Mutanosiblik, Tana tuzilishi, antropometrik nuqtalar


Download 119.9 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi119.9 Kb.
#238981
Bog'liq
1-topshirq Akilova



REFARAT
Odam gavdasining tuzilishi va turlari.

Reja:

1.Odam gavdasining tuzilishi va turlari.

2.Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari.

Tayanch iboralar: Mutanosiblik, Tana tuzilishi, antropometrik nuqtalar,


Tikuvchilik mutaxasisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Odam gavdasi odatda tana,bo`yin,bosh,qo`llar va oyoqlar kabi bo`limlarga bo`lib o`rganiladi.Odam skleti bosh, tana,qo`l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan.Skeletning tayanchi bo`lib umurtqa po`gonasi hisoblanadi.Ular besh qismdan iborat: 1.Bo`yin umurtqasi 0-1 2.Ko`krak umurtqasi 1-2 3.Bel umurtqasi 2-3 4.Dumg`aza suyagi 3-4 5.Dum suyagi 4-5

Bo`yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi.Bu suyak odam gavdasidan o`lchovlar olishda xizmat qiladi. Umurtqa pog`onasining egrilik darajasiodamning qaddi qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butunumri davomida o`zgarib turadi.Umurtqa pog`onasiningegriligiga qarab gavdani quydagi turlarga ajratish mumkin. –ozgina egilgan (a) -o`rta egilgan(b) -kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik (v) -kuchli notekisda ifodalangan egrilik (g)



Odam gavdasini belgilab beruvchi asosiy morfolagok belgilar:umumiy belgilarni,mutanosiblikni,tana tuzilishini o`z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi,ko`krak aylanasi hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o`lchamining bo`yga nisbati tushuniladi.Uchta asosiy tipga bo`linadi:dolixomorf,braximorf,mezomorf. Tana tuzilishi muayyan belgilar majmuiga bog`liq bo`lib kishining qaddi domatini ifodalaydi.

Odamning gavda tuzilishi 3turga bo`lib ko`rsatiladi.

1.ko`krakdor tur.2.muskullari rivojlangan tur.3.qorindor tur.



Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari. Ko`plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar,ya`ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o`lchamining mukammal xarakteristkasi kerak bo`ladi. Bu ma`lumotlarni antropometrik tekshirish,ya`ni kishining gavdasini va uning qismlarini o`lchash yo`li bilan hosil qilish mumkin.Bu ish antropometriya deb ataladi.Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari –antropometrik nuqtalar oraligi yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib, ko`rinib turadigan chegaralar terisidagi o`ziga xos nuqtalar bo`yicha o`lchanadi.O`lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi.

Gavdaning antropometrik chiziqlari:






a-boshning eng yuqori baland nuqtasi;

b-bo`yindagi 7-bo`yin umurtqasining holati; g-o`mrov nuqtasi (old qismi bo`yin chuqurchasi nuqtasi); d-yelka nuqtasi; e-qo`ltiq chuqurligining ort burchgi nuqtasi; j- qo`ltiq chuqurligining old burchgi nuqtasi; z-ko`krakning yuqori nuqtasi; i-kurak nuqtasi; k-bel nuqtasi; m-qorinning turtib chiqqan nuqtasi; l-dumbaning turtib chiqqan nuqtasi; n-tizza nuqtasi; o-to`piq nuqtasi; p-tirsak nuqtasi; r-bilak nuqtasi;



Gavdadan olinadigan barcha o`lchovlar vertikal va gorizantal tekislikda o`lchanadi.Shuning uchun gavdada vertikal va gorizantal konstruktiv chiziqlar mavjud.

Gorizantal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi.

Bn-bo`yin konstruktiv chizig`i-bo`yin o`yindisi va yoqani shakllantirishda ishtirok etadi. Ye-yelkakonstruktiv chizig`i - yelka kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. K - ko`krak konstruktiv chizig`i - kiyim kengligi va razmerini aniqlashda ishtirok etadi. Bl - belkonstruktiv chizig`i - bel kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. Bk - bo`ksakonstruktiv chizig`i - kiyimning bo`ksadagi kengligi va razmerini aniqlashda islatiladi. T - tizzakonstruktiv chizig`i - kiyimning tizzadagi kengligini aniqlashdaishtirok etadi. Tq - to`piqkonstruktiv chizig`i - kiyimning pocha qismi kengligini aniqlashda istirok etadi Q - qo`lkonstruktiv chizig`i - yengning yuqori va etak qismi kengligini aniqlashda istirok etadi

Vertikal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi. ↓ 1-orqaning o`rta markazidan o`tadigan konstruktiv chizig`i . 2-bo`yin asosi kengligi konstruktiv chizig`i . 3-yon konstruktiv chizig`i . 4-oldinda o`rta markaziy konstruktiv chizig`i .

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Skeletning tayanchi bo`lib nima hisoblanadi va qanday qismlarga bo`linadi 2.Umurtqa pog`onosini egrilik darajasini izoxlab bering ? 3.Odam gavdasi mutanosibligini qanday ko`rinishlari mavjud ? 4.Gavdaning antropometrik nuqtalari deb nimaga aytiladi ? 5.Gavdaning vertikal chiqizlarining nomi va vazifasini izohlab bering ? 6. Gavdaning gorizontal chiqizlarining nomi va vazifasini izohlab bering ?


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash” T.: 2010



2. F.Otaxonova “Zamonaviy liboslarni modellashtirish” T.2008

Aim.uz

Download 119.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling