Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga


Download 0.64 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1556786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Neft tarkibini kimyoviy tahlili




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO KAFEDRASI
NEFT GAZ KIMYOSI”
fanidan
“Neftning fizik kimyoviy xossalari ”
mavzusida
KURS ISHI

Bajardi: kimyo yo’nalishi KIM-AU-19-guruh talabasi D.Mamadaliyeva


Rahbar: D. Sattarova
Namangan 2021
Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
Olimjonova Adolatning kurs ishi “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusi asosida yoritilgan.
Ushbu kurs ish asosan, neft xaqida umumiy ma’lumotlar, neftning kimyoviy tarkibi, tozalash, tarkibini fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilish va aniqlashga doir tajribalar va ularning natijalariga asoslangan.
Kurs ishning Kirish qismida Davlatimizning barqaror rivojlanish odimlarining moxiyati, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarimizning oldida turgan vazifalar Prezidentinizning asarlari va ma’ruzalari asosida yoritilgan. Shu bilan birga ushbu qismda talaba tomonidan tanlangan ishning dolzarbligi, qo’yilgan maqsad va mavzuning ahamiyati hamda o’rganilganlik darajasi to’la ochib berilgan.
Olimjonova Adolat yoritgan kurs ishining umumiy qismida neft haqida umumiy tushunchalar, uning tarkibi haqida yetarlicha yoritilib berilgan. Maxsus qismida neft tarkibidagi kimyoviy elementlar va funksional guruhlarni tahlil qilish sifat va miqdoriy analiz to’g’risida batafsil yoritilib o’tilgan.
Kurs ishi amaldagi Nizom talablariga to’la javob beradi va uni kurs ishi ximoyasi komissiyasi tomonidan “Yaxshi” ko’rsatgichli ball bilan baxolanishi mumkin deb xisoblayman.


Taqrizchi: T. Sattarov
Mavzu: Neftnning fizik kimyoviy xossalari
Reja:
Kirish
I Asosiy qism
I.1. Neft haqida umumiy ma’lumotlar
I.2. Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibi
I.3 Neft mahsulotlarining olinish usullari
I.4 Neftni qayta ishlashning fizikaviy usuli
I.5 Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli
I.6 Neft mahsulotlarini tozalash usullari
II Amaliy qism
II.1 Neftni tarkibini aniqlash usullari
II.2 Neft tarkibini aniqlashni fizik–kimyoviy usullari.
II.3 Neftdan olinadigan organik moddalardagi element va funktsional guruhlarni sifat tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish


Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi. XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik modda­larning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi. [3] 2017-yil 20-aprelda Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta tayyorlash, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarorlari chiqdi. Qaror 16 ta band va 75 ta ilovadan iborat. Qarorning asosiy maqsadi, Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash; Oliy ta'lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli texnolog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borishdir. Qarorning zarurligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni o’rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ta'kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta'lim muassasasining 202 ta ob'ektida yangi qurilish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabo’l qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta'lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi. “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko’ra; 2017-2021 yillarda oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari; 2017-2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari; 2017-2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta'lim muassasalari ro‘yxati;

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling