Ntonatsiya Intonatsiya


Download 62 Kb.
bet9/9
Sana07.04.2023
Hajmi62 Kb.
#1339326
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ntonatsiya

Orfografik belgilar - to‘g‘ri yozish normalarini ta`minlashda qo‘llanadigan maxsus 
noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi 

(defis) mavjud, defis juft va takroriy so‘zlar orasiga qo‘yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq) 


chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko‘p-ko‘p kabi. 
Izoh 5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis logogramma vazifasida 
qo‘llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi -inchi (-nchi) morfemasini (ma`noli 
qismni) ifodalaydi. 
Signalizatorlar - O‘z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo‘lmagan, ammo 
sintagmatik planda o‘zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo‘shma grafema (digraf) hosil 
qiladigan belgilar. O‘zbek alifbosidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari (diakritik harflar) 
ana shunday signalizatorlar sanaladi. Chunonchi, ayirish belgisi ta`na, me`mor, mo‘tabar kabi 
arabcha leksik o‘zlashmalarda a`, e`, o‘` kabi digraflarning tarkibiga kiradi va «a», «e(e)», «o‘» 
unlilarining orqaroq artikulyatsiya bilan cho‘ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi. yumshatish 
belgisi esa al`bom, vol`t, ul`tratovush, oktyabr`, sentyabr` kabi so‘zlarda l` va r` digraflari 
tarkibida qo‘llanib, l va r undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligini bildiradi. 
Ba`zan O‘z referentiga ega bo‘lgan monograflar ham digraf tarkibida qo‘shimcha 
vazifani – signalizatorlik funktsiyasini bajarishi mumkin. Masalan, i, e, yu, ya monograflari tip, 

telegraf, syurpriz, sentyabr` kabi ruscha leksik o‘zlashmalarda ti, te, syu, tya  digraflari tarkibiga 
kiradi va O‘z referentlarini (i,e,u,a fonemalarini) ifodalash bilan birga, o‘zidan oldin qo‘llangan t 
va s harflari orqali ifodalangan tovushlarning yumshoqligiga ham ishora qiladi (shuning uchun 
bu tipdagi grafemalar faqat strukturasiga ko‘ra emas, balki funktsiyasiga ko‘ra ham murakkab 
grafik belgilar sanaladi.) 
Harflarning bosma turlariga xos shrift ranglari (qora, yarim qora, och rang), shakllar 
(masalan, kursiv) va usullar (masalan, harflarning razryadka bilan terilishi) ham grafikada 
signalizatorlar deb baholanishi mumkin, chunki ular bosma matnning ayrim elementlari yoki 
qismlarini alohida ta`kidlash funktsiyasini bajaradi. 
O‘z xususiyatiga ko‘ra apostrof (tutuq belgisi) ham signalizatorlarga yaqin turadi, chunki 
unda «ishora qilish» funktsiyasi ustundir. Bu belgi rus grafikasiga asoslangan O‘zbek yozuvida 
19O‘6 yilgacha qo‘llangan (ma`no, ra`no, mO‘`jiza, e`lon kabi). 19O‘6 yildan boshlab 
apostrofning ornida ayirish belgisi (`) ishlatimoqda, ma`no, ra`no, mO‘`jiza, e`lon kabi. hozirgi 
paytda bu belgi faqat Janna d`Ark, d`Alamber, d`Artanyan kabi frantsuzcha nomlarni O‘zbek 
tilidagi matnda berish kerak bo‘lgandagina ishlatiladi.
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling