Navoiy shahri
Download 464 Kb.
|
Madina Davranova-qisqichbaqa ichki tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Yosh zoologlar”, “Bilimdonlar”, “A’lochilar”
- 1-guruhga beriladigan rasmli topshiriq. 2-guruhga beriladigan rasmli topshiriq. 3-guruhga beriladigan rasmli topshiriq.
Viloyat: Navoiy Shahar: Navoiy Maktab: 11 Sinf: 7-“D” Fan: Zoologiya Sana: 15.11.2014-yil Mavzu: Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi. Darsning shiori: Tabiatni asraylik!!! Darsning maqsadi: Ta`limiy: O`quvchilarni qisqichbaqalar ichki tuzilishi haqidagi bilimlarini oshirish; Tarbiyaviy: Qisqichbaqalarning foydali tomonlari haqida bilim berish; Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda hayvonot dunyosining xilma-xilligi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Dars uslubi: Aqliy hujum. Dars usuli: Og`zaki, tezkor savollar. Darsning didaktikasi: jihozi: Qisqichbaqa mulyaji, mavzu yuzasidan tayyorlangan rasmlar to`plami, darslik, tarqatma materiallar, O`zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, qisqichbaqa, test, slayd, rag`batlantiruvchi kartochkalar. texnik vositalar: kompyuter, multimediya, monitor. Darsning blok-chizmasi:
Dаrsning bоrishi 1.Tashkiliy qism: 1. Sаlоmlаshish 2. O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi. O`quvchilar davomatini aniqlaydi. O`quvchilar diqqatini jamlaydi. 3. Dаvоmаtni аniqlаsh 4. O`quvchilar uch guruhga ajratiladi. Guruhlar uchun tavsiya etilgan nomlar: “Yosh zoologlar”, “Bilimdonlar”, “A’lochilar” O`tgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar o`rtasidagi bellashuv 2 shartda amalga oshirilib, 1- shartda kartochkalarda berilgan savollarga guruh a`zolari javob berishlari kerak bo`ladi. 1. Daryo qisqichbaqasi qayerlarda hayot kechiradi? 2. Qisqichbaqaning xitin qoplag'ichi qanday vazifani bajaradi? 3. Qisqichbaqa gavdasi qanday bo'limlardan iborat? 1. Qisqichbaqa boshko'kragining ostki qismidagi oyoqlari qanday vazifalarni bajaradi? 2. Qisqichbaqa qorin bo'limi qanday tuzilgan? 3. Qisqichbaqa qanday harakatlanadi? 1. Qisqichbaqa qanday nafas oladi? 2. Qisqichbaqa qanday ko'payadi? 3. Qisqichbaqalar qanday rivojlanadi? 2-shartda slayd orqali monitorda berilgan rasmni izohlash. Bunda guruh a`zolari o`tgan mavzu yuzasidan ekranda ko`rsatilgan rasm yuzasidan o`z fikr mulohazalarini bildirishadi. 1-guruhga beriladigan rasmli topshiriq. 2-guruhga beriladigan rasmli topshiriq. 3-guruhga beriladigan rasmli topshiriq. O`tgan mavzu yuzasidan ikki topshiriq bajarilgandan so`ng, guruhlarda faol ishtirok etgan o`quvchilar tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi. Download 464 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling