Nazorat savollari. Geriatriya haqida tushuncha


Download 16.31 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi16.31 Kb.
#253026
  1   2   3
Bog'liq
19-mavzu farmatsevtik texnologiya (2)



Nazorat savollari.
1.Geriatriya haqida tushuncha.
"Geriatriya" - bu tibbiyotning bir soxasi. Uning asosiy vazifasi - qarish mexanizmni o‘rganish va qariyalar yoshidagi kasalliklarning profilaktikasini, rivojlanishini va davolanishini o‘ziga xosligini o‘rganish.

Yuqorida aytilgandek, geriatrik kasal farmakoterapiyasiga alohida e’tibor berilishi va dorilarning so‘rilish jarayonini o‘zgarishini hisobga olish lozim (ayniqsa peroral usul bilan iste’mol qilinadigan dorilar uchun). So‘rilish jarayonining darajasi va tezligi nisbatan ancha past bo‘lganligi uchun dorilarning oshqozon-ichak shilliq pardalariga maxalliy salbiy ta’siri (yallig‘lanishlar, yaralar) nisbatan yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida bo‘lganligi sababli ularning gidrolitik parchalanishi darajasi xam nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu esa farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun geriatriya amaliyotida ayrim preparatlarni ishlatilishi cheklangan bo‘ladi yoki umuman ishlatilmaydi. Undan tashqari odamga kerak bo‘lgan xar-xil biofaol moddalar etarli darajada organizmga so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda ko‘pincha

shu moddalar organizmda kerakli miqdordan ancha past bo‘ladi. SHularni xisobga olgan xolda geriatrik dorilarni yaratishda albatta shumuammolarga e’tibor berilishi lozim.

Ya’ni ularga mo‘ljallangan dorilar tarkibida albatta so‘rilishjarayonini tezlashtiruvchi yordamchi moddalar qo‘shish tavsiya etiladi (tenzidlar). Tenzidlar sifatida xar-xil SAM ishlatiladi: tvinlar, letsitin, emulgator T-2, natriy lauril sulfat, dimeksid vax.k.

Undan tashqari geriatrik dorilarni yaratishda aloxida e’tiboryordamchi moddani tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazifasi dori turining texnologik xususiyatini ta’minlash birga ta’sir etuvchi moddaning qarigan organizmga salbiy ta’siri kamayishiga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Misol: Geriatriya amaliyotida taklif etilgan va makro va mikroelementlar saqlaydigan (K 5+ 0, Sa 5++ 0, Si 5++ 0, Mp 5++ 0, Zp 5++ 0, So 5++ 0) tabletalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida quruq kazein va dekstran tanlangan. Bu erda tanlangan yordamchi moddaning vazifasi shu makro va mikroelemantlarni oshqozon shilliq pardalari saqlash va so‘rilish jarayonini tezlashtirish. Dekstran YUMB va uning eritmasi qovushqoq bo‘lib, oshqozon shilliq pardalarini metallarning maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamaytiradi. Kazein esa metallar bilan kazeinatlar xosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiriladi. Natijada umumiy salbiy ta’siri bo‘lmaydi va dorilarning terapevtik ta’siri yuqori bo‘ladi. Yoki seduksen preparatlarining in’eksion eritmasini geriatrik kasallarga mo‘ljallangan tarkibiga Poloksamer 188 degan yordamchi modda qo‘shiladi va uning vazifasi seduksenning eritmalarda kristalizatsiyasi oldini olib trombozlarni sodir bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi.

Yuqoridagilardan tashqari geriatriya amaliyotida dorilarni salbiy ta’siri oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ularni iste’mol qilishiga e’tibor beriladi.

Masalan: tabletkalarni maydalab suvda eritib ichish yoki ayrim preparati (maxalliy yalliІlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan) ASK, butadion steroidlar sut bilan birga iste’mol qilish.

Undan tashqari qariyalar organizmida vitamin, aminokislota miqdori ko‘pincha etarli darajada bo‘lmaganligi sababli geriatriya dorilari xar biologik faol moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Bunda shunday maqsad qo‘yiladi organizmni qarish jarayonini kamaytirish uchun. Bunday biologik faol moddalar (vitaminlar va biopreparatlar) geroprotektorlar deb etiladi, ya’ni qarishga qarshi qaratilgan moddalar.
2.Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari
Geriatriya amaliyotida xar xil dori turlari ishlatiladi: peroral qattiq tabletka, draje, kapsula, suyuq dori turlari, rektal, in’eksion, aerozol, transdermal.

Eng ko‘p tarqalganlari: peroral-ulardan asosan qattiq doriturlari: tabletka, kapsula, draje va suyuq dorilardan suvli ajratmalar, tomchilar ishlatish tavsiya etiladi.

Lekin so‘rilish samaradorligi pasayishi xisobga olgan xolda ayrim paytlarda peroral beriladigan dorilarning terapevtik ta’sirikerakli darajada bo‘lmasligi mumkin. Undan tashqari oshqozon shilliq pardalarini dori moddaning maxalliy salbiy ta’siri bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun qariyalarning farmakoterapiyasini mo‘‘tadilliginita’minlash uchun xozirgi paytda dorilarni rektal usul bilan berish qulay deb xisoblanadi. Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dorilarni (shamchalarni xam shu jumladan) tarkibiga so‘rilish jarayoninitezlatuvchi moddalar kiritilishi (PAV) tenzidlar geriatriyada qo‘llanilgan.

Misol: geriatriyada qo‘llaniladigan insulin shamchalarining tarkibiga 5% PAV-polioksil 30-oleat kiritilgan. U so‘rilish jarayoninitezlatuvchi yoki fenobarbital, benzilpenitsillin shamchalariga 5% natriy lauril sulfat qo‘shiladi. Tenzidlar sifatida shamchalarda T-2,letsitin, tvin-80 qo‘shish tavsiya etiladi.

Aerozol (A) keng qo‘llaniladi, ayniqsa o‘pkaning o‘tkir va xronik kasalliklaridaantibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlar bilan. Yoki yurak kasalliklarida-yurak glikozidlari ishlatiladi.

Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining qariyotgan organizmga faol moddani yumshoq ta’sir ko‘rsatishiga va terapiyaning xavfsizligini ta’minlashiga aloxida e’tibor beriladi. Ya’ni salbiy ta’siri minimal darajada bo‘lishi lozim. Shuni xisobga olgan xolda geriatriya amaliyotida xar xil ta’siri uzaytirilgan dori turlarini sublingval va transdermal yo‘llari bilan dorilarning kiritish maqsadga muvofiq. Dorilarni sublingval (til ostiga) yo‘li bilan yuborish ancha ijobiy taraflariga ega:

1. fermentlarning ta’siri bo‘lmaydi

2. yallig‘lanish xam yo‘q

3. nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi

Tabletka sifatida (metiltestesteron) yoki xar xil polimerpardalar sifatida bo‘lishi mumkin. Oddiy yoki ta’siri uzaytirilgan.

Geriatriya yoshida yurak kasalliklari (stenokardiya) nisbatankeng tarqalganligini xisobga olgan xolda nitroglitserin preparatlarini saqlovchi sublingval polimer pardali ishlab chiqarilgan (ta’siri uzaytirilgan) trinitrolong, izosorbilong 6-7 soat mobaynida

ta’sir ko‘rsatadi, davolash va profilaktika og‘iz shilliq pardalaridan so‘rilib umumiy ta’sir ko‘rsatadi.

4x9x0,15 mm polimer sintetik YUMB eritmalaridan (MS, PVP,PAA, PVS) olinadi.

50% extempore retseptlardan (60 yoshdan oshgan bemorlarga)tomchilar tashkil etadi. Ulardan 90% ko‘z tomchilariga tegishli.

Teri orqali 300-800 m og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni kiritishning afzallik tomonlari sublingval usuli o‘xshash bo‘ladi. Teri orqali so‘rilishini ta’minlash uchun umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi surtmalar va oxirgi 15 yillari rivoj topgan TTS ga mo‘ljallangan.

Surtmalar teri ustiga surtilganda dorilarning umumiy ta’sirini ta’minlaydi. Masalan, nitroglitserin 2% surtmasi yurak atrofidagi teri ustiga surtiladi. 30 sm 52 0 nitroglitserin surilib o‘ziningta’sirini ko‘rsatadi.


Download 16.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling