotit., shuningdek, ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, va ma’rifiy isloxotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, bu jarayonlarning negizida fan va texnika taraqqiyotining ahamiyati sezilarlidir.
Bizning davrimizda ilmiy va texnik taraqqiyot global ahamiyatga ega bo’lgan omilga aylandi. Ilmiy texnik taraqqiyot ko’p jixatdan mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyoti o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy ravishda o’zgartiradigan ishlab chiqarish aparatlarida, ishlab chiqarishda, aholininig ite’molida keng miqiyosda axamyatlidir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, har qanday mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ilmiy-texnik tadqiqotlar yangi bosqichi sharoitida, mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan moslashtirish sharoitida ilmiy va texnalogik potensial, to’plangan sanoat va ilmiy salohiyatga asoslangan rivojlanish, o’zini o’zi rivojlantirish tendensiyasi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sanoatda fan-texnik taraqqiyotning bevosita natijasi yangiliklardir. Bu ilmiy bilimlar, amalga oshiriladigan muhandistlik va texnalogiyadagi o’zgarishlar, murakkab jarayonlarni puxtaligini ta’minlash va yuqori texnalogiyali mahsulotni yaratish, sotish bozorini yaratish, marketing, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muammolarni hal qilishga qodir. Bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat ilmiy va texnalogik taraqqiyotning yutuqlarini iqtisodiy jixatdan samarali amalga oshirmasdan turib, aholi daromadlari va iste’mol muammolarini hal eta olmaydi. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyati tabiiy va mehnat resurslari bilan bir qatorda har qanday zamonaviy mamlkat milliy iqtisodiyoti samaradorligining asosini tashkil etadi.
Yurtimiz bugungi kunda rivojlanishning tez su’ratli yo’lida bormoqda, bunda O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi “Harakatlar strotegiyasi” Respublikaning oldiga qo’ygan maqsadini ifodalovchi yo’l xaritasi xisoblanadi va unda belgilab berilgan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish kabi yo’nalishlar belgilangan (1). Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish masalasiga aloxida yondoshilgan. Shu kabi masalalarni ijobiy xal qilish xamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innavatsion siyosatni izchillik bilan davom ettirishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlarda 2020-yil “Ilm ma’rifat varaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Albatta innovatsiyani joriy qilish fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langan. Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi. Ayrim sanoat tarmoqlarining o`ziga xos iqtisodiy xususiyatlari ishlab chiqarishni joylashtirishga aloqadordir. Shuning uchun ayrim tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
Elektr stansiyalarini joylashtirishda mineral yoqilg`ilarni tashish mumkin bo`lgan holda, suv resurslarini ko`cherish mumkin emasligini hisobga olinadi. Qora metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirishda uning xomashyo bozasi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi, korxona turi, tarmoqning suvga talabi hamda yirik metallurgiya kombinatlarining boshqa tarmoqlar joylashishini va yirik shaharlar paydo bo`lishini e’tiborga olish zarur. Kimyo sanoatining turli tarmoqlari joylashtirishda zamonaviy kimyo texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari, ya’ni kimyo sanoatiga tegishli xomashyo ko`pligi, energetika resurslari hamda ko`p tarmoqlarning chiqindilarini majmuali tarzda qayta ishlash, bir turdagi xomashyodan turli va bir turdagi mahsulotlarni har xilxonashyodan olish, sintetik materiallarni barcha iqtisodiy hududlarda ishlab chiqarish mumkinligi hisobga olinadi. Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlari, tarmoqning metallga bo`lgan talabi, ularning tashish masalalari, ayrim iqtisodiy rayonlar sanoatining ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlarning industrial rivojlanish darajasi, mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish, mashinasozlik sanoati mahsulotlariga barcha hududlarda talabning doimiyligini e’tiborga olish zarur. Yengil sanoat, oziq-ovqat sanoatining ko`pgina tarmoqlari mamlakatning barcha iqtisodiy rayonlari, bir qator tarmoqlar esa muayyan hududlarda joylashadi. Bular-tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qandolat, un- yorma, makaron mahsulotlaridir. Non va alkogolsiz ichimliklar sanoati esa har bir aholi punktida joylashtirilishi kerak. Yuqorida ko`rsatilgan tarmoqlar va to`qimachlik sanoati is’temol bozori doirasi keng hududlarda joylashadi. Bunga sabab xomashyoni tayyor mahsulotga nisbatan tashish osonroq, tayyor mahsulotga assotimenti is’temol qiluvchi ma’lum hudud aholisining jinsiy va yosh jihatdan tarkibiga, milliy mentalitetiga bog`liq bo`lishidir. Xomashyo bazasiga yaqin joyda esa shakar, yog`-moy, konserva, spirt, vinochilik, paxta tozalash va shu kabi tarmoqlar joylashadi. Shunday qilib, korxonalarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslash paytida har bir tarmoqning o`ziga xos xususiyatlarini tog`ri hisobga olish, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy tamoillariga tayanish butun sanoatni joylashtirishning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Natijada ijtimoiy mehnat unumdorligi oshadi bu esa, milliy iqtisodiyotning rivojiga katta ta’sir ko`rsatadi. Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan korxona hajmi va ixtisoslashishini, ularning ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat geografik jihatdan to`g`ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir.
O`zbekiston Respublikasi qidirib topilgan 2 milliard tonna ko`mir zahiralariga ega. Ko`mir qazib olish va yetqazib berish ishlari bilan “Ko`mir” aksiyadorlik birlashmasi shug`ullanadi. Angren konida qo`ng`irk o`mir, Sharg`un va Boysun konlarida toshko`mir qazib olinadi. Ko`mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda o`zlashtirilayotir: ochiq usulda, yer osti va yer ostini gazlashtirish usuli bilan (Nou - Xou). Ko`mir energetika maqsadlarida va maishiy yo`qilg`I sifatida ishlatiladi. Ko`mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organic va mineral o`gitlarga aylantiriladi. O`zbekiston hududining geologic xususiyatlari qo`shimcha foydali qazilmalarni o`zlashtirish va ularni qayta ishlash uchun imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, yonuvchi slanes, ohak, berakli tosh konlarini o`zlashtirish ko`pchilikni qiziqtirdi. Keramzit, absorbent, o`g`it va g`isht ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli loylar tayyorlash mumkin. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish oddiy hisob-kitoblarga ko`ra, energetika, kimyo, metallurgiya sanoati, qurilish va qishloq xo`jaligi uchun yiliga 1 milliard 400 million AQSH dollari miqdorida tayyor mahsulot olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, Angren kaolinidan, Boysun ko`miri va ohagidan foydalanib turib loytabroq zavodlarini bunyod etish mumkin. Bu kabi qulay omillar va barqaror vaziyat xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o`rnatish imkoniyatini kengaytiradi. Metallurgiya sanoati. Hozirgi O`zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keying rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va qizdirib ishlash o`zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o`rta asrlarda Farg`onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, misgarlik, temirchilik, deguzlik, rixtagarlik rivojlangan. Ruh, surma, margumush, vismut, kobalt, kabi rangli metallar ma’lum bo`lmasada, ularning qotishmalaridan keng foydalangan. Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko`rsatadigan yagona korxona Bekobod shahridagi O`zbekiston metallurgiya zavodidir. Zavodda qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (po`lat va po`lat prokatlar) ishlab chiqariladi. Ular temir-tersak, metal chiqindilaridan olinadi. O`rta Osiyoning birinchi zamonaviymetallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yo`li bilan 1942 yilda boshlanadi va 1944 yilning 5 martida dastlabki metal eritmasi olinadi. Rangli metallurgiya-respublika metallurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O`zbekistonda XX asrning 25-yillaridan rivojlana boshladi. Asta-sekin rangli, nodir va qimmatbaho metal (mis, qo`g`oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi. Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o`zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini rivojlantirish mo`ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O`zqoloq qo`rg`oshin-ruh koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis, ruh, sulfat kislotasi va yo`ldosh elementlarni ishlab chiqarish ko`paytiriladi. O`zbekiston kombinatida yirik gobaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish mo`ljallanmoqda. Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O`zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxealogik topilmalardan ma’lum. Tug`ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o`zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo`y terisi qorejagan yog`och to`goralarda yuvib, ajralib olingan.
Respublika mustaqillikka erishishi bilan O`zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo`lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo`lida, rivojlanish bo`yicha bir qancha tashkiliy choralar ko`rdi. “O`zbekoltin” birlashmasi negizida O`zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar Davlat Qo`mitasi tashkil etidi (1992 yil). Bu qo`mita 1994 yil o`zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi (“O`zolmosoltin”) ga aylantirildi. “O`zolmosoltin” uyushmasi (Toshkent shahrida) va boshqaruvi Navoiy shahrida bo`lgan “Qizilqum-kamyobmetaloltin” koserni (1991) faoliyat ko`rsatmoqda. “O`zolmosoltin” uyushmasi tarkibida Angren, Marjonbuloq (Jizzax), Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmiton (Samarqand) oltin konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) va boshqa tashkilotlar bor.
Respublika mustaqillikka erishgunga qadar kimyo sanoati korxonalari ham bevosita sobiq ittifoq kimyo sanoati vazirligi tomonidan boshqarilgan. O`zbekistonda kimyo korxonalari negizida 1991 yilda davlat konserni tashkil etildi. 1994 yildan konsern “O`zkimyosanoat” uyushmasiga aylantirildi.
Uyushma tarkibida 22 ta ishlab chiqarish korxonasi va birlashma, 8 qo`shma, 3 ilmiy-tadqiqot, 1 loyiha institute, tashqi savdo firmasi va qator tashkilotlar bor.
Navoiy shahridagi “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi mamlakatimiz kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jamoatda 260 xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2000 yilda korxona 6300 tonna nitron tolasi, (tonna ammiak silitrasi ishlab chiqarish) 470 tonna metalon, 1000 tonna uksus kislotasi va 900 ming tonna ammiak silitrasi ishlab chiqargan. Korxona mahsulotlari 20 dan ortiq mamlakatlarga, jumladan, Bergriya, Pokiston, roq, Turkiya, Hindiston, Afg`oniston, Rossiya, Belorus, Qozog`iston va Turkmanistonga jo`natilmoqda.
“Navoiyelektrkimyo” zavodi hissadorlik jamiyati mamalakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda “Bilan”, “Fazalon”, “Kotoran” qatoriga “Go`zal”, “Sipermatin”, “Ustine”, “Bug`dordir”, “Neoron”, “Danibol”, “Sumnalfs” singari chet el preparatlaridan qolishmaydigan o`ndan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan.
Mashinasozlik sanoati – xalq xo`jaligi uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-
maishiy molar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og`ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Mashinasozlik sanoat butun xalq xo`jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy-madaniy faravonligi va mamlakat quvvati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog`liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo`l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarakterini o`zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsuloti sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko`tarishga imkoniyat yaratadi. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi milliy iqtisodning barcha sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mehnat qurollari bilan ta’minlashdan iborat. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 15 tarmog`I mavjud bo`lib, ular tasarrufida 100 dan ortiq yirik korxonalar faoliyat ko`rsatdi.
Avtomobil sanoati-mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, uning korxonalarida (tarmoqlar) avtomobillar, tirkama (prisep) va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, motosikllar, motorollerlar, mopedlar, velosiped ishlab chiqarish korxonalari ham avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Qishloq xo`jaligi mashinasozligi 1931 yil “Toshqishloqmash” zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod paxtachilik uchun
xilma-xil texnikalar ishlab chiqara boshladi. Hozirgi paytda bu tarmoq korxonalari qishloq xo`jaligi uchun mashinalar tizimiga tegishli barcha mashina-mexanizmlarni yetarli darajada ishlab chiqarmoqda.
Paxta tozalash sanoati mashinasozligi “O`zbekpaxtamash” Birlashmasida jamlangan. Uning tarkibida Toshkent mashinasozlik zavodi (Bosh korxona) Andijon “Tojmetall” zavodi va Kattaqo`rg`on “Paxtamash”, Chustdagi “Olmospaxtamash” zavodlari, Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstruktorlik byurolari bor. Bu sohaning asosiy mahsulotlari-paxta tozalash punktlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar, arrali va javali (valikli) paxta tolasi ajratish (jun) mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, garam buzgichlar, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta garamlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalar- jami 50 xildan ortiq mahsulot turlarini o`z ichiga oladi.
Qurilish materillari sanoati. Respublika qurilish materillari ishlab chiqaradigan ko`p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materillar, yumshoq yopqish va gidroizolyatsiya materillari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog`lovchi materillari va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlari, temirbeton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud.
O`zbekistonda tabiiy xomashyodan qurilish materillari sifatida foydalanish tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g`isht, guvala, yog`och sinch, oddiy tuproq (-loy) dan
tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo`lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g`isht, spool, chinni koshin ganch yo`nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo`llanilgan.
Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2000 yilda 3,3 mln.tonna sement, 235 mln. shartli taxta asbest-sement shiferlari, 1,7 mln.mderaza oynalari, 1,2 mln.mlenolium ishlab chiqarildi.
Yengil sanoat. Hozirgi davrda O`zbekiston yengil sanoat ko`p tarmoqli industrial kompleks bo`lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari, to`qimachilik, trikotaj, shoyi to`qish, tikuvchilik, konpoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 142 ta yirik va o`rta korxonalar bor. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 20,5 % ni tashkil etadi. Bu tarmoqda 200 mingdan ortiq xodim ish bilan band. Yengil sanoat tarmog`ining eng muhim sohasidan biri bo`lgan paxta sanoati korxonalarida har yili 1,2 mln. tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 22,5 ming tonna chigit, 200 ming tonna urug`lik chigit tayyorlanadi. To`qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip gazlamalar ishlab chiqaradigan yangi qo`shma korxonalar tashkil etilmaoqda. Tikuvchilik korxonalarida 36 kompleks mexanizatsiyalashgan liniya va potoklar joriy etilgan.
XX asr boshlarida O`zbekistonda yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, yapli sanoat mahsulotining qariyib beshdan to`rt qismi shu sohaga to`g`ri kelgan. 1920 yillardan paxta
tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to`quv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi. 2000 yilda respublika yengil sanoati tarmoqlarida 474,4 mln.mgazlama, shu jumladan, 424,9 mln.mip gazlama ishlab chiqarilgan.
Oziq ovqat sanoati. O`zbekiston Respublikasi xalq xo`jaligida oziq- ovqat sanoati eng muhim mavqeini egallaydi. Sanoatning bu tarmog`i asosan xomashyoni qayta ishlashga asoslangan. Respublika umumiy sanoati mahsuloti hajmida oziq-ovqat sanoatining ulushi 1994 yilda 9,7 1995 yilda 9,8 va 1998 yilda 12,43 2002 yilda kelib esa 13,3 ni tashkil etgan. Oziq-ovqat sanoati tarmog`ida go`sht-sut, yog`-moy baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, piva, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko`plab sanoat korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.
Respublika mustaqilikka erishgandan so`ng oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Ko`pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, ilgari ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib, “Oziqovqatsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni, “Oziqovqatsanoat-xolding” kompaniyasi “O`zgo`shsanoat” davlat-aksiyadorlik uyushmasi, “O`zdonmahsulot”, “O`zbaliq” davlat- aksiyadorlik korparatsiyalari tashkil etildi.
Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog`I hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining turmush-darajasini oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir.O`zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo`lni bosib o`tgan va istiqlol yillarida, XXX asrning oxirgi 10 yilida tubdan
o`zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. 80- yillarning o`ztalaridan boshlangan sanoat inqirozi tugatilib, 1995 yildan boshlab uning o`sishi surati kuchaya boshladi. 2001 yildagi o`sish 1991 yildagiga nisbatan 300 foizni tashkil etadi.
Sanoatning eng muhim sohasi og`ir sanoat bo`lib, u boshqa tarmoqlarga nisbatan juda tez o`smoqda. Ayniqsa, uning yoqilg`i- energetika, mashinasozlik, metallurgiya va qurilish materillari tarmoqlari rivojlandi.
O`zbekiston sanoati fan-texnika taraqqiyoti boshqaruvi va tashkil etilishining takomillashuvi, kadrlar salohiyatining yuqori darajaga ko`tarilishi hamda xorijiy investisiyalarning ko`plab jalb etilishi tufayli izchil rivojlana boshladi. Mustaqillik yillarida uning tarmoq strukturasi tubdan o`zgardi va natijada yangidan-yangi tarmoqlar yuzaga keldi.

Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.


Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Bugungi kunda fan va texnika taraqiyoti natijasida 2019-yil Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o`sish sur`ati, o`tgan yilga nisbatan 108%ni,
qazib oluvchi sanoat 115,8%, qayta ishlovchi sanoat 108,3%ni shu jumladan sanoat maxsuloti xajmi 148816,0 mlrd. so’mni tashkil etmoqda(2).
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Fan va texnika tarqqiyoti sanoat iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan tarmoqlarini aniqlash. fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash, fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quydagi vazifalar belgilab olinadi:
• ilmiy-texnik taraqqiyoti va uning mohiyatini aniqlash;
• fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy tizim tomondan takror ishlab chiqarish muammolarini ko’rib chiqish;
• ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy xususiyatlarini taxlil qilish;
• fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash;
• fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash;
• yurtimizdagi siyosatning fan-texnika va sanoat ishlab chiqarish korxonalariga ta’sirini ko’rib chiqish.
Kurs ishining qisqacha talqini: Ushbu kurs ishi Kirish, Asosiy qisim, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatindan iborat.
1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ahamiyati
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyot asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak(3).
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi. Ana shu rag‘batlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. BirinchiPrezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-iyuldagi “Ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastlabki asosiy hujjatlardir. Davlatimiz rahbarining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ilm-fanini boshqarish va moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa’y-harakatlarini ustuvor sohalarga yo‘naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi.
Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tishni o‘rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”.
Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetmoqlari muhim omildir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz” Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
Fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati shundaki, XXI-asrda qo`llaniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo`lmasin,ularga kompyuter elementlari kiritiladi.Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil qiladi. Ular qanday ishni bajarishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti mavjud texnikani takomillashtirishni, yangi, ancha samarali texnikani, texnologiyani, xom-ashyoni, materiallarni yaratish va joriy qilishni, shuningdek, mehnatni va ishlab chiqarish va tashkil qilishni yaxshilashni o’z ichiga oladi. Chunki hozirgi zamon texnikasi: Birinchidan, xuddi mana shu texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, mahsulot birligiga mehnat sarfi kamayishi va uning ishlab chiqarishda band bo’lgan har bir kishi hisobiga ishlab chiqarilishi ko’payishining bosh omili xizmatini o’taydi. Yangi texnika va texnologiya mehnatni va ishlab chiqarishni ilg’or tashkil qilish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa butun jamiyatning va har bir kishining ortib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish imkonini beradi;
Ikkinchidan, texnika taraqqiyoti uskuna va moddiy resurslardan ancha samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Yangi mashinalar ancha unumdorgina emas, balki ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson hamdir. Texnika taraqqiyoti, ayniqsa texnologiyasi takomillashtirish mahsulot birligiga sarflanadigan xom ashyo va materiallar miqdorini qisqartiradi, shuningdek, ancha arzon xom ashyodan foydalanish imkonini beradi. Bu esa mahsulot sermehnatligini kamaytirish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishiga, korxona va davlat daromadlari ortishiga sharoit yaratadi; Uchinchidan, texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori unumdor texnika, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida eng ko’p samara beradi; To’rtinchidan, texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini tobora o’zgartirib, uni yengillashtiradi. Texnika taraqqiyoti asosida malakasiz qo’l mehnati ixtisoslangan mehnat tomonidan tobora ko’proq siqib chiqariladi. Hozirgi zamon ishchisi o’ta murakkab texnikaning nozik jihatlarini bilib olgan bo’lishi, uni tez o’zlashtirib olishi va undagi mavjud barcha imkoniyatlardan mehnat unumdorligini oshirishda foydalanishi kerak. Undan o’z profissional, texnikaviy va iqtisodiy bilimlarini, umumiy madaniy darajasini doimo oshirib borish talab qilinadi.
Texnalogiyalarni joriy qilish Mehnatni unumli tashkil qilish Ilg’or texnalogiya Fan-texnika taraqqiyoti Sifatli xomashiyo yaratish Mehnat samaradorligini oshirish Ko’proq maxsulot yaratish Endi yangi texnika va texnologiyani joriy etish haqida fikr yuritamiz. Ishlab chiqarishdagi texnika taraqqiyotining muhim yo’nalishi texnikani muntazam ravishda takomillashtirishdan. Eskirgan texnikani yangi birmuncha unumliroq va tejamliroq texnika bilan almashtirishdan iboratdir.Texnikani takomillashtirish mashinalar, agregatlar va mexanizmlar quvvatini orttirish, ularning ishlash tezligini oshirish, boshqarishda, odatda, ko’p jismoniy mehnat sarflanishini talab qiluvchi oddiy mashinalardan yarimavtomat va avtomat mashinalar va liniyalarga, kompleks-mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan sexlar va korxonalarga o’tish yo’li bilan bormoqda. Mashinalar va boshqa texnikaning mustahkamligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir. Texnika qanchalik mustahkam bo’lsa, ishchilarning bekor turishi shunchalik kam bo’ladi, uskuna remonti uchun shunchalik kam vaqt va mehnat talab qilinadi.Ishlabchiqarish texnologiyasi, ya’ni mahsulot tayyorlash va ishlarni bajarish usullari ham tez sur’atlar bilan o’zgarmoqda. Yuqoridagilarning hammasi iqtisodiy o’sish uchun omil bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda iqtisodiy o’sish deganda nimani tushunmoq kerakligi haqida bir oz fikr yuritaylik, iqtisodiy o’sish deganda ijtimoiy mahsulotni ma’lum vaqt davrida sifat va miqdor jihatidan takomillashuvi va o’sishi, buning natijasida, resurslar cheklanganligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar hal bo’lishi tushuniladi. Masalan: Hindistonda yalpi milliy mahsulot Shveysariyaga nisbatan 70% ga ko’p, ammo aholisining turmush darajasi Shvesariyaga nisbatan 60 martacha past (aholisining soni ko’p bo’lgani uchun). Bundan, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy qilishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyati nihoyatda katta ekanligini korish mumkin.
2. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:a) an’anaviy yo‘nalish; b) zamonaviy yo‘nalish; v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar. An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, kimyolash kiradi. Zamonaviy yo ‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish(robotlashtiris, kompyuterlashtirish),atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalami qo‘llash,119 undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni boMsa butunlay yo'qotish yo‘llari kiradi. Afzallik, ustuvor yo ‘nalishlarga quyidagilar kiradi: -elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to ‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar b o ‘yicha izlanishlarni kuchaytirish; - yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallam ing eng yangi turlarini yaratish; - mavjud mashina va mexanizmlami. asbob-uskuna hamda jihozlam i modemizatsiyalash. Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga turli atam alar va tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, «Nau-xau», innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injmering, tender, nanotexnologiya va h.k.lar, «Nou-xau» - bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi b o iib , almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau» tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro ‘y benshi mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni - bu, texnik bilimlarning yangiligida va aniq, ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydali ligi dadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (boiadigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o ‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik m a’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu m a’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. “Innovatsiya" - atamasi “yangilik kiritish” yoki “yangiliklar” tushunchalarining sinonimidir. Yangilikni joriy etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini 120 almashtirishni ta ’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan m ab lag lar b o ‘lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribasiga asoslangan yangi texnika va texnologiyalar. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yobnalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi. Lizing - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovariar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi mavjud. Moliyaviy lizing - muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital xarajatlarini to‘liq qoplashga yetarli to ‘lovlardan iborat bo ‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy lizing - ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman am о rti/ats i у a! an ad i. Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda, bir yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan so ‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymati b o ‘yicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga o ‘tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini cho‘zish; moddiy boyliklami lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar k o ‘zda tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida k o ‘rsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yo'q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablag'lardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.Venchur - kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy- muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan «Venchur korxonalar»i shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi b o ‘lgan kor¬xonalar ham b o ‘Iadi. Venchur korxonalar tcxnikaning yangi 121 yo‘nalishlarida ish ko ‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo ‘shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy m ablag1 to ‘plab, uni ishga soladilar.Injiniring (ixtirochilik), muhandislik maslahat xizmatlari - tijoratehilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta ’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish obyektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan maxsus ixtisoslashgan injiniring firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma sifatida bir vaqtning o ‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injininng firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g ‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklami xorijda joriy etadi. Injiniring kompaniyalari daromadi k o ‘rsatilgan injiniring xizmatiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro injiniring xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari ko‘rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. Injiniring mohiyati pullik, muayyan xizmatlarga buyurtmaning bir ko ‘rinishidir. Injiniring xizmatlari bozori - xalqaro bozoming bir turi, injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi- sotdi qilinishidir. Tenderlar - bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalami xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, in- jinering xizmati ko ‘rsatish uchun tanlov asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e ’lon qilib, hammani o ‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan konkursda ishtirok etuvchi
firmalar, konsortiumlar yoki korxonalar o ‘z takliflarini - tenderlarini xaridor, buyurtmachiga yuboradi. Tendemi injiniring firmalari hujjatlashtiradi. Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektr'lashtirish deganda elektr energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kcrakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini elektroenergetika tarm og‘i tashkil etadi. U elektr cnergiyasi122 ishlab chiqaradigan jihozlam i (elektrostansiyalami), iste’mol- chilarga uni yetkazib beruvchi jihozlam i (podstanstiyalami) va elektr uzatkichlami o ‘z ichiga oladi. Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi:• suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar); • issiqlik elektrostansiyalari (GRESlr); • atom elektrostansiyalari; • quyosh elektroslantiyalari; • shamol va boshqa elektrostansiyalar. Ekspertlaming dalolat berishlaricha, keyingi yuz yillikningo ‘rtalarida sayyoramizda energiya ishlab chiqarish hozirgi darajadan o ‘n baravar ortadi. Bunday o ‘sishni qayta tiklanmay- digan organik yoqilg‘i yordamida ta’minlash mumkin emas. Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshum ul muammolardan biriga aylamnoqda. Hozirgi vaqtda, jahon energetikasi asosan organik yoqilg‘idan foydalanishga asoslanadi. Umuman, energetika balansida neft va gazning ulushi taxminan 50 foizni, k o ‘mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 15 foizi atom elektrostansiyalari, gidroenergetika va boshqa manbalar ulushiga to ‘g ‘ri keladi. Biroq insonning energetika iste’moli shu qadar tez sur’atda o ‘smoqdaki, organik
yoqilg‘i kabi an’anaviy energetika resurslarining zaxiralari navbatdagi yuz yillikdayoq yetarli b o ‘lmay qoladi. Shu sababli insoniyat oldida yangi energiya manbalarini egallashdek dolzarb vazifa turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og‘ir elementlaming bo‘linishi) va yadro energetikasi (yengil yadrolam i termoyadroviy sintez qilish) ana shunday manbalar hisoblanadi. Yer sathiga yetib keladigan quyosh energiyasining umumiy miqdori insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun batamom yetarlidir. Buning yana bir afzalligi, ancha arzonga tushadi.Olimlaming hisoblariga qaraganda, XXI asrning o ‘rtalariga borib, butun dunyoda jon boshiga elektr iste’mol qilish 3-4 barobar ortadi. Buni qanday ta ’minlash mumkin? Organik123 yoqilg'ini ishlab chiqarishni kamaytirish kerakmi yoki yo‘qmi? Albatta, bu savolga javob topish kerak. Bu muammoni hal etish ohmlar va mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo ‘yadi. Atom energetikasining afzalliklari va kasofati to ‘g ‘risida ikki og'iz so‘z: AESlarning yemirilishi juda murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi. Avariya paytida radioaktiv moddalar ajralib chiqa boshlashi katta hududning radiaktiv zararlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, AESlarni barpo etish xavfsizlik bilan bog‘liq b o ‘lgan prinsipial yangi omilni keltirib chiqaradi. Bu omil naqadar jiddiy ekanligini esa Chem obil’ va Yaponivaning “Fukusima" AESlaridagi
avariya yaqqol k o ‘rsatdi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarishni elektrlashtirish borasida juda katta ishlar amalga oshirilishi tufayli yildan-yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'paymoqda. Agar 2012-yilda 53mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo4sa, 2019- yilda 69 mlrd. kVt/ soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling