Ntonatsiya Intonatsiya
Download 62 Kb.
|
ntonatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya)
- Logografemalar
- Pedagogik aspekt
Polisemantik grafema – mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan
fonografema. Sintetik grafema – nutq oqimida bir yo‘la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Grafik simmetriya (fonetik-grafik simmetriya) – so‘z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo‘lishi («bir tovushga bir harf» munosabatining ta`minlanishi). Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya) – so‘z tarkibida O‘zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o‘rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi. Grafik sinonimiya – shakli har xil bo‘lgan ikki grafemaning ma`lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi. Prosodemografemalar – yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg‘u belgisi va tinish belgilari). Logografemalar – tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar). Orfografik belgi – to‘g‘ri yozish normalarini ta`minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis). Signalizatorlar - O‘z referentiga ega bo‘lmagan, ammo nutq oqimida o‘zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo‘shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar (ayirish, yumshatish belgilari). Pedagogik aspekt – yozuv tizimining yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari. Estetik aspekt – yozma matnning estetik (go‘zallik, nafislik) jihatlari. Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo‘lgan bilateral` (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin, 1)ifoda plani- J harfining bosma va yozma shakllari (optik-grafik tasviri) J(grafema) 2)mazmun plani- sirg‘aluvchi j (jur- nal so‘zidagi) va qorishiq j (juda so‘zidagi) fonemalari. 1)ifoda plani-so‘roq (?) belgisining optik-grafik tasviri. ?(O‘) (grafema) 2)mazmun plani-so‘roq ohangi (intone- ma, prosodema). 1)ifoda plani-O‘ raqamining optik- grafik tasviri. O‘ (grafema) 2)mazmun plani-olti bilan to‘rt orasidagi miqdor tushunchasi. Yuqorida keltirilgan grafemalardan birinchisi (J grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? (O‘) grafemasi) tinish belgisiga, uchinchisi (O‘ grafemasi)esa raqamga asoslanadi, shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling