Ntonatsiya Intonatsiya
Download 62 Kb.
|
ntonatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Signalizatorlar
Orfografik belgilar - to‘g‘ri yozish normalarini ta`minlashda qo‘llanadigan maxsus
noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi (defis) mavjud, defis juft va takroriy so‘zlar orasiga qo‘yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq) chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko‘p-ko‘p kabi. Izoh 5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis logogramma vazifasida qo‘llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi -inchi (-nchi) morfemasini (ma`noli qismni) ifodalaydi. Signalizatorlar - O‘z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo‘lmagan, ammo sintagmatik planda o‘zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo‘shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar. O‘zbek alifbosidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari (diakritik harflar) ana shunday signalizatorlar sanaladi. Chunonchi, ayirish belgisi ta`na, me`mor, mo‘tabar kabi arabcha leksik o‘zlashmalarda a`, e`, o‘` kabi digraflarning tarkibiga kiradi va «a», «e(e)», «o‘» unlilarining orqaroq artikulyatsiya bilan cho‘ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi. yumshatish belgisi esa al`bom, vol`t, ul`tratovush, oktyabr`, sentyabr` kabi so‘zlarda l` va r` digraflari tarkibida qo‘llanib, l va r undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligini bildiradi. Ba`zan O‘z referentiga ega bo‘lgan monograflar ham digraf tarkibida qo‘shimcha vazifani – signalizatorlik funktsiyasini bajarishi mumkin. Masalan, i, e, yu, ya monograflari tip, telegraf, syurpriz, sentyabr` kabi ruscha leksik o‘zlashmalarda ti, te, syu, tya digraflari tarkibiga kiradi va O‘z referentlarini (i,e,u,a fonemalarini) ifodalash bilan birga, o‘zidan oldin qo‘llangan t va s harflari orqali ifodalangan tovushlarning yumshoqligiga ham ishora qiladi (shuning uchun bu tipdagi grafemalar faqat strukturasiga ko‘ra emas, balki funktsiyasiga ko‘ra ham murakkab grafik belgilar sanaladi.) Harflarning bosma turlariga xos shrift ranglari (qora, yarim qora, och rang), shakllar (masalan, kursiv) va usullar (masalan, harflarning razryadka bilan terilishi) ham grafikada signalizatorlar deb baholanishi mumkin, chunki ular bosma matnning ayrim elementlari yoki qismlarini alohida ta`kidlash funktsiyasini bajaradi. O‘z xususiyatiga ko‘ra apostrof (tutuq belgisi) ham signalizatorlarga yaqin turadi, chunki unda «ishora qilish» funktsiyasi ustundir. Bu belgi rus grafikasiga asoslangan O‘zbek yozuvida 19O‘6 yilgacha qo‘llangan (ma`no, ra`no, mO‘`jiza, e`lon kabi). 19O‘6 yildan boshlab apostrofning ornida ayirish belgisi (`) ishlatimoqda, ma`no, ra`no, mO‘`jiza, e`lon kabi. hozirgi paytda bu belgi faqat Janna d`Ark, d`Alamber, d`Artanyan kabi frantsuzcha nomlarni O‘zbek tilidagi matnda berish kerak bo‘lgandagina ishlatiladi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling