Abu Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi va fiqh allomasi. Qaffol ash-Shoshiy O‘rta Osiyolik buyuk alloma Reja


Download 17.83 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2023
Hajmi17.83 Kb.
#1257745
  1   2
Bog'liq
Abu Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi va fiqh allomasi. Qaffol ash-Shoshiy O‘rta Osiyolik buyuk alloma


Abu Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi va fiqh allomasi. Qaffol ash-Shoshiy O‘rta Osiyolik buyuk alloma
Reja

  1. Moturidiyning sunniy e'tiqoti sofligi uchun olib borgan kurashi.

  2. Moturidiyning dastlabki bilimlarni urganishi.

  3. Moturidiyning ustozlari va shogirdlari.

  4. Moturidiy ilmiy merosining ahamiyati.

  5. Kaffol Shoshiyning dunyokarashini shakllanishi.

  6. Kaffol Shoshiyning fikxiy bilimlarni urganishi.



Abu Mansur al-Moturidiy (to‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy; 870-944) - buyuk imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-xudo", "Imom al-mutakallimon" ("Hidoyat yo‘li imomi", "mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulug‘langan. Samarqandning Moturid qishlog‘i (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqihlardan ta’lim oldi, keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Vasiyatiga ko‘ra, Samarkanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. M.ning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob") "Ta’vilot ahl as-sunna" ("Sunniylik an’analari sharhi")dir. "Kitob at-tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohyyotining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta’rifi berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai: hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakd-rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan holda aqlidrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar - juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Ma’xaz ash-shari’a", ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy ta’limot usuli kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqida kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqvdasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih aqidalardan tozaladi. M. ilmiy merosini butun dunyo qiziqib o‘rganmoqda. Uning asarlari ayrim qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan va qisman tadqiq qilingan. Jumladan allomaning Qur’onni to‘g‘ri o‘qish uchun mo‘ljallangan "Ta’vilot al-Qur’on" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshod al-mubtadiyn fiy tajvidi Kalomi rabbul-olamin ("Qur’on o‘qishga kirishganlar uchun qo‘llanma") kitobi hozirda O’zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Gettingen (GFR) universitetining prof. Rudolf Ulrix "al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" asarini 1997 y. nemis tilida nashr ettirdi. Uning o‘zbek tilidagi nashri ham tayyorlandi (Toshkent, 2001). O’zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 2000 y.da M. tavalludining 1130 yligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkent va Samarqandda M. ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, Samarqandda alloma qabri ustida yodgorlik majmuasi barpo qilindi. Islom Ensiklopediyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 197 MOTURIDIY YODGORLIK MAJMUI, Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi (2000) munosabati bilan, O’zR Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi o‘rnatilgan (hududi taxm. 4 ga). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida. Vobkent, G’ijduvon va Buxoro ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent ko‘chasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko‘ra 3 qismga (markaziy, bog‘ va xo‘jalik) bo‘lingan, ular o‘zaro bir-biri bilan xiyobonli yo‘lka orqali bog‘langan. Loyiha o‘qi manzarali mujassamotda yaratilib, maqbara binosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yo‘lka markazida qurilib, atrofi obodonl ashtirilgan. Yodgorlikning me’moriy loyihasi va badiiy yechimida o‘zbek milliy mahobatli san’atining eng yaxshi an’analari qo‘llanilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, murabba tarxdi (12x12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga bo‘linib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Xona markaziga qo‘yilgan saganada arab yozuvida buyuk olimning so‘zlari bitilgan. MOTURIDIYLIK - kalomdagi oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. 9-a. oxiri -10- a.da Movarounnahrda ismoiliylar aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Bu ta’limot rivojlanib, 13-a.dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida M. tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish ko‘rdilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shim. Afrikada bu ta’limot hozir ham o‘rta va oliy diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinmoqda. M.ning keng yoyilishiga uning mo’tadillik yo‘lini tutgani, aqidaviy masalalarda Qur’on, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turgani sabab bo‘ldi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan mu’taziliylardan farqli o‘laroq, aql bilan naqlni qo‘shib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Mu’taziliylar Qur’onni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-e’tiqod xususida M. ta’limoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Mu’taziliylar imonning shartlari 3 ta, ya’ni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish, desalar, M.da imonning shartlari 2 ta, ya’ni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiqlash, amallarning o‘rni esa boshqa, deb ta’rif qilinadi. M. har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgalab qo‘yilganiga qaramay, u o‘z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo‘yilgan. U o‘z xattiharakatlarida ixtiyorlidir.


Toshkent — o‘rta asr arab manbalarida esa Shosh — tarix jarayonida ko‘plab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat axllarini yetish-irgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ash-Shoshiydir.
Qaffol ash-Shoshiyning to‘la ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida uning xurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulug‘ yo muxtaram ma'nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. Bu bilan o‘tmishdoshlarim Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk extiromni ifoda etganlar.Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan ko‘rinadi. Shu sababdan «Qaffol» — qulfsoz deb mashhur bo‘lgan. Qaffol ash-Shoshiy asli kulfsoz usta bo‘lib, kichik va nozik kulflar yasaydigan, qo‘li gul kishi bo‘lgan.
Ash-Shoshiy dastlabki ta'limni o‘z yurtida, keyinchalik Marka-ziy Osiyoda mavjud ma'rifat o‘choqlarida oladi. Samarkand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu yerlarda undan sal oldinroq o‘tgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810—870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824—892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand bo‘ladi. U bir-muncha vaqt Samarkdndda yashab, u yerda ta'lim oldi. Qaffol ash-Sho­shiy kattiq kirishib, fikxshunoslikni o‘rganadi. Zero bu fan musulmon Sharq o‘lkalarida juda keng tarqalan va ijtimoiy xayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katta, chunki ijtimoiy xayotda qonunshunoslikka talab katta bo‘lib turishi tabiiy edi. Qaffol ash-Sho­shiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o‘ta keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan kudratga ega bo‘lgan bir zot edi.
Qaffol ash-Shoshiy doimo ilm-ma'rifat istagida qo‘nim topmay, bir o‘lkadan ikkinchisiga — ilm chashmalaridan Bahramand bo‘lish niyatida Yaqin va O‘rta Sharq mamlaqatlarini kezadi, Xijoz, Bag‘dod, Damashq, kabi shaharlarga boradi, u yerlarda zamonasining ko‘zga ko‘rin-gan olimlaridan ilm-ma'rifat urganadi. Qaffol ash-Shoshiyning ustozlariga qarab ham uning bilimi, kanday fanlarni urganganligini bilish mumkin. Manbalarning ko‘rsatishicha. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslik va tarix sohasida-gi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839—923) edi. Ma'lum bo‘lishi-cha, Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy musulmon Sharq; mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo‘lib, ko‘p jildlik asarlar muallifi edi.
Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Abul-Xasan Ali ibn Abu Muso al-Ash'ariy (873—941) edi.
Qaffol ash-Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Xozir Toshkentning xalq orasida «Xasti-mom» deb ataladigan joy shu mu'tabar zotga nisbatan aytiladigan nom «Xazragi imom»ning qisqargani bo‘ladi. Aslida bu joyning nomi Xazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo‘lgan mu'tabar zotlar dafn etilgan.Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning kddimiy, ko‘zga ko‘ringan tabarruk bir qadamjosi sanaladi.



Download 17.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling