2-Mavzu: Kombinatorika masalalarini yechishning saralash, jadval va
“imkoniyatlar daraxti” usullari
Reja:
1. Kombinatorika masalalarini yechishning saralash usuli.
2. Kombinatorika masalalarini yechishning jadval usuli.
3. Kombinatorika masalalarini yechishning "imkoniyatlar daraxti"
usuli.
KOMBINATORIKA MASALALARINI YECHISHNING
SARALASH USULI
1-masala.
Qizil guldonda 4 ta, ko‘k guldonda 3 ta, sariq guldonda 6 ta va
oq guldonda 2 ta gul bor. Ikkita guldonda nechta gul bo‘lishi mumkin?
Bu masalaning oldin ko‘rgan masaladan
farqli tomoni shundaki,
uning
xulosa qismida aynan qaysi ikki guldonlar haqida gap borayotgani aytilmagan.
Shuning uchun, bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ikkita
guldondan iborat barcha
juftliklarni qarashga majburmiz.
Bu masala qanday yechiladi. Keling, uni
mulohaza yuritib yechishga
urinib ko‘raylik.
Yechish:
Masalani
yechish uchun, bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha
holatarni, yani to‘rtta guldondan tuzish mumkin bo‘lgan,
ikkita guldondan iborat
barcha juftliklarni qarab chiqamiz va saralaymiz.