Mutaxassis va davlat tili andijon mashinasozlik instituti


Download 30.42 Kb.
bet1/9
Sana21.01.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1106374
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mutaxassis va davlat tili-fayllar.org
axborot tizimlari haqida tushuncha (2), 1-Амалий топшмрмк (1), 1-Амалий топшмрмк (2), uploads tuzuklar oz, uploads tuzuklar oz, 1008626, 1-1topshiriq.pardayev jahongir, 2.2 Amaliy topshiriq (1), Viktorina #7 Grammar Notes 011221165533, Viktorina #7 Grammar Notes 011221165533, Task answers, Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblash va to’lash., bmi 2, Gidroksil kislotalar va ularning guruhlari, Abubakr

Mutaxassis va davlat tili

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

AVTOMOBILSOZLIK” FAKULTETI MSMSM YO’NALISHI

1-KURS 72-21 GURUH TALABASI

TURSUNOV AHRORBEKNING O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANISHI FANIDAN MUSTAQIL ISHI

MUTAXASSIS VA DAVLAT TILI

Reja


  • Davlat tili

  • Davlat tili muhofazasi qanday bo’lishi kerak?

Davlat tili


  • Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan D.t. aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til maqomi D.t. maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi. Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling