Oila huquqi asoslari
Download 390.5 Kb.
|
Oila huquqi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: OILA HUQUQLARI ASOSLARI. BAJARDI: MIRZAJONOVA MAHMUDA TEKSHIRDI: ____________________
- Oila huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va manbalari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI O`RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA`LIM MARKAZI TOSHKENT VILOYATI O`RTA MAXSUS KASB-HUNAR BOSHQARMASI YANGIYO`L QURILISH VA MILLIY HUNARMANDCHILIK KASB-HUNAR KOLLEJI MAVZU: OILA HUQUQLARI ASOSLARI. BAJARDI: MIRZAJONOVA MAHMUDA TEKSHIRDI: ____________________ OILA HUQUQI ASOSLARI. Reja. 1. Oila huquqi tushunchasi. 2. Nikoh tushunchasi, uni tuzish tartibi va shartlari. 3. Nikoh shartnomasi,er va xotinning shaxsiy, mulkiy huquqlari. 4. Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari. Tayanch iboralar: Oila, ota-ona, farzandlar, oila va davlat, nikoh, nikoh tomonlarining tengligi, er-xotin, nikoh shartnomasi, aliment. Oila huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va manbalari. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur, ajralmas qismidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma`naviy birlashtirish, birgalikda xo`jalik yuritishni ta`minlash, o`zaro yordam ko`rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Oila bolalar to`g`risida g`amxo`rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag`batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oila davlat himoyasiga olingan bo`lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma`naviy munosabatlariga asoslangan birlik. Oila huquqi er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquq tarmog`idir. Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo`lib, o`z mohiyatiga ko`ra ularni huquq yo`li bilan tartibga solib bo`lmaydi. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarshas bog`liqdir.Oila huquqi fuqarolik huquqidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo`lmagan yuridik faktlardan vujudga keladi; 2) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farqli o`laroq, ko`proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega; 3) Oilaviy huquq sub`yektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; - nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi; - fuqarolik holati to`g`risidagi hujjatlarni ro`yxatdan o`tkazish tartibini belgilaydi. Oila huquqining manbasi: - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; - 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 sentyabridan kushga kiritilgan. Oila Kodeksi; -O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ayrim moddalari; - Oila to`g`risidagi qonunlar. Oila huquqining asosiy qoidalari: - oilada barsha masalalarni hal qilishda er-xotinning teng huquqligi; - onalikni muhofaza qilish va rag`batlantirish; - balog`atga yetmagan bolalarni tarbiyalash to`g`risida g`amxo`rlik qilish; - bir nikohlik; - nikoh ittifoqining erkinligi va ixtiyoriyligi; - oilaviy munosabatlar qatnashchilarining bir-birini ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab –quvvatlashi hamda bir-biri to`g`risida g`amxo`rlik qilishi. Download 390.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling