Nemis mumtoz falsafasi Reja


Download 23.22 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1473636
  1   2   3   4
Bog'liq
Nemis mumtoz falsafasi


Nemis mumtoz falsafasi
Reja:

  1. Falsafa fanida nazariyalarning paydo bo’lishi

  2. Nemis falsafa maktabi vakillari

Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan nostiklar gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatining ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.


Apologetlar xristianlik tarixida I va III Apologetlar asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi “himoya qilish”, demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bulgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor kdlish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy xdrakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar.
Bu sohada Yustinning “Birinchi apologeya” “Ikkinchi apologeya” asarlarini. Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim. “Patristika” so‘zi “ota” (“padre”) so‘ziatristika dan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Yevropada yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharkda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharxi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri “Pok” degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va ilohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri “Sig‘inish” 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. “Bibliya” oyatlari ramziy — timsoliy bayon kdlinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan. Sxolastika so‘zi yunoncha “shkola”dan (“shola”) olingan bo‘lib, “o‘qish joyi”, “maktab” ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik kdlganlarni yoki umuman saroy maktabidagi o‘kdtuvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiqqilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar.
Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bulgan intilish, deb ham baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan. Realizm Uning yirik vakillaridan biri kenterberiyalik Anselm (1038—1109)dir. U Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi, “Monopoliya” — Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli hamma narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz. Anselmning ikkinchi asari “Prologion” Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar Xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, Xudo reallikda mavjuddir. Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘tadil realistlar, deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lgan. Britaniyada tug‘ilgan P. Abelyar (1079—1142) Per Aoelyar juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar “Men e’tiqod qilish uchun bilaman”, degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni, bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo‘llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo‘lgan muhabbat bilan taajjubga solish www.ziyouz.com kutubxonasi va odamlarga axloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir bo‘ladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini xudoga bo‘ysundiradilar. Bu qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.

Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling