Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish” yuzasidan tavsiyalar


Download 112.5 Kb.
bet1/14
Sana10.01.2022
Hajmi112.5 Kb.
#298556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Нотинч ва но соғлом оила
Нотинч ва но соғлом оила, 4.Гетерофункционал бирикмалар

KIRISh

Ushbu metodik qo‘llanma ota-ona va bolalar orasidagi ziddiyat va muammolarni oldini olish va uni bartaraf etish maqsadidia ishlab chiqildi. Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi yo‘l qo‘yayotgan xato va kamchiliklari, bola tarbiyasiga e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqadigan muammolarni oldini olish va uni bartaraf etishga qaratilgan.

Metodik qo‘llanmada oilalarda ijtimoiy psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha maktab psixologlari, sinf rahbarlari va ota-onalarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan tavsiyalar,ota-onalarning bolaga munosabatlari, bolaning xulq-atvorini aniqlash bo‘yicha proektiv metodikalar berilgan. Ushbu metodikalar orqali bola bilan ishlash mexanizmlari belgilanib olinadi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarini topa bilashi, nimaga qobiliyatli ekanini aniqlab olish hamda bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab psixologlarining ishlarni tashkillashtirishlari yuzasidag tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, trening mashg‘ulotlaridan namunalar berilgan bo‘lib, ushbu treninglarni ota-onalar yig‘ilishlarida o‘quvchilar tomonidan ijro etilishi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Mazkur muammolarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida maktab psixologlari va sinf rahbarlarining individual va ota-onalar yig‘ilishlarida foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.

Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish” yuzasidan tavsiyalar


Tarbiya uzluksiz jarayon bo‘lib, inson dunyoga kelishidan boshlab, to umrining oxirigacha davom etib boradi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqea-hodisalarning shaxsga salbiy yoki ijobiy aks ta’sir etishi uning insoniy fazilatlari qay darajada shakllanganlagini belgilaydi. Bugungi kunningdolzarb muammolaridan biri yoshlar tarbiyasiga ma’suliyat bilan yondashish, bo‘sh vaqtini mazmunli etish, komil inson sifatida shakllanishini ta’minlashdan iboratdir.

Hozirgi davrrivojlanish dinamikasi, ijtimoiy andoza (stereotip)lardagi chuqur va keskin o‘zgarishlar nafaqat kattalar, balki bolalar oldiga ham yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bularning barchasi oiladagi talabga javob bermaydigan tarbiyaviy ta’sir, oshkora va yashirin qarovsizlik, qadriyatlarning buzilishi, bolalar xulqida noijtimoiy, ya’ni jamiyatga yot bo‘lgan holatlarning paydo bo‘lishi kabi ruhiy jarohat beruvchi ijtimoiy omillarning kuchayishiga olib keladi. Buning sabablari esa, oiladagi kelishmovchiliklar, bola tarbiyasiga loqaydlik, oiladagi nosog‘lom muhit, bola fikrini tinglamaslik, uni qo‘llab-quvvatlamaslik va boshqa shu kabi holatlar bolaning emotsional-ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi va ta’lim tizimidagi pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi.Bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog‘lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko‘rish, kompyuterdagi har xil o‘yinlar epizodlariga taqlid qilish, internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o‘zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo‘lishi, oiladagi krizis va hokazolar.


Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling