Ntonatsiya Intonatsiya
Download 62 Kb.
|
ntonatsiya
ntonatsiya Intonatsiya-og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Intonatsiya fonetik-fonologik tizimning supersegment birligi sanaladi, uni O‘rganuvchi soha esa i n t o n o l o g i ya yoki p r o s o d i k a (prosodiya) deyiladi. Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma`lum intonatsiya bilan qo‘shilib, qorishib yuzaga keladi, nutqning toni, sur`ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo‘lmaydi, har bir gapning o‘ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi, Nutq melodikasi. Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko‘tarilishi va pasayishi nazarda tutiladi. Bu jarayon gap tarkibidagi bo‘g‘inlarda qo‘llangan unli tovushlarning baland yoki past talaffuz etilishiga asoslanadi. Tabiiyki, gapdagi barcha bo‘g‘inlar bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg‘u va hokazolarga) qarab o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham darak, so‘roq va buyruq gaplarning yoxud emotsional va emotsional bo‘lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas. Nutq ritmi – urg‘uli va urg‘usiz, cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlarning qo‘llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi. Nutq ritmining badiiy yoki ifodali o‘qishda, shuningdek, she`riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta`minlashda ahamiyati katta, band ritmi, alliteratsiya ritmi, anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta`minlovchi muhim vositalar sanaladi. Temp – sur`at, daraja, tezlik. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo‘laklari, ularning orni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta`sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo‘ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi. So‘roq gapda eganing tezligi darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo‘ladi, kesim tezligi esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so‘z tezligi keskin pasayadi. Nutq intensivligi - talaffuzning kuchli va kuchsiz bo‘lishi. Nutq intensivligi, odatda, nafas chiqarishning kuchayishi yoki kuchsizlanishiga asoslanadi. Masalan, xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo‘ladi. Nutq tembri – tovushning bo‘yoqdorligi. Bunday bo‘yoqdorlik asosiy ton va qo‘shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqib, nutqning ta`sirli, quvnoq, o‘ynoqi yoki, aksincha, ma`yus, g‘amgin bo‘lishini ta`minlaydi. Pauza – nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor, sintaktik pauza gap bo‘laklarini belgilash funktsiyasini bajaradi. nosintaktik pauza esa so‘zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi. Izoh Logik urg‘u va emfatik urg‘ular ham, aslida, intonatsiya bilan bog‘liq hodisalardir, ammo ular urg‘ular tizimiga ham dahldor, shu bois ularni darslikning aktsentuatsiyaga oid bo‘limida ko‘rish ma`qul topildi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling