Ogahiyning ruboiylari tahlili


Download 19.61 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1501872
  1   2   3   4
Bog'liq
Ogahiy Ruboiylari tahlili,til va adabiyot


Ogahiyning ruboiylari tahlili
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish:arab tili yo’nalishi
(arab-ingliz) guruhi 1-bosqich talabasi Shahobiddin
Yo’ldoshev
Til va adabiyot, til nazariyasi muammolari yo‘nalishi
. Ilmiy rahbar f.f.d.,dots.Muxiddinova D.
Annotatsiya
Ushbu maqola mohir tarjimon,shoir va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiyning ayrim ruboiylari tahliliga bag’ishlangan.Maqolada shoir ruboiylarining tuzilishi,she’riy san’ati va ma’naviy jihatlari ilmiy asosda yoritilgan. O’zimga qiziq bo’lgan ba’zilari;Adib ijodi haqida ham yetarlicha xulosalar bor.
Kalit so’zlar:Zohid,kom,ixlos,nido,irsoli masal,tanosub.
Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli – Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng “koʻp va xoʻb” sheʼr aytgan shoirlardandir.Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlogʻida (Hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) dunyoga kelgan.Otasi Erniyozbek vafot etgach, yosh qolgan Ogahiyni togʻasi munis oʻz tarbiyasiga oldi. Munis atrofiga toʻplangan ijodkorlar boʻlgʻusi shoir Ogahiy ijodiga katta taʼsir qildi. Ogahiy dastlabki bilimni Munis Xorazmiydan oldi, keyichalik Xiva madrasalarida tahsil koʻrdi. OldinmaktabdakeyinXivamadrasasidatahsilko’rganvaarab,fors,turktillarini puxta egallagan. Ogahiydan boy ijodiy meros qoldi. U madrasada oʻqib yurgan paytlaridayoq “Bayozi mutafarriqai forsiy” nomli bayoz tuzdi. Bu bayozga Jomiy, Navoiy, Hofiz, Sheroziy, Bedil, Fuzuliy gʻazallarini kiritish bilan bir qatorda ularga ergashib yozgan oʻzining oʻn besh gʻazali va ikki muxammasini qoʻshdi. Ogahiy 1872 yilda parokanda boʻlgan badiiy merosini jamlab “Taʼviz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devon tuzib qoldirdi. Madaniyatimizning durdonasi boʻlgan bu devon oʻzbek mumtoz sheʼriyatining 22 janrini oʻz ichiga qamrab olgan1.Tengsiz iste’dod sohibining nasriy ham nazm yo’lida yozilgan asarlari bugungi kungacha o’z dolzarbligini yo’qotmagan.U qoldirgan merosni asrash va uning nomini abadiylashtirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirildi.

Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling