Ntonatsiya Intonatsiya
Download 62 Kb.
|
ntonatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- analitik grafema
Fonografema tovush tilidagi fonemani ifodalaydi, a fonografemasi a fonemasini, z
fonografemasi z fonema-sini ifodalagani kabi. Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monograf (bir harfli fonografema) va poligraf (ko‘p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflar O‘z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to‘rt harfli shakllarda bo‘lishi mumkin. hozirgi (kirillcha) O‘zbek yozuvida ng, sh, ch digraflari mavjud. Uch yoki to‘rt harf qo‘shilmasidan iborat poligraflar O‘zbek yozuvida yo‘q. Ular Garbiy evropa tillarining yozuv tizimlarida uchraydi. Masalan, nemis yozuvida sh tovushi sch trigrafi bilan, ch undoshi esa tsch poligrafi (to‘rt harf qo‘shilmasi) bilan ifodalanadi. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi 1
mumkin. Chunonchi, O‘zbek yozuvidagi O‘ fonografemasining mazmun planida bitta O‘ fonemasi (O‘zbek tilining lablangan, o‘rta keng unlisi), q fonografemasining mazmun planida bitta q fonemasi (O‘zbek tilining chuqur til orqa q undoshi) kodlashtirilgan. Bular grafemikada monosemantik grafemalar deb nomlanadi. O‘zbek yozuvidagi o va j fonografemalarida esa boshqacharoq holat kuzatiladi, o fonografemasining mazmun planida ikkita fonema- O‘zbek 1 Бу хакда каранг: Гак В.Г. Сравнительная типология французского и русского языков. 3-е издание, доработанное. Москва: "Просвещение", 1989, с.73. tilining quyi keng o unlisi (ota so‘zi boshidagi fonema) va rus tilining o‘rta keng, lablangan o unlisi (tonna so‘zining urg‘uli bo‘g‘inidagi o fonemasi) kodlashtirilgan. J fonografemasining mazmun planida ham ikkita fonema –sirg‘aluvchi J (jurnal so‘zi boshidagi undosh) va qorishiq j (juda so‘zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Bunday fonografemalar grafemikada polisemantik grafemalar deb yuritiladi. Fonografemalarning monograf, poligraf, monosemantik va polisemantik xarakterda bo‘lishi ularning paradigmatik tavsifiga xosdir. Sintagmatik tavsifda (yozma nutq oqimida) esa grafemalarning yana bir qator xususiyatlari borligi ko‘zga tashlanadi. Xususan, ong, ming so‘zlaridagi n va g harflari bir tovushni (sayoz til orqa « «ni), menga, senga so‘z shakllarida esa shu ikki harf bir « «ni emas, ikki tovushni (n va g ni) ifodalamoqda. Shunga ko‘ra, ong, ming so‘zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun), menga, senga so‘z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling