Oila huquqi fanidan “Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari”mavzusida tayyorlagan slaydi
Download 6.37 Kb.
|
Soatboyeva Shoxnura Oila slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- Ota-onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari
- Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
- Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Oila huquqi fanidan “Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari”mavzusida tayyorlagan slaydiYuridika fakulteti Yurisprudensiya yo`nalishi 407-guruh talabasi Soatboyeva ShoxnuraningMavzu:Ota-ona va bolaning shaxsiy huquq va majburiyatlariReja:
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlarioilada yashash va tarbiyalanish huquqi ota-onasi va bq qarindoshlari bilan ko`rishish huquqi Ota-onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlariOta-ona o`z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlariga egadirlar. Ota-onalik huquqlari bolalar 18 yoshga to`lganlarida, shuningdek voyaga yetmagan bolalar nikohga kirganlarida hamda qonun bilan belgilangan bq hollarda bolalar voyaga yetmasdan to`la muomala layoqatiga ega bo`lganlarida tugaydi. Voyaga yetmagan ota-ona o`z bolasi bn birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega. O`zaro nikohda bo`lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug`ilganda hamda ularning onaligi va otaligi belgilanganda 16 yoshga to`lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona 16 yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Ota-ona o`z bolasini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart Ota-ona o`z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o`z bolalarining sog`lig`i, jismoniy, ruhiy, ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo`rlik qilishlari shart. Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta`lim olishini ta`minlashi shart. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Ota-ona o`z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo`lgan munosabatlarda, jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o`rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o`z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas. Ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Bolalar manfaatlarini ta`minlash ota-ona g`amxo`rligining asosini tashkil qilishi lozim. Ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarining jismoniy va ruhiy sog`lig`iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emas. Bolalarni tarbiyalash usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo`pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan holi bo`lishi kerak. Ota-onalik huquqidan mahrum qilishOta-onalik huquqida mahrum qilish to`g`risidagi ishlar ota(ona)ning, prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning da`vosiga bioan ko`riladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko`rib chiqiladi. Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani ota-onalik huquqida mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan olish to`g`risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlariOta-ona hayotiga bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo`lish huquqiga ega emas. Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo`lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o`rtasida kelib chiqqan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi. Bunday holllarda voyaga yetmagan bolalarning huquqini himoya qilish vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 6.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling