Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 51.09 Kb.
bet1/9
Sana25.01.2023
Hajmi51.09 Kb.
#1118804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishi

Fan:_______________________________________
Mavzu:_______________________________________________________________________________
Tayyorladi:__________________________________
Qabul qildi:__________________________________

Reja:



1. Narxlarni belgilash
2. Soliq autditi
3. Soliq va soliqqa doir masalalar(Soliqdan qochish va soliqdan noqonuniy daromad ko’rish haqida)

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri.U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Shularni hisobga olgan holda shuni aytish umkinki, narxlarning o’sishi, ya’ni mahsulot yoki xizmatning tan narxining oshishi bu belgilan soliq stavlariga binoan narxga qo’yiladigan soliq ham baland bo’ladi. Jumladan ‘Qo’shilgan qiymat solig’i tannarx oshgan sari soliq ulushi ham oshib boradi. Barchamizga malumki, mamlakat hududida narx, maoshga nisbatan baland. Albatta deyarli barcha Tovar tarkibida QQS bor. Narx osmonda tuyuladi. Haqiqatdan shunday. Chunki tannarx ham shuni tashkil qiladi. Asosan, ba’zi ishlab chiqarish sektorlaridagi tovarlar tarkibidagi resurslar import qilinganligini hisobga olsak narx balandligini tushunsak bo’ladi. Zamonaviy texnika importi, va shu orqali mahsulot ishlab chiqarish, tovarning narxi oshishiga sabab bo’ladi.
Narx haqida bu tariflar nega berildi? Sababi, biz fuqoro sifatida soliq to’laymiz. Soliqlar unumli ravishda qaytib keladi. Shunday bo’lishi ham kerak(aslida). Shunday ekan, reja boshida masalaga ozgina tanqidiy, faktlarga asoslanib yondashamiz.
Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning o‘ziga xos xususiyatlari:
Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oralig‘ining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng kam ko‘rsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan ko‘p bo‘lsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam ko‘rsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga teng bo‘lgan oraliq bozor narxlarining oralig‘i deb e’tirof etiladi, eng ko‘p ko‘rsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng ko‘p ko‘rsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
Eng ko‘p chegaraviy narxni belgilash chog‘ida bunday narx bozor narxini aniqlashda, agar ushbu eng ko‘p chegaraviy narx bozor narxlari oralig‘ining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng ko‘p chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng ko‘p ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng ko‘p ko‘rsatkichi ushbu eng ko‘p chegaraviy narxga teng bo‘lgan oraliq bozor narxlarining oralig‘i deb e’tirof etiladi, eng kam ko‘rsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng kam ko‘rsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
Bir vaqtning o‘zida eng kam va eng ko‘p chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oralig‘ining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq aniqlangan eng kam ko‘rsatkichi eng kam chegaraviy narxdan ko‘p bo‘lsa, eng ko‘p chegaraviy narx esa bozor narxlarining ushbu oralig‘ining eng ko‘p ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oralig‘ining tegishincha eng kam va (yoki) eng ko‘p ko‘rsatkichiga ushbu moddaning beshinchi — oltinchi qismlariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng ko‘p ustamalar belgilangan bo‘lsa yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga) ushbu moddaning beshinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan xuddi shunday tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim.
Shu o’rinda import bilan bog’liq soliq kodeksidagi moddalarni keltirib o’tish lozim.

Download 51.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling