Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик
Download 1,61 Mb. Pdf ko'rish
|
F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
1 OCHIQ AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIK Oliy o’quv yurtlarining gumanitar yo’nalishlari bakalavrlari uchun darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan tavsiya etilgan Toshkent - 2015 2 F.Mo’minov, T. Eshbekov va boshqalar. Ochiq axborot tizimlarida axborot- psixologik xavfsizlik. Darslik.-T.:JIDU, 2015. – 196 bet. Dunyoning etakchi olimlari e’tirof etishlaricha, bugungi kunda sayyoramiz yagona global qishloq, xonadonga aylanib qolgan: u erdagi har bir narsadan hamma xabardor. Va bunda asosiy rolni qudratli ommaviy axborot vositalari, axborot-aloqa texnologiyalari va ularga egalik qiluvchi davlatlar o’ynagan va o’ynamoqda. Shundan foydalanib, ular bu xonadonda o’z qadriyatlari, turmush tarzini joriy etishga zo’r berishayapti. Tabiiyki, o’ziga xos qadimiy va boy milliy madaniyat, urf-odat va an’analar sohibi bo’lgan, lekin yuqorida aytilgan imkoniyatlar bobida hozircha qo’llari kaltalik qilayotgan va umuman, o’z turmush tarzini boshqalarga tiqishtirish niyatidan yiroq, milliy-ma’naviy erkin hayotni ko’zlagan xalqlar bundan jiddiy havotirga tushmoqdalar. Shu bois ular jamiyati, davlati, har bir fuqarosini bunday xurujlardan himoya qilishni o’z burchlari deb bilishadi. Bu borada mamlakatimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ilk bora yaratilgan mazkur darslikda bu jabhada xalqaro maydonda shiddat bilan davom etayotgan axboriy kurashning murakkab xususiyatlari va ularga qarshi turishning muhim vazifalari, usul va uslublari, yo’llari haqida so’z yuritilgan. Darslik oliy o’quv yurtlari gumanitar yo’nalishlari ikkinchi bosqich bakalavrlariga, ushbu muammoga qiziqadigan keng doiradagi kitobxonlarga mo’ljallangan. Mas’ul muharrir: Taqrizchilar: siyosatshunoslik fanlari doktori Q.A. Jo’raev, filologiya fanlari doktori X. N. Do’stmuhammedov, “Fan va texnologiya”, 2015. Download 1,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling