Nutq uslublarining har biriga matn tuzish: Ilmiy uslubga misol


Download 21.31 Kb.
bet1/2
Sana13.10.2023
Hajmi21.31 Kb.
#1701160
  1   2
Bog'liq
Nutq uslublarining har biriga matn tuzish Ilmiy uslubga misol-fayllar.org


Nutq uslublarining har biriga matn tuzish: Ilmiy uslubga misol

Nutq uslublarining har biriga matn tuzish:
1.Ilmiy uslubga misol:
f(x) funksiyaga [a, b] oraliqda o’tirilgan ixtiyoriy urinmaning grafigi f(x) funksiyaning graf(igi tagida yotsa, bu f(x) funksiyamiz [a, b] oraliqda botiq funksiya deyiladi. Aksincha biror oraliqda funksiyaga o’tirilgan urinma funksiyaning grafigidan tepada joylashsa, funksiya shu oraliqda qavariq deyiladi. Bu ta’rifga ko’ra, y = x3 funksiyamiz (-∞, 0) oraliqda qavariq, (0, ∞) oraliqda esa botiq bo’ladi. Funksiyaning qavariq va botiq oraliqlarni ajratib turuvchi nuqta egilish nuqtasi bo’lishiga ko’ra, x = 0 nuqta egilish nuqtasi bo’ladi.


2.Badiiy nutq uslubi:
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand,
Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek…
(O’tgan kunlar. Abdulla Qodiriy)


3.Rasmiy idoraviy uslub:
Men Bekturdiyev Otabek 2021 – yil, 25 – oktabr kuni hisob faniga kech qolib keldim. Darsga soat 11.30 da o’qituvchi kelgan edi, men esa 11.45 da keldim va “Yo’q” oldim. Kechikishimning sababi: men universitetga kelishdan oldin shfoxonaga kirgandim. Shu tushuntirish xatim bilan qo’shib bergan shifoxonadan berilgan ma’lumotnoma asosida “Yo’q” ni sababli qilib qo’yishingizni so’rayman.


4.Publitsistik uslub:
Yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun 2021 yil 26 iyun kuni Senat yalpi majlisida ma'qullangan edi. 19 noyabrdagi matbuot anjumanida bu qonunning keyingi taqdiri nima bo‘lgani haqida Kun.uz muxbiri bergan savolga javoban, senatorlar qonun hali Senatga kelib tushmaganini aytdi.
19 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senati a'zolari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi…



Download 21.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling