Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti logopediya fakulteti


Download 339.5 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1422088
Bog'liq
DOCLAD



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
LOGOPEDIYA FAKULTETI



DOKLADLAR
Ta’lim yo’nalishi: ______________
Guruh: 106-guruh
Bajardi: Matyaqubova Anabibi
Tekshirdi : Shodiyeva Nodira
MAVZU: “TARBYASI QIYIN” O'QUVCHLAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
TARBYASI QIYIN O'QUVCHLAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
REJA:

  1. Tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlash psixologiyasi.

  2. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash psixologiyasi.

  3. Tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashning yechimlari.



1.«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik karovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikricha, «qiyin» o‘smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, ko‘pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o‘zgartirish, ularga ba’zi xuquqlarni berish yo‘li bilan ularga ta’sir o‘tkazish mumkin. Psixologiyada «tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.
Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy mustahkam qarashlari ega bolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid kiluvchilar.
Uchinchi guruh - ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o‘rtasida ikkilanuvchi, o‘z xatolarini tushunuvchi bolalardir.
Turtinchi guruh - irodali bolalarga bo‘ysunuvchilar.
Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo‘liga tasodifan kirib qolganlar.
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og‘ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o‘qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiyali bo‘lim - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat insonni yomon hatti-harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini ahloqiyligi haqida qayg‘ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo‘ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‘rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o‘zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag‘batlantirilishi kerak? Tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo‘lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onasiga bog‘lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo‘lish, ular bilan muloqotda bo‘lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo‘qligi bolaga yokmaydi. Ota-onaning g‘amxo‘rligini bildiradigan so‘zlar, hatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o‘rganish jarayoni orqali sodir bo‘lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa kullab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag‘batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash ahloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko‘rib chiqqan xulq-atvor hamma bolalarga ham taallukli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta.
Xalk urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlantiradi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi.
Mustakil jamiyatning baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko‘paytirish yo‘lida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda xalollik va rostguylik, ahloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irkiy adovatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim hislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxur ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda bola o‘z hatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni - tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbex berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharxlash mumkin:
1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2. Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmok kerak. Ong ham, iroda ham motivlar iyerarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3.Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi. Arastu aytganidek: «Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa».
Mustakillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari
Konfutsiy: «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi» degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari respublikamiz fuqarolarida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmokda. Milliy tuyg‘u, qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik hislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng xuquqlilik aloqalari o‘rnatilmokda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida dinning, xususan “Hadis” ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda xadislarning roli yanada ortmoqda.
O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
O‘zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo xalokat; yo saodat - yo falokat masalasidir».
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar yetakchi o‘rin tutmog‘i lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish;
b) xayrixoxlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat;
v) kattalarni hurmat qilish, e’zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;
ye) kichik yoshdan mehnatsevarlik;
j) jismoniy baquvvatlik;
z) ahloq-odoblilik;
i) oilaparvarlik;
k) ayollarga hurmat;
l) o‘zaro hamkorlikka intiluvchanlik.
2.Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug‘ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarining bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
Ma’lumki, tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan ishlash jarayoni har bir o‘smirning ta’lim samaradorligiga u yoki bu darajada ta’sir etuvchi shaxslilik xususiyatlarini o‘rganish va tadqiq qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonining asosiy qatnashchilari o‘quvchilar va o‘qituvchilardir.
Bugungi kunda ta’lim muassasalari - o‘zgarib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimining eng dinamik jabhasi hisoblanadi. Mazmuniy va tashkiliy ma’noda u o‘quvchining individual ta’lim yo‘nalishini shaklantirish imkoniyati hisoblanib u o‘z ichiga ehtimolli-zaruriy va shu bilan birga shartli-zaruriy bilim va malakalarni qamrab oladi.
Tarbiyasi qiyinlik quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:

  • o‘zini o‘zi qabul qilishning past darajasi;

  • boshqalarni qabul qilishning past darajasi,

  • tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin bo‘lgan emotsionallikning namoyon

etilishi;

  • boshqalarga bog‘liqlik, ya’ni eksternallik; - ustunlikka intilish.

Ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik so‘rovnomasi natijalarini qayta ishlashda umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida dezadaptatsiya belgilarining mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar olindi. Faollik ko‘rsatkichining pasayishi tadqiqotda ishtirok etgan o‘smirlarning deyarli barchasida kuzatildi.
Tarbiyasi qiyin o‘smirlardagi “men timsoli” xususiyatlarini tadqiq etish o‘quvchilarining mazkur kategoriyasining umumlashtirilgan psixologik portretini tuzish imkonini berdi. Tanlab olish mezonlari quyidagilardan iborat edi:

  • Ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik so‘rovnomasidagi dezadaptatsiyalashish ko‘rsatkichining 68 balldan past bo‘lishi;

  • “Men kimman?” metodikasi bo‘yicha uchinchi referent guruhining mavjud emasligi (M.N.Ovchinnikova);

  • “Men kimman?” metodikasi bo‘yicha refleksiv faoliyatning past darajasi

  • “Men kimman?” metodikasi bo‘yicha o‘zini o‘zi qabul qilish va maxsuldor shaxslilik ma’nosining yo‘qligi.

O‘smirlar o‘zlarini hozirgi holatlarida adekvat baholaydilar, o‘zlarini shaxs sifatida qabul qiladilar, o‘zlarini ijobiy, ijtimoiy jihatdan ma’qul xususiyatlar egasi sifatida anglashga qodirlar, ma’lum ma’noda o‘zlaridan qoniqqandirlar. Bir vaqtning o‘zida esa ular har doim ham o‘z faoliyatlari natijalarini adekvat baholash, o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslashga erishavermaydilar. Ular o‘z imkoniyatlariga tanqidiy qaray olmaydilar, ko‘pincha o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydilar, ayniqsa bu narsa o‘qishga bo‘lgan munosabatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning ko‘pchiligi uchun o‘ziga nisbatan talablarning noadekvat va noreal darajasi xosdir.
3.Maktab o‘quvchilarining yuqoridagi xususiyatlarini o‘rganishimiz natijasida olingan ma’lumotlar boshqa tadqiqotchilarning ma’lumotlarini ham tasdiqladi.
Tarbiyasi qiyin o‘smirlardagi ijtimoiy-psixologik mavqe xususiyatlarini va ularning o‘z kelajaklarini prognozlashtirishlarini tahlil qilish natijasida biz hozirgi mavqe bilan kelajakdagi hayotiy istiqbollar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ham aniqladik. O‘smirlar hozirgi vaqtda o‘zlarining hech narsaga qodir emasliklarini qayd etib, bu holatning kelajakda ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rmaydilar va o‘qish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklardan o‘qishdan bosh tortish (uning kerakmasligini bahona qilib), ishlashni istamaslik, xulq-atvorning deviant shakllariga o‘tib ketish kabi holatlardan qochishga intiladilar.
O‘smirlar birinchi o‘ringa ota-onalari bilan munosabatlarda avtonomlikni qo‘yadilar. Ota-onalar esa o‘smirlarga shaxsiy va ijtimoiy yetuklikni uyg‘unlashtirishga intiladilar. Ular o‘smirlarni muvaffaqiyatsiz, nomustaqil va no‘noq deb hisoblab ularga ishonmaydilar, lekin bir vaqtning o‘zida ularni qiyinchiliklardan chegaralashga va ularning xatti-harakatlarini nazorat qilishga harakat qiladilar.
O‘smirlarning fikricha ota-onalar ularni qabul qilish o‘rniga ko‘pincha inkor etadilar. Avvalo xulq-atvor shakllarida namoyon bo‘ladigan mustaqillikka intilib, maktabning zamonaviy o‘quvchisi ich-ichidan ota-onasi tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zarurligini his etadi, uning yo‘qligi esa o‘smirdagi shaxslilik bezovtalanishini orttirib yuboruvchi stressor hisoblanadi. Binobarin, mazkur tadqiqotimiz ob’ekti bo‘lgan o‘smirlarda o‘tkazilgan so‘rov natijalari ota-onalar bilan oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishidagi quyidagi tendensiyalarni qayd etish imkoniyatini beradi. Avvalambor ota-onasi tomonidan o‘ziga befarq munosabatni his etib o‘smirlar oilada befarq va rasmiy o‘zaro munosabatlar tajribasini o‘zlashtiradilar. Bu esa kelajakda o‘z baxtli oilaviy hayotlarini qurish borasidagi o‘ziga ishonmaslik va bezovtalanishga olib kelishi extimol. O‘smirlar qayd etgan ota-onalar tomonidan tarbiyaviy ta’sirning nomutanosibligi ularda bezovtalanishning yuqori darajasi, o‘zga ishonmaslik atrof muhitning doimiyligini his etishning mavjud bo‘lmasligiga olib keladi. Bu o‘smirlarda mas’uliyat hissining yetarlicha shakllanmasligiga olib kelishi ehtimol, chunki ularga mustaqillik berilishiga qaramasdan (yuqori avtonomlik, past darajadagi direktivlik), o‘smirlar qattiq va temir intizom qoidalarini yetarli me’yorda his qilmaydilar, o‘z navbatida qoidabuzarlikdan keyingi e’tirozlarni ham yetarlicha qabul qilmaydilar. Bularning barchasi bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni boshqalarga yuklashda namoyon bo‘ladigan eksternal xayotiy pozisiyaning shakllanishiga olib keladi. Demak, oila turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida o‘z ichiga bolaning shaxslilik rivojlanishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik jabhalarning keng ko‘lamini o‘z ichiga oladi. Ular orasida alohida o‘rinni ota-onalarning shaxs xususiyatlari, ularning ustanovkalari va qadriyatlar yo‘nalishi egallaydi. Ota-onadagi tasavvurlar, qarashlar va e’tiqodlar tizimi ularning tarbiyalovchi faoliyatida aks etadi (bilimlar ko‘lami va kutilmalar darajasi, qarashlarning o‘ziga xosligi va e’tiqodlari, bola rivojlanishi xususiyatlari va uni belgilovchi omillar haqidagi tasavvurlar misolida) va ularning xulq-atvorida aks etadi. Bu esa o‘smir shaxsidagi u yoki bu xususiyatlarning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalarning bunday qarashlari, tasavvurlari va kutilmalari o‘smirlar bilan muloqotda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar sotsiumi uchun baholash oiladagi baholashdan keskin farq qiladi. Juda ko‘p o‘smirlar o‘quv muassasalariga, o‘quv faoliyatiga, shuningdek, o‘qituvchilar ommasiga salbiy munosabatda bo‘ladilar. Maktab o‘quvchilari - tarbiyasi qiyin o‘smirlarning psixik rivojlanishlari xususiyatlari va darajalarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, aksariyat dezadaptatsiyaga moyil o‘smirlarda xotira mahsuldorligining pastligi, mexanik eslab qolishning ustun turishi, umumlashtirishning konkret va funksional darajalari ustunlik qilishi, abstrakt fikrlashning yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadilar. Bundan tashqari past darajadagi mehnatga layoqatlilik, tez charchab qolish hollari ham bunday toifadagi o‘smirlarga xosdir. Bu omillar o‘quv ko‘nikma va malakalarining yetarli darajada shakllanmasligidagi sabablardan biridir. O‘qishdagi doimiy qiyinchiliklar, muvaffaqiyatsiz-lik vaziyatiga tez-tez tushib qolish o‘qishga bo‘lgan ijobiy motivatsiyaning pasayib ketishi va mazkur o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini qabul qila olmaslikka olib keladi. Albatta bunday holatlarni bartaraf etish uchun esa yetarli darajadagi psixologik kompetentlik talab qilinadi.
Yuqoridagilarga asoslanib xulosa sifatida aytish mumkinki, barcha tarbiyasi qiyin o‘smirlarda refleksiv faoliyatning yetarlicha rivojlan-maganligi yaqqol sezilib turadi. Zero, bugungi o‘smirdan shaxslilik xususiyatlari, muvaffaqiyatli muloqot, umuminsoniy sifatlar va tashqi ko‘rinish hisobiga o‘zini qabul qilish darajasining ortishi talab qilinadi. Bundan tashqari “Men timsoli” korreksiyasi texnologiyasi va tarbiyasi qiyin o‘smirlardagi deviant xulq-atvorni boshqarish tizimi ta’lim sub’ektlari muvaffaqiyatiga psixologik-pedagogik hamrohlik qilishni ko‘zda tutadi. Bu jarayonda esa har bir pedagogning psixologik kompetentligi darajalarini aniqlash bilan bog‘liq holatlar chuqur o‘rganilishi va tahlil qilinishini lozim, deb o‘ylaymiz.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling