Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. (1-qism) Reja
Download 60.98 Kb.
|
1-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy qadriyatlarning tiklanishi, din va davlat o`rtasidagi munosabatlar. Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. (1-qism) Reja: Tarixiy xotiraning tiklanishi va ma’naviy merosning tiklanishi. Milliy qadriyatlarning tiklanishi. Milliy urf-odatlar va an’analarning tiklanishi. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, din va davlat o`rtasidagi munosabatlar. Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. Bugungi kunda ma’naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, o‘zligini anglash, xususan kelajagimiz bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma’naviyatini yuksaltirishga erishish g‘oyat muhimdir. O‘zbek xalqining boy ma’naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda bu tarixni yoritmay turib, umuman mustaqillik davrining to‘la tarixini yaratib bo‘lmaydi. Shu borada «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘lgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 28-iyulda qabul qilingan (PQ-3160) «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarori bilan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi birlashtirilib, Resupblika ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi, uning dolzarb vazifalari belgilandi. Bu esa jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun dahldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi. Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov, Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar. 1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi. Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil «Amir Temur yili» deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda «Temur va temuriylar» muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-Jome’ as-Sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab, al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. 1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Respublika Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991- yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga etdi. Jami mustaqillik yillari Haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi. 2018-yilda Haj safariga boruvchilar 7 ming nafar kishini tashkil etmoqda, Umra safariga borishni istagan barcha fuqarolar uchun to‘la imkoniyat yaratildi Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri «Navro‘z» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. 1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 2018- yildan boshlab, bu bayramlar kunlari uch kun nishonlash imkoniyati yaratildi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000 ga hozir esa 5000 dan ortdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. 1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston evangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli isloxotlar negizida xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik davlatimiz siyosatining ustivor yunalishi xisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 138 ta milliy madaniy markazlarga birlashib O‘zbekiston umumiy uyimiz shiori ostida katta bir oilaning farzandlaridek yashamoqdalar. 2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tashkil etildi. Bu esa jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va bagrikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda yana bir qadam bo’ldi. Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Oxirgi yillarda madaniyat va san’at soxasida muayan ishlar amalga oshirildi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin. Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017- yil 15- fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4956-sonli farmoni, 2017- yil 24- maydagi «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2995-sonli qarori, 2017- yil 20- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3074-sonli qarori, 2017- yil 30- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda28 saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Ishoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 2017- yil 14 -apreldagi ―Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi «Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha etkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko‘zda tutmoqdamiz. Ya’ni O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart ekanligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan turli doiradagi yig‘ilish va anjumanlardagi nutq va ma’ruzalarida alohida ta’kidlab o‘tilmoqda. O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi, rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda Prezident qoshidagi «Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi» (hozirda Davlat boshqaruv akademiyasi), «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti», ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma»sida yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash «Ilhom» jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida «Do‘stlar klublari», Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni tashkil etilganligi, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‘istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‘ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etilganligi ta’kidlab o‘tilgan. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanganini, buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus maktablar tashkil etilganligi, bu ishlarimizning chuqur ilmiy va amaliy asoslarga egaligiga e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan yurtimiz zaminidan o‘rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar etishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. „Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish — bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“. I. A. Karimov. „O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura“. Asarlar, 1-jild, 202- bet. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, otabobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: • 1991-yil — Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; • 1992-yil — Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; • 1993-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; • 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; • 1996-yil — Amir Temur tavalludining 660 yilligi; • 1997-yil — Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; • 1998-yil — Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; • 1999-yil — „Alpomish“ dostonining 1000 yilligi; • 2000-yil — Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi; • 2000-yil — Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; • 2001-yil — „Avesto“ yaratilganligining 2700 yilligi. Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi. 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida „ Lison ut-tayr“, „ Sab’ayi sayyor“, „ Farhod va Shirin“, „ Layli va Majnun“, „ Hayrat-ul Abror“ asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991- yil 28- sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24- oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida „Ulug‘bek va temuriylar davri“ mavzusida Xalqaro konferensiya hamda „Ulug‘bek va an’anaviy san’at“ ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi. 1998- yil 23- oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Download 60.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling