Namangan davlat universiteti ijtimoiy madaniy faoliyat va


Download 338 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2020
Hajmi338 Kb.
#100102
  1   2   3
Bog'liq
madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT VA

MUSIQА TA’LIM KAFEDRASI
"TASDIQLAYMAN"

O’quv ishlari bo’yicha prorektori v.v.b.

_________________D.Dexqonov

“___" _________ 2019 yil




MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARINI TASHKIL ETISH HAMDA BOSHQARISH ASOSLARI
2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta'lim shakli, 1-kurslar uchun
Bilim sohasi: - 100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: - 150 000 – San’at

Bakalavriat yo‘nalishi: - 5151700-Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish (kunduzgi)

NAMANGAN-2019


Fanning ishchi o`quv dasturi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 201_ yil _____dagi № -sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchi: А.Аbdullayev

Fanning ishchi o`quv dasturi “Ijtimoiy madaniy faoliyat va musiqiy ta`lim” kafedrasining 2019 yil __ ________dagi ___ – son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakul`tet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri: _____________________ O.R. Topildiyev

Fanning ishchi o`quv dasturi “Pedagogika” fakul`teti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil ___ ______dagi ___– sonli bayonnoma).



Fakul'tet Kengashi raisi: _______________ T.U. Abdullayev

Kelishildi:

O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i v.v.b: __________ Z.Mo’minov


О‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о‘rni

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fani – talabalarga О‘zbekistonda madaniyat va san’atga e’tibor, madaniyat va san’at sohasi boshqaruviga oid nazariy, amaliy asoslar, xorijiy modellar, ilmiy-tarixiy tajribalar, madaniyat va san’at sohasida boshqaruv usullari va qarorlari, tizimdagi samaradorlik, transformatsion jarayonlar, zamon talablari, jahon standartlariga javob beradigan boshqaruv tizimining mohiyati va vazifalari haqida ma’lumotlarni mukammal egallashlari, о‘z bilimlarini oshirishlariga kо‘maklashadi.

О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil qilish va boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan. Mavjud madaniyat markazlari, teatrlar, muzeylar, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari, havaskorlik va badiiy jamoalari, konsert tashkilotlar, yuzlab kutubxona-axborot muassasalarni boshqarish, bozor iqtisodiyoti sharoitida, bugungi talablar darajasida faoliyat yuritishi uchun mustahkam moddiy-texnika bazasi yaratilgani haqida tushunchalar beradi.

Harakatlar strategiyasida belgilangan ijtimoiy islohotlar madaniyat va san’at sohasini teran anglash, ushbu sohani boshqarish, keng jamoatchilik bilan ishlash, jumladan madaniyat muassasalari faoliyatini amalga oshirishda dasturilamal sifatida katta mazmun kasb etadi.

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fani “Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish”, “Madaniyat iqtisodiyoti”, “Madaniyat markazlari ishi”, “Parkshunoslik”, “Muzeyshunoslik” va “San’at menejmenti va marketingi” singari fanlar bilan о‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Shuningdek, bu fan madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashda ta’limning tarkibiy qismini tashkil etadi.

Fanda mavzular oddiydan murakkabga tamoyili asosida mantiqiy ketma-ketlikda keltirildi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib berilgan. Bunda mavzu bо‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalar tо‘la qamrab olishi, mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bо‘layotgan ijtimoiy-madaniy va demokratik о‘zgarishlar va boshqa sohalardagi islohotlarni ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlari e’tiborga olingan.

Ushbu dasturda madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimidagi islohotlar, sohaning rivojlanishdagi zamonaviy, tarixiy-ilmiy konsepsiyalari, madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining ilmiy, nazariy maktablari, О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga oid shiddatli islohotlar, boshqaruvning xorijiy va milliy modellari kabi qator dolzarb masalalar qamrab olingan.


  1. О‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish borasidada olib borilayotgan shiddatli islohotlar jamiyat tafakkurining yangilanishi, inson va uning manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligining yaqqol ifodasi sanaladi. Bunda jamiyatda madaniyat va san’at sohasigi jarayonlar va ularning subyektlari muhim ahamiyat kasb etib uning taraqqiyotiga sezilarli tarzda ta’sir etadi. “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fani madaniyat va san’at sohasi rahbariyat tizimiga madaniyat sohasi, ijtimoiy munosabatlar tizimi haqidagi bilimlarni berishi bilan fanlar tizimida muhim о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ushbu fan asosiy umum kasbiy fanlardan biri hisoblanib sohaning amaliy jihatlarini о‘rganishning ajralmas qismidir.

Madaniyat va san’at sohasi boshqaruv tizimi nazariy asoslari,ishga doir etiket, menejer va rahbar sifatlari, sohadagi transformatsion jarayonlari talabalarga kasb sifatida shakllanish va namoyon bо‘lish sohalari borasida malakalarini oshirishlariga yordam beradi.

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fanining maqsadi talabaga madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish haqida tasavvur va bilim berish, sohaning xorijiy va milliy, ilmiy va tarixiy asoslarini yetkazishdan iborat.

Fanning vazifasi- madaniyat va san’at sohasining amaliy,nazariy, ilmiy, xorijiy asoslari va uning kasb sifatida shakllanish jarayonlarini о‘rganish, madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatning huquqiy asoslarini, ta’lim, madaniyat va sport ishlari, madaniyat va san’at sohasi xodimining maqomi va kasbiy fazilatlarini, madaniyat va san’at sohasi obyektlarida ish yuritishni о‘rgatish va istiqbolini belgilash fanning asosiy vazifalaridir.

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fanini о‘rganish jarayonida bakalavr quyidagilarni bajara olishi lozim:



  • Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tushunchasini egallashi;

  • boshqaruvning nazariy asoslari, tarixi va uning kasb sifatida shakllanishi;

  • Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining tashkiliy- huquqiy asoslari;

  • Madaniyat va san’at sohasida rahbarlik, yetakchilik, menejer,rasmiy va norsamiy liderlarning faoliyati;

  • Madaniyat va san’at tizimida tashkilotchilik mahoratini egallash;

  • Nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik;

  • О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan sohaga oid davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati haqida tasavvurga ega bо‘lishi;

  • Madaniyat va san’at sohasi rahbar xodimi tashkilotchiligi, fidoyi va ishbilarmonlik fazilatlarini;

  • О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan teatrlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • Zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • О‘zbekiston muzeylari va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • madaniyat va san’at saroylarining hamkorlik masalalari ;

  • konsert tashkilotlari va badiiy jamoalari faoliyatini boshqarish;

  • havaskorlik ijodiy jamoalari va tо‘garaklari faoliyatni tashkil etish va boshqarish;

  • nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyati va ijodiy jamoalarini boshqarish bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • madaniyat va san’at sohasida innovatsion texnologiya bilan ishlash;

  • teatrlar faoliyati borasida yangiliklardan xabardor bо‘lish;

  • madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatni tashkillashtirish va boshqarish;

  • madaniyat va san’at saroylari faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • konsert tashkilotlari va badiiy jamoalari faoliyatiga doir tashkiliy masalalar ;

  • havaskorlik ijodiy jamoalari va tо‘garaklari faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyati va ijodiy jamoalarini faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

  • axborot-resurs markazlari, kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.

  • madaniyat va san’at sohasi muassasalarining tarbiyaviy funksiyalarini uyg‘unlashtirish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.


Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi

Fanga umumiy 1428 soat ajratilgan bo‘lib, shundan auditoriya mashg‘ulotlari 732 soat bo‘lib, 1-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 2-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 3-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 4-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 5-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 6-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi, 7-semestr davomida haftasiga 6 soatdan o‘tiladi


Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari fanidan mashg‘ulotlarning semestrlar bo‘yicha taqsimlanishi:


Semestr

Jami soat

Jami auditoriya soati

Shu jumladan,













Ma’ruza

mashg’uloti

Amaliy

mashg’ulot

Seminar

mashg’uloti

Mustaqil ta’lim

1

208

108

22

64

22

100

2

208

108

22

64

22

100

3

202

102

20

62

20

100

4

204

104

20

64

20

100

5

200

102

20

62

20

98

6

202

104

20

64

20

98

7

204

104

20

64

20

100

Jami

1428

732

144

444

144

76


Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar.




Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati




1-semestr




1

О‘zbekistonda madaniyat va san’at boshqaruvining rivojlanishi


О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” va “Madaniyat va san’at” terminlarining mohiyati. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlarini amalga oshirishda madaniyat va san’at sohasi xodimlarining roli.

Boshqaruv haqida umumiy tushuncha. Harakatlar strategiyasining 4-yо‘nalishi.



2

2

О‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasi



Konsepsiyaning shakllanish evolyusiyasi. Konsepsiyaning mazmun-mohiyati va tarkibiy qismlari. Madaniyat sohasini rivojlantirish konsepsiyasining yо‘l xaritasi. Madaniyat sohasini rivojlantirish bо‘yicha xududiy dasturlari. Madaniyat markazlari funksiyalari va vazifalari.

2

3

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bо‘yicha beshta muhim tashabbusni targ‘ib etish metodlari



Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa,rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish;

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar о‘rtasida kompyutur texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil qilish;

Tо‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish.



2

4

Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvning tarixiy-ilmiy maktablari


Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining horij va о‘zbek ilmiy maktablari hamda ularning namoyandalari, sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temurning boshqaruv sohasidagi qarashlari. Shuningdek ilmiy maktablar shakllanishiga xizmat qiluvchi muassasa va tashkilotlar.

2

5

Boshqaruvning xorijiy modellari


Boshqaruvning xorijiy va milliy tamoyillari, qiyosiy tahlil. Ilmiy boshqaruv (1885-1920), boshqaruvda klassik yoki ma’muriy maktab (1920-1950),

2

6

Boshqaruvning xorijiy modellari

Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950), boshqaruv fani yoki miqdoriy yondashuv (1950- hozirgi davrgacha).

2

7

Menejmentning tashkiliy tuzilishi


Boshqarish tashkiliy tuzilishining turlari. Ularning afzalliklari va kamchiliklari. Zamonaviy menejment rivojlanishi va muammolari. Menejment faoliyatining samaradorligini oshirishda menejment usullarining ahamiyati.

2

8

Menejment faoliyatini tashkil etish


Menejment tizimida menejer.Bozor sharoitida kadrlar mehnatining mazmuni, xarakteri va xususiyati.Zamonaviy menejerning kasb-malaka modeli.Boshqarish psixologiyasi. Yapon va Amerika usullari.Zamonaviy bosqichda menejer etikasi va menejer madaniyati.

2

9

Boshqaruv va menejment


Madaniyat va san’at sohasi faoliyatida menejment va boshqaruv tamoyillari. Menejment: qonunlar-tamoyillar-usullar-uslublari.

2

10

Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari

Madaniyat va san’at sohasida menejment tizimi. Menejer tushunchasi. Zamonaviy menejer sifatlari. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish. Art-menejer.

2

11

Zamonaviy menejer sifatlari

Menejer vazifalari. Menejerga qо‘yiladigan talablar. Menejmentda foydalaniladigan usul (metod)lar.

2




Jami

22





Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati




2-semestr




1

Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatida rejalashtirish asoslari. Tashkilot menejerining jamoaga va tashkilotga bо‘lgan munosabati. Innovatsion yangiliklarni joriy etish.

2

2

Madaniyat va san’at menejmenti, unga mental omillar ta’siri

Madaniyat va san’at menejmenti, о‘zbek xalqi milliy madaniyati, milliy qadriyatlari.Hozirgi zamonda badiiy madaniyatni boshqarish tizimi.milliy mental omillarining yaratilishi.

2

3

Madaniyat va san’at sohasi menejmentining istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari

Madaniyat va san’at sohasi menejmenti taraqqiyot bosqichlari.

Madaniyatshunoslarning ilmiy izlanishlari. Madaniyat va san’at sohasi menejmentining istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari.



2

4

Ishga doir etika va etiket


Ishbilarmonlik etiketi. Etiket. Nutq madaniyati. Samarali nutq. Tashkilotchilik qobiliyati. Menejer va yetakchi. Yetakchining vazifasi. Yetakchilikka xos ikki xil yondashuv. Rahbarning vazifasi.

4

5

Boshqaruv mehnatini ilmiy-ijodiy tashkil etish


Boshqaruv mehnatini ilmiy-ijodiy tashkil qilish jarayoni. Madaniyat va san’at sohasi ilmiy-ijodiy jarayonlari borasidagi boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish.Tashkil qilish. Motivatsiya.

2

6

Boshqaruv qarorlari


Madaniyat va san’at sohasi faoliyatida boshqarish qarorlari, reglament, me’yorlash, qaror qabul qilish bosqichlari, qaror qabul qilishning tashkiliy-ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, tarbiyaviy-huquqiy usullari.

2

7

Boshqaruvda axborot kommunikatsiyalar


Boshqaruvda axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarish masalalari. Boshqaruvda texnologiyalarga qо‘yiladigan talablar.Qayta ishlash,aralash axborot tizimi. Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash, yangi elektron adabiyotlar mazmun-mohiyati.

2

8

Boshqaruv jarayonlari va samaradorligi


Madaniyat va san’at sohasida rag‘batlantirish, intellektual, axborotli, kommunikativ, ijtimoiy-psixologik va qator omillar. Boshqaruv jarayonlarida rag‘batlantirish, jazolash omillari.

2

9

Zamonaviy rahbar qiyofasi


Zamonaviy rahbarlarga qо‘yiladigan talablar. Ishonch, mas’uliyat va talabchanlik. Xodimlarning kasbiy va ijtimoiy moslashuvi.Boshqaruv madaniyatining namoyon bо‘lishi.Maqsadga va muhitga munosabat.

2

10

Rahbarning о‘zini о‘zi boshqarishi


Rahbarning bilim darajasi.Tashkilotchilik qobiliyati.Boshqaruv samaradorligini ta’minlay olish. Rahbar fazilatlarini belgilovchi mezonlar. Rahbar ma’naviyati, mahorati, mas’uliyati, ma’rifati va farosati tushunchalari.

2




Jami

22


Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling