Ogoxlik va xushyorlik-davr talabi


Download 16.81 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi16.81 Kb.
#1273945
Bog'liq
“O`ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ”


O`ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ”
OGOXLIK VA XUSHYORLIK-DAVR TALABI
“Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin. Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik muammosini, avvalo, preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o‘rin tutishi lozim. Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Bu dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi. O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman” SH.MIRZIYOYEV
OGOH BO’L...
Agar ogoh sen shohsen, agar shohsen sen ogohsen. Ogohlik kishining o’z umriga, takdiriga shohlik bilan barobar. Zero, bugunimiz har birmizdan ana shunday ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, turli illatlar urchigan zamonamizda bu nihoyatda muhim. Mamlakatimizda shu maqsadda tashkil etilayotgan profilaktik tadbirlar kishilarda mustaxkam iroda va xuquqiy savodxonlikni shakllantirmoqda desak yanglishmaimiz.
Terrorizm — chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim. SH.MIRZIYOYEV.
LOQAYDLIK – MA’NAVIY XALOKATDIR
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshiga qanchalik ko’p kulfatlar yogdirayotgani hech kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning shakli turli-tuman bo’lib, xozirgi vaqtda xalqaro miqyosda keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-g’oyaviy muammoga aylanib ulgurgan ko’rinishi bu – missionerlikdir.
Xo’sh, missionerlar kimlar? Ular o’z maqsadlarini amalga oshirishda kanday vositalardan foydalanadilar? Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi kishilar o’rtasida boshqa bir din yoki o’zga tuzumni targ’ib etish orqali o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lidagi xarakatdir. Bu xarakat a’zolarining jamiyat xayotiga qanchalik ayanchli ta’sir ko’rsatishini barchamiz yaxshi bilamiz.
Missionerlar xalqaro terrorizm, giyoxvandlik, diniy-ekstremizm, xususan, «Hizbut-tahrir», «Vaxxobizm» ko’rinishidagi ta’sir vositalaridan foydalangan holda ta’lim va xayriya jamiyatlari, targ’ibot-tashviqot muassasalariga o’qituvchi, til o’rgatuvchi, o’zga davlat taomlarini o’rgatuvchi niqoblari ostida suqilib kirib olgan holda o’z harakatlarini amalga oshiradilar. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan so’ng, yurtimizga turli g’oya va mafkuralar oqib kira boshladi. Bu mafkuralar orasida eng ashaddiysi so’zsiz, missionerlik xarakatidir. Missionerlar chet tillarini o’rgatuvchi maxsus kurslarning muallimlari nikobi ostida talabalar yotokxonalariga, savdogar yoki ishbilarmon sifatida bozor va do’konlarimizga, pazandalik sirlarining bilimdonlari bo’lib umumiy ovkatlanish shoxobchalariga, qo’yingki turmushning barcha jabxalariga joylashib olib, o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lida har qanday kichik imkoniyatdan ham foydalanib qolishga intilishadi. Jaxondagi boshqa davlatlardagi kabi yurtimizda ayrim yoshlarning soddadilligi va ishonuvchanligi, e’tiqodi sustligidan foydalanib, xatto ularning moddiy ta’minotini yaxshilashni vada qilib o’z tuzoqlariga ilintirib olishga xarakat qilishmokda.
Tinch aholi orasiga suqilib kirib olib ularni to’g’ri yo’ldan chalg’itish, bir-birlarining o’rtasida gina-adovatlar qo’ztash, ayniqsa, yoshlarni turli norasmiy diniy tashkilotlarga a’zo qilish uchun missionerlar juda ko’plab mablag’larni ajratishmoqda. Bu mablag’larni ular bemor kishilarga moddiy ko’mak, bepul dori-darmon etkazib berish, shartnoma asosida taxsil olayotgan talabaga yordam, turli nolegal nashrlarni chop etib, aholiga bepul tarqatish kabi ishlarga sarflashmokda. Ba’zi ma’naviy-siyosiy jihatdan bilimsiz kishilar bunday tuzoqlarga osongina ilinadilar. Natijada bilib-bilmay o’z xalqi va Vataniga, oilasiga xiyonat kilishgacha borib etadilar.
Istiqlol yo’lini tanlab, bu yo’lda taraqqiyotning o’z modelini yarata olgan O’zbekistonni Demokratik-ma’rifiy tarakkiyot yulidan og’dirishni maqsad qilib olgan mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast kuchlarning borligini ham aslo unutmasligimiz kerak. Diniy niqob ostida mustaqil davlatimizga tashqaridan turib tahdid solayotgan tashqi taxdid kuchlari - aqidaparastlarning xalkimiz ma’naviyatini emirish yo’lidagi urinishlariga qarshi xamjixatlikda kurash olib borish xar bir ongli kishining, elim, yurtim, oilam, ota makonim degan O’zbekistonlikning oliy burchidir.
Download 16.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling