Ntonatsiya Intonatsiya
Download 62 Kb.
|
ntonatsiya
noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday
belgilar majmuidan tarkib topadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aktsentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (tabiiy holda) bo‘lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik- akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o‘rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta`minlanadi, har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan paytda) kodlashtirib qo‘yiladi. Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funktsional xususi-yatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol` o‘ynaydi, bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o‘xshaydi, chunki fonemalar ham, ma`lumki, differensial belgilar tufayli fonologik jihatdan relevant xarakterdagi oppozitsiyalarni hosil qiladi, farqi shundaki, fonemalarning differensial belgilari akustik-artikulyatsion faktorlarga tayanadi, grafemalarning differensial belgilari esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, gul va kul so‘zlarining ma`nolarini farqlashda g va k fonemalaridan birin-chisining jarangli, ikkinchisining esa jarangsiz bo‘lishi (akustik tavofuti) tovush tili uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, shu tovushlarni yozuvda ifodalovchi g va k grafemalarining shakliy tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir. Grafemalar O‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizator kabi tiplarga bo‘linadi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling