Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universtiteti


Download 0.59 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#230653
Bog'liq
2 pallali moluska


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universtiteti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

103-guruh ta’labasi Aziza Toirova

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Ikki pallalilar sinfi: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi,

xilma-xilligi va iqtisodiy ahmiyati.

Toshkent-2021



Reja:

  1. Ikkipallailar sinfi vakillari tuzilishi

  2. Ikkipallailar sinfi vakillari ko’payishi va rivojlanishi

  3. Ikkipallailar sinfi vakillari xilma-xilligi va ahamiyati

PLASTINKAJABRALILAR (LAMELLIBRANCHIA), YA’NI IKKIPALLALILAR (BIVALVIA) SINFI

Plastinkajabralilar chig‘anog‘i ikkita palladan iborat bo‘lib, tanasini ikki yon tomondan qoplab turadi. Boshi bo‘lmaydi. Oyog'i ponasimon. Plastinkasimon jabralari mantiya bo‘shlig‘ida oyog‘ining ikki yonida joylashgan. 15 mingdan ortiq turi ma’lum. Ko‘pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi. Tashqi tuzilishi. Tanasi cho‘ziq, ikki yondan siqilgan, bilaterial sirametriyali; gavda va oyoq bo‘limiga ajraladi; boshi reduksiyaga uchragan. Ponas'mon oyog‘i qorin tomondan chiqib turadi. Oyog‘ini suv tubiga tirab, gavdasini asta-sekin tortib olishi orqali juda sekin harakatlanishi mumkin. Harakatlanmasdan biror substratga yopishib olib yashaydigan vakillarining oyog‘i rudimentär bo‘ladi (midiyalar) yoki butunlay yo‘qolib ketadi (ustritsalar). Ko‘pchilik harakatsiz mollyuskalar oyog‘ining ostki yuzasiga bissus bezlarining yo‘li ochiladi. Bezlar ajratib chiqargan suyuqlik suvda qotib, ipakka o‘xshash pishiq tolali bissus iplarini hosil qiladi. Bu tolalar yordamida mollyuska suv ostidagi narsalarga mahkam yopishib oladi. Ayrim tuban plastinkajabralilar (Protobranchia turkumi)ning oyoqlari xuddi qorinoyoqlilarga o ‘xshash yassi bo‘lib, sirpanib harakat qiladi. Mollyuskaning tanasi man- 5 tiya bilan qoplangan. Mantiya ikkita burma shaklida tanasining ikki yonidan osilib turadi. Bu burmalar bilan mollyuska tanasi o‘rtasidagi mantiya bo‘shlig‘ida oyog'i va jabralari joylashgan. Mantiya burmalari orqa tomondan bir-biriga qo'shilib ketgan, oldingi vakeyingi tomonining uchlari erkin bo‘ladi. Ko‘pincha mantiya burmalarining cheti bir necha joydan tutashishi natijasida mantiya bo‘shlig‘i teshiklari hosil bo‘ladi. Ko'pchilik xollarda mantiya burmachalarining ikki joydan tutashib, uchta mantiya teshik hosil bo‘ladi. Ulardan ikkitasi ustki va ostki teshiklar torroq, uchinchi teshik ancha keng bo‘ladi. Ostki teshik kirish sifoni bo‘lib, u orqali mantiya bo‘sh!ig‘iga suv bilan birga oziq moddalar va kislorod kiradi. Ustki teshik - chiqarish sifoni orqali suv va oziq qoldiqlari chiqib ketadi. Qorin qismining oldida joylashgan keng teshikdan oyog‘i chiqib turadi. Qumda ko‘milib yashaydigan turlarining kirish va chiqarish sifoni nayga o ‘xshash uzun bo‘ladi. Sifonlar qumdan chiqib turadi. Shuning uchun mantiya bo'shlig'iga doimo toza suv kelib turadi. Mantiya burmalarining sirtidagi epiteliy hujayralari chig'anoq hosil qiladi. Ikkala chig‘anoq mollyuska tanasini yon tomondan qoplab turadi. Ko‘pchilik vakillarida chig‘anoqning ikkala pallasi ham bir xil kattalikda bo‘ladi. Yopishib yoki suv tubida harakatsiz hayot kechiradigan mollyuskalaming ostki va ustki chig ‘anoqlarining shakli va kattahgi har xil bo'ladi. Ba’zi mollyuskalar, masalan kema qurtining chig‘anog‘i reduksiyaga uchrab, tanasining faqat kichik bir qismini yopib turadi. Chig‘anoqdagi halqalar soni mollyuska yoshiga mos keladi. Ikki pallalilaming chig‘anog‘i pallalari orqa tomondan elastik moddadan iborat ligament pay va maxsus qulf yordamida tutashgan. Ligament pay chig‘anoq pallalarini qiya ochilib turishiga imkon beradi; qulf esa birining chuqurchasiga ikkinchisi kirib turadigan tishsimon ikkita o'simtadan iborat. Chig‘anoq pallalari bitta yoki ikkita muskullar yordamida yopiladi. Muskul tolalari chig‘anoqnnng bir pallasidan ikkinchisi tomonga cho'zilgan. Mollyuskalar o'lgandan so‘ng ham saqlanib qoladigan diig'anoqlarda bu muskullaming izini ko‘rish mumkin. Muskullar qisqarganida chig'anoqlar yopiladi. Muskullar bo‘shashganida esa ligamentning elnslikligi tul'ayli chig'anoqlar o ‘z-o‘zidan ochilib ketadi. Chig'anoq iiiimliy« bimnalarida joylashgan bezlar ajratib chiqaradigan sekret hisohitlan yirikliishadi. (Jislula odatda mollyuskalaming o'sishi to‘xtaganligi siibnbli c'hifj,'iiii(H|(ln yillik l)jil(|alar hosil bo'ladi.

Ikki pallalilaming chig'anog’i uch qavatli. Eng sirtki qavali perioslrtikum oiganik modda koiixiolindan, uning ostidagi o'rta qavat esa ohak moddadan, eng ichki qavat sadafdan iborat. Sadaf k o ‘p qavatli juda yupqa ohak yaproqchalar hamda ularning orasida joylashgan konxiolindan hosil bo‘ladi. Sadafqavatni, shuningdek, chig'anoqning o‘zini hamda marvariddorlarda hosil bo‘ladigan marvaridni ham mantiya epiteliysi ishlab chiqaradi. Chig'anoq bilan mantiya epiteliysi orasiga biror yotnarsa, masalan, qum zarrasi yoki o ‘lik hujayralartushib qolganida yot narsa atrofiga mantiya sadaf ishlab chiqara boshlaydi. Sadaf tobora yiriklasha borib, marvaridga aylanadi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Og'iz teshigi gavdasining oldingi uchida oyog'ining ustida joylashgan. Og'izning ikki yonidaikkita parraklari bor. Bu parraklarni hilpillovchi kipriklar qoplagan. Kipriklarning yelpinishi ta’sirida oziq zarralari suv bilan birga og‘iz teshigiga yaqinlashadi. Og‘iz teshigidan oziq qisqaqizilo'ngach orqali oshqozongatushadi. Oshqozonga jigar yo‘li ochiladi. Oshqozonning keyingi tomoniga bir uchi yopiq xaltaga o'xshash o'simta ham ochiladi. Bu o'simta ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oziq qisman hazm bo'ladi. 0 ‘rta ichak oshqozondan boshlanadi; bir necha marta buralib, tananing keyingi qismidakeyingi ichakka ulanib ketadi. Keyingi ichak yurak qorinchasini teshib o'tadi va keyingi tomonda orqa chiqarish teshigi bilan tamom boiadi.



Ikki pallalilaming bosh qismi reduksiyaga uchraganligi sababli ovqat liazm qilish sistemasining bosh bo‘limiga tegishli qismlari bo'lmaydi. Ikkipullalilar passiv oziqlanadi. Ulaming ozig‘i suvdamuallaq holda bo‘ladigan luu xil /.arrachalar - detrit, plankton organizmlar va bakteriyalardan ibol al. O/.iq suv bilan birga mantiya bo‘shlig‘i orqali o ‘tib, og‘izbo‘shlig‘ida lilliianadi. Nalus olish sistemasi. Jabralar odatda ikkita ktenidiylardan iborat l)()‘lil), itiunliyal)o'slilig‘idai)yog‘iningikkiyonidajoylashgan. Soddatuzilgan vukillm iniiiH ktcnidiylari ikki tom onlam ayelpig‘ichli bo ‘lib,um um iy o'q d an va ikki qalor juylasli^au yapm qchalardan iborat. Ipsim on jabralilarning yaproqclialari juda u/.uii ipclialai shaklida b o ‘ladi.

Qon yaylanish sistemasi yurak va qon tomirlaridan iborat. Yuragi tanasining orqa tomonida, yurakoldi xaltasi (perikardiy)da joylashgan. Odatda yuragi bitta qorinchadan va ikkita boimachadan iborat. Yurak boimachalari soni jabralar soniga mos keladi. Ayrim tuban ikkipallalilar, masalan, Area urug‘i turlarining yuragi ikkita bo‘ladi. Boshqa ikkipallalilarda yurak embrional rivojlanishda dastlab ikkita boiadi; keyinchalik bu ikkala yurak keyingi ichakni o'rab olib qo'shilib ketadi va yagona yurakni hosil qiladi. Shuning uchun ham keyingi ichak go‘yo yurak qorinchasini teshib o ‘tgandek boiib ko'rinadi. Yurak qorinchasidan ikkita yirik oldingi va keyingi aorta chiqadi. Oldingi aorta ichak ustida joylashgan; undan qon ichki organlar, oyoq va mantiyaning oldingi qismigaboradi. Keyingi aorta ichakning ostki tomonida joylashgan boiib, ikkita orqa mantiya arteriyalariga ajraladi. Qon arteriyalardan biriktiruvchi to‘qimalardagi lakunlarga, u yerdan esa perikardiy ostida joylashgan venozlakunlarigao'tadi. Lakunlardan qonjabratomirlariga keladi; u yerdan jabra kapillyarlariga o ‘tib oksidlangach, jabralardan qaytadigan tomirlar orqali yurak boimalariga quyiladi. Ayirish sistemasi. Plastinkajabralilaming ayirish sistemasi metanefridiyga o ‘xshash tuzilgan. Bir juft buyraklar tanasining keyingi ikki yonidajoylashgan. Ularkengnaysimon xaltachalardan iborat boiib, nayning biruchi perikardiyga, ikkinchisi -mantiya bo‘shlig‘igaochiladi. Ayirishda peiikardiy ham ishtirok etadi. Uning devorida perikardial bezlar bo‘ladi. Bu bezlai' ba’zan perikardiydan ikkita xalta shaklida ajralib chiqqan kiberov organini hosil qiladi. Bu organ perikardiy bilan teshik orqali bog'langan. Bezlar ishlab chiqargan moddalar dastlab perikardiyga, undan buyrak orqali tashqi muhitga chiqariladi. Nerv sistemasi. Plastinkajabralilaming faqat 3 juft nerv gangliylari bor. Ular serebroplevral gangliylar qizilo‘ngach ustida, pedal gangliylaroyogida, uchinchisi - visseropariyetal gangliylar tanasining keyingi qismida chig ‘anoq muskuli ostida joylashgan. Gangliylar - komissuralar orqali birbiri bilan bog'langan. Nerv tugunlari ichki organlar, osfradiylar vajabralami innervatsiya qiladi. Serebroplevral nerv gangliylari serebral va plevral nerv gangliylarining qo'shilishi natijasidakelib chiqqan. Tuban ikkipallalilar (Protobranchia) da serebral va plevral nervlar qo'shilmagan boiadi. Sezgi organlari. Plastinkajabralilar suv tubidagi loyga ko'milib olib, passiv hayotkechiradi. Shuning uchun sezgi organlai'i yaxshi rivojlanmagan. Jabralar asosida kimyoviy sezgi organ osfradiy va pedal gangliylari yaqinida ikkita statotsistjoylashgan. Ko‘zlari vapaypaslagichlaribo‘lmaydi. Ayrim vakillari, masalan, taroqchalar (Pecten) va yurakcha (Cardium) mantiyasi chetlarida yoki sifonlari yaqinida ikkilamchi ko'zchalar paydo bo'Igan. Taroqchada bunday ko'zchalar soni bir necha yuztaga yetadi. Og‘iz oldidagi parrakchalar va mantiyasi chetida yoki sifonlar yaqinida joylashgan paypaslagichsimon o ‘simtalari tuyg‘u vazifasini o‘taydi. Jinsiy sistemasi. Juda ko‘pchilik vakillari ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm ko‘zga tashlanmaydi. Bir juft jinsiy organlari, tanasining oldingi qismida joylashgan. Tuxum va urug‘ yo‘llari oyog‘i asosida tashqariga ochiladi. Birmuncha sodda tuzilgan vakillarida tuxum va urug‘ yo‘li bo‘lmaganligi tufayli jinsiy bezlari buyrakka ochiladi. Rivojlanishi. Tuxumi ko‘pinchatashqi muhitdaurug‘lanadi. Lichinkasi troxofora. Chig‘anog‘i dastlab plastinka shaklida troxofora lichinkasi orqa tomonida shakllanadi; keyinroq o ‘rta chizig‘idan bukilib, bu joyda ligament hosil qiladi. Troxofora bir qancha o ‘zgarishlardan so‘ng hamma dengiz mollyuskalari uchun xos bo'lgan yelkanli lichinka veligerga aylanadi. Veliger ikkipallali chig‘anog‘i orasidan yelkanini chiqarib suzib yuradi. Vcligerning tuzilishi voyaga yetgan mollyuskaga juda o‘xshab ketadi. Uning hoshlang ‘ich oyog‘i, mantiyasi, nerv gangliylari, oshqozoni, jigari va boshqa organlari rivojlangan; lekin ayirish sistemasi protonefridiylar shaklida bo'ladi. Vaqt o ‘tishi bilan lichinka suv tubigacho‘kib, turli predmetlarga yopishib oladi va voyaga yetgan mollyuskaga aylanadi. Chuchuk suv plastinkajabrahlarining rivojlanishi birmuncha boshqacha boradi. Baqachanoq tuxumlarini jabra yaproqchalari orasiga qo‘ydi. Tuxumdan ikki pallali lichinka gloxidiy chiqadi. Uning ikkipallali chig‘anog‘i qorin tomonining qirrasida uchi qayrilgan bir juft tishchasi bo'ladi. Chig‘anoq pallalari yumaloq shaklda, muskuli bitta, jabralari bo'lmaydi. Oyog‘i yaxshi rivojlanmagan. Qorin tomonida bissus bezlaridan uzun va yopishqoq bissus iplari chiqib turadi. Yonidan baliq suzib o'tayotganini sezgan baqachanoq lichinkalarini chiqarish sifonidan suvga chiqarib yuboradi. Gloxidiy bissus ipi va chig‘anog‘idagi tishchalari yordamida baliqlaming jabrasiga va suzgich qanotlariga yopishib oladi. Terming qitiqlanishi tufayli lichinka yopishgan joyda epiteliy o ‘sib, uni qoplab oladi. Lichinka baliq tanasi bilan oziqlanib, asta-sekin yosh mollyuskaga aylanadi. Teridagi shish yorilib, mollyuska suv tubiga tushadi. Parazitlik davrida lichinka o ‘z xo‘jayini hisobidan oziqlanish bilan birga undan tarqalish uchun ham foydalanadi. Ekologiyasi. Mollyuskalar kam harakat qiladigai hayvonlar bo‘lib, ko‘pincha suv tubidagi loyqada yashaydi. Bir qancha turlari bissus iplari yordamida suv tubidagi narsalarga yopishib oladi. Ular mantiya bo‘shlig‘i orqali juda ko‘p suvni filtrlab o‘tkazadi. Shuning uchun plastinkajabralilar suvni tabiiy tozalab beruvchi biofiltratorlar hisoblanadi. Ayrim plastinkajabralilar oyoq bezlari toshlarni erita oladigan suyuqlik ishlab chiqaradi. Ular bu bezlar yordamida toshlarni teshib, uning chuqurchasiga kirib oladi. Toshteshar mollyuskalar Pholas, Lithophaga avlodlarida uchraydi. Ahamiyati, Xalq xo‘jaligida ustritsalar, dengiz taroqchalari, midiyalar, sadafdorlar va marvariddorlar katta ahamiyatta ega (109, 110-rasmlar). Ustritsalar (Ostrea) dengiz tubida yopishgan holda hayot kechiradi. Chig‘anog‘i asimmetrik tuzilgan. Chig‘anog‘ining substraíga yopishgan qavariq pallasi ustki pallasiga nisbatan yirikroq. Ustritsalar dengizning sayoz joylarida ayniqsa ko‘p to‘planib, ustritsa bankalarini hosil qiladi. Bir qancha mamlakatlarda ustritsao‘stiriladigan xo'jaliklar tashkil etilgan. Ulaming go‘shti vitaminlarga boy mahsulot sifatida iste’ mol qilinadi. Angliy a, Fransiy a, AQSH va Yaponiya kabi mamlakatlarda ustritsalar ko‘p miqdorda ovlanadi. Dengiz taroqchalari (Pecten) dengiz tubida yashaydi, lekin substraíga yopishib olmaydi. Chiroyli doirasimon shakldagi chig‘anog‘i sirtida radial chiziqlartortilganbo‘ladi. Xavf sezganida mollyuska chig‘anog‘ini zarb bilan yopadi. Chig‘anoq ichidan otilib chiqqan suv uni ko'tarib tashlaydi, ya’ni u bir sakrab tushadi. Dengiz taroqchalari go‘shtidan konservalar tayyorlanadi; ular uzoq Sharq dengizlarida ko‘p uchraydi. Midiyalar (Mytilus) chig‘anog‘i qoramtir tusda; ulardan biri tekisroq, ikkinchisi esa qavariq bo'ladi. Mollyuskalar bir dasta bissus ipchalari yordamida substraíga yopishib oladi. Midiyalaming go‘shti chorva mollari oziqasiga qo‘shib beriladi. Midiyalar ham ustritsalar singari maxsus xo‘jaliklarda ko‘paytiriladi.

0 ‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlaming daryo va ko ‘llarida baqachanoqlar (Anadonta) uchraydi. Ulaming chig‘anog‘i cho'ziq oval shaklda, yashil-qo'ng'ir rangli, Chig‘anog‘ining ikkala tavaqasi bir xil kattalikda bo‘lib, ligament pay orqali tutashgan, tishchali qulfi esa bo‘lmaydi. Baqachanoq ponaga o ‘xshash oyog‘ini suv tubidagi loyga tirab harakat qiladi. Uning go‘shtini chorva mollari oziqasiga qo‘shib berish mumkin. Sadafdorlar (Unio)ning chig'anog'i cho'ziq va qalin bo‘lib, sadaf tugmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Sadafdorlar Yevropa va Shimoliy Amerikaning chuchuk suvli ko‘llari va daryolarida tarqalgan. Deniz marvariddorJari (Pinctada) Qizil dengiz, Hind va Tinch okeanlarida 5-15 m chuqurlikda yashaydi. Yaponiya va boshqa ayrim davlatlarda marvariddorlami dengizda maxsus to'r xaltaga solib ko‘paytiriladi. Shimoliy daryolarda chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) uchraydi. Ular hosil qilgan marvaridlar dengiz marvaridlariga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Plastinkajabralilarorasida zararkunanda tutiari ham uchraydi. Yevropa va Osiyoning chuchuk suvli va sho'rlangan suv havzalarida dreysenalar (Dreissena) keng tarqalgan. Ular bissus ipchalari yordamida suv ostidagi narsalarga yopishib oladi. Ayrim suv havzalarida dreyssenalar juda tez ko‘payib ketib, suv inshootlarini izdan chiqaradi. Ular shlyuzlarga yopishishi, quvurlarga kirib qolishi natijasida suv o'tkazish sistemalarini izdan chiqarishi, murdasi esa ichimlik suvni ifloslantirishi mumkin. Orol dengizida Dreissena polymorpha uchraydi.



Yog‘och inshootlariga kema qurti (Teredo navalis) katta ziyon keltiradi. Uning tanasi uzun chuvalchangsimon; kuchli reduksiyaga uchragan chig‘anog‘i ikkita yaproqcha shaklida tanasining oldingi qismida saqlanib qolgan (111-rasm). Chig‘anog‘i yordamida mollyuska kemalarning suvosti qismlaridagi yog‘ochni va portlardagi yog'och inshootlami teshib, kirib oladi. Kema qurti Qora dengiz va Uzoq Sharq dengizlarida ham tarqalgan. Plastinkajabralilar sinfi birlamchijabralilar (Protobranchia), ipsim onjabralilar (Fillibranchia), haqiqiy plastinkajabralilar (Eulamellibranchia), to'siq jabralilar (Septibranchia) turkumlariga ajratiladi. Birlamchijabralilar ancha mayda va sodda tuzilgan. Ularga shimoliy dengizlarda uchraydigan Joldia va Nucula misol bo‘ladi. Ipsimon jabralilarning jabra yaproqchalari ipga o ‘xshash uzun. Ularga keng tarqalgan midiyalar, dengiz taroqchalari, ustritsalar, dengiz marvariddorlari misol bo‘ladi. Haqiqiy plastinkajabralilaming jabralari ikki qavatpanjaragao‘xshash tuzilgan. Ular plastinkajabralilar orasida ko‘pchilikni tashkil etadi. Asosiy vakillari: dreyssenalar, chuchuk suv marvariddorlari, sadafdor, baqachanoq, kema qurti va toshtesharlar (Pholas). Tropik dengizlarda uchraydigan eng yirik mollyuska tridakna (Tridacna) chig‘anog‘i uzunligi 1,35 m gacha, og'irligi 250 kg dan ham ortadi. To ‘ siqjabralilar dengizning ancha chuqur qismida yashaydi. Jabralari reduksiyaga uchragan. Mantiya bo ‘ shlig ‘i muskulli to ‘ siq yordamida ikkiga ajralib turadi. Gaz almashinuv mantiyaning yuqori qismida sodir bo‘ladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling